S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


Xalqaro standartlashtirishda qatnashuvchi xalqaro tashkilotlar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Xalqaro standartlashtirishda qatnashuvchi xalqaro tashkilotlar.
BMT 
ning Yevropa komissiyasi - bu BMT dagi EKOSOS ning organidir. (BMT ning 
iqtisodiy, ijtimoiy kengashi). Bu tashkilot avval 1947 urushdan zarar ko’rgan 
mamlakatlarga yordam ko’rsatuvchi vaqtincha tashkilot sifatida tashkil etilgan. 
Keyinchalik 1951 yilda BMT ning EKOSOSi EIK vakolatlarini belgilanmagan 
muddatga BMT doirasida davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda 
faoliyat yo’nalishlarini aniqlagan holda uzaytirish bo’yicha qaror qabul qildi. BMT 
EIK ning standartlashtirish sohasidagi asosiy vazifasiga hukumat darajasidagi 
standartlashtirish siyosatidagi asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish va bu sohadagi 
afzalliklarni aniqlashdan iboratdir.
BMT ning oziq – ovqat va qishloq xo’jalik tashkiloti (FAO). Bu tashkilot 
1945 yilda BMT ning hukumatlararo ixtisoslashgan tashkilot sifatida tashkil 
topgan. Uning a’zolari tahminan 160 davlatdan iborat. Tashkilotning Nizomga 
ko’ra maqsadi - xalqlar hayoti va ovqatlanish darajasini ko’tarish bo’yicha 
individual va hamkorlikdagi harakatlar orqali umumiy farovonlikni ko’tarishga, 
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga hamda oziq – ovqat va qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini taqsimlashga, qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilashga 
ko’maklashishdir.
Sog’liqni saqlash umumjahon tashkiloti (SSUT). Bu tashkilot 1948 yilda 
BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi tashabbusiga ko’ra tashkil etilgan va 
230


BMT ning ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi. SSUT ning Nizom bilan 
aniqlangan maqsadi - barcha xalqlar sog’ligini yuqori darajaga ko’tarishdir. 
(Sog’lik - jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik yig’indisi sifatida talqin etiladi). 
SSUT 1977 yilda o’zining strategiyasi qilib, umumiy sog’likka 2000 yilgacha 
erishishni belgilab oldi. Bu tashkilotga 180 dan ortiq davlatlar, jumladan Rossiya 
ham - a’zodir. SSUT shug’ullanadigan keng doiradagi muammolar ichida asosiy 
e’tibor sog’liqni saqlash xizmatini rivojlantirishga, kasalliklarni oldini olish va ular 
bilan kurashishga, keng doiradagi sogliqni saqlash kadrlarini tayorlashga, atrof 
muhitni yaxshilashga qaratilgandir. SSUT ISO da konsultativ statusga ega va 40 
dan ortiq qo’mitalar ichida ishtirok etadi. Xususan, ichimlik suvi sifatiga e’tibor 
berib ichimlik suvlari uchun quvurlarni standartlashtirish bo’yicha, ishlarda, 
shuningdek bunda foydalaniladigan plastmassalar va ularga talablar qo’yishda 
qatnashgan.
2.12.2. Maxsulot sifatini ta’minlash tizimlarining xalqaro standartlari
Sifatni boshqarish jahon tajribasi standartlashtirish bo’yicha xalqaro 
tashkilot (ISO) tomonidan 1987 yil martida qabul qilingan va 1994 yilda 
yangilangan xalqaro standartlar ISO 9000-9004 paketiga asoslangan. ISO 9000 
standarti firma faoliyatidagi konkret holatga muvofiq standartlarni tanlash va 
foydalanish bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalariga ega. ISO 9004 standarti - bu 
korxonada (firmada) sifat ustidan umumiy boshqaruv uchun uslubiy qo’llanmadir. 
ISO 9001-9003 standartlari esa ishlab chiqarish jarayonlarining turli xil 
bosqichlarida sifatni ta’minlash tizimlarining modellaridir. ISO 9000 standartida 
firma yoki korxona ichida sifatni ta’minlash – umumiy boshqaruv predmeti 
ekanligi alohida ajratib ko’rsatilgan. Lekin gap shartnoma tuzish haqida 
ketayotganida, ekstportyorda sifatni ta’minlash tizimining holati kontragent, 
hamkorning ishonchliligini tasdiqlashga xizmat qiladi. Shunga bog’liq ravishda 
shartnoma tuzishdan oldin shartnomada eksportyorda sifatni ta’minlash tizimini 
ISO 9001-9003 standartlaridan birortasiga muvofiq kelishini baholash sharti 
ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Baholashni importyorning o’zi yoki bo’lmasa 
tomonlar kelishuviga asosan biror neytral tashkilot amalga oshirishi mumkin. Agar 
tizim sertifikatlashtirilgan va kontragent bu muvofiqlik sertifikatini tan olsa 
baholashning keragi ham bo’lmaydi. Raqobatbardosh xorijiy firmalarning tajribasi 
shuni ko’rsatdiki, sifatli, haridorlarning talabiga javob beradigan tovar bozorni har 
tomonlama o’rgangan holda ishlab chiqarilishi mumkin va bu tajriba quyidagi 
standartda ifoda etiladi. Sifatni ta’minlash tizimi butun sifat tarmog’iga tegishli 
bo’lgan chora - tadbirlar yig’indisidan iborat. Sifat boshqaruvi tizimining tashkiliy 
tuzilishini firma faoliyatining umumiy boshqaruv jarayoniga kushilib ketadi. 
Sifat boshqaruvi tizimida marketing vazifasining mohiyati maqsadli bozor 
izlash va tanlashdan, mahsulot sifatiga bo’lgan talablarni o’rnatishdan, bu 
mahsulotga (xizmatga) bo’lgan talabni, bozor izlash va tanlashdan, mahsulot 
sifatiga bo’lgan talablarni o’rnatishdan, bu mahsulotga (xizmatga) bo’lgan talabni, 
bozor sig’imini aniqlashdan, bu bozor segmenti mijozlarning to’liq tavsifnomasini 
tuzishdan iborat. Bu axborot, haridorlarning tovar sifati, narhi, etkazib berishi 
231


muddati bo’yicha bo’lgan talabiga muvofiq miqdorda tovar yoki xizmat ishlab 
chiqarish uchun zarur. Firma ishlayotgan bozor segmentida o’z vaqtida talabga 
bo’lgan o’zgarishlarini aniqlash va mahsulot sifatining kerakli darajasini 
ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqaruv echimlarini qabul qilish bo’yicha ish 
olib boriladi.
Marketing vazifasi haridorlar bilan qaytuvchi aloqani ta’minlash asosida o’z 
vaqtida sifat boshqaruvi sohasida kerakli yechimlar qabul qilishga yordam beradi. 
ISO 9000 xalqaro standartlari rahbariyatning sifatga bo’lgan ma’suliyat darajasini 
belgilaydi. Firma rahbariyati sifat sohasidagi siyosatni ishlab chiqish, sifat 
boshqaruvi tizimini yaratish, joriy etish va faoliyat ko’rsatishga javobgardir. 
Rahbariyat vazifalariga mutaxassislar tanlash, ishlab chiqarish, nazorat o’lchov va 
sinov asbob uskunalar, EHM, larni dastur bilan ta’minlash uchun kerakli mablag’ 
ajratishlar kiradi. Rahbariyat kerakli malaka darajasini o’rnatib, o’z vaqtida 
personal malakasini oshirib turishni nazorat qilishi kerak. Firma rahbariyati 
zimmasiga tovar raqobatbardoshligini ta’minlaydigan sifat ko’rsatkichlarini 
aniqlash vazifasi yuklanadi. Shuningdek rahbariyat tovar ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish bo’yicha qaror qabul qiladi. 
Hozirgi davrda sifat boshqaruv tizimi quyidagilardan iborat:
1) Ichki tekshiruv;
2) samaradorlikni baholash va tahlil qilish.
Ichki tekshiruvni firma rahbariyati tomonidan tayinlangan mutaxassislar olib 
borsa, sifat boshqaruvi tizimini samaradorligini tahlil qilish va baholash uchun 
kompaniya rahbariyati tashqaridan mustaqil mutahasislarni taklif etadi. ISO 
standartlari muhim xususiyatlaridan biri - bu sifat uchun kerak bo’lgan harajatlarni 
aniqlash va baholash shart. Sifat harajatlariga tizim samaradorligini iqtisodiy 
baholash deb qaralsa bo’laveradi, tahlil natijalari sifatni ta’minlash tizimini 
takomillashtirish uchun asos qilib olinadi. Buning uchun sifatni yaxshilash 
harajatlarini aniq tasniflash kerak. Bu harajatlar ishlab chiqaruvchining harajatlari 
va boshqa harajatlardan iborat. Ishlab chiqaruvchining harajatlarini oldini olish, 
baholash, ichki qaytarish orqasidagi harajatlar, tashqi qaytarish evaziga bo’lgan 
harajatlardan iborat. Boshqa harajatlarga ishlab chiqaruvchi sifat tizimi 
boshqaruvida olib bormaydigan harajatlar kiradi. Lekin ular firmaning umumiy 
harajatlariga ta’sir etadi. Bu - bilvosita sifat harajatlari; etkazib beruvchining sifat 
uchun harajatlari; ko’zda tutilmagan harajatlar; axborot bilan ta’minlash tizimi 
bo’yicha apparatura uchun harajatlar; mahsulotdan foydalanish bilan bog’liq 
bo’lgan harajatlar.
Firmalar sifat uchun kerak bo’lgan umumiy harajatlarning rejasini tuzadilar. 
Bu tizimning yana bir prinsipial xususiyati bu - sifatni loyihalash va texnik 
shartlarni ishlab chiqarish davrida sifatni ta’minlashga kuchli e’tibor ko’rsatish. Bu 
ishning natijasida shunday tovarlar ishlab chiqarilishi kerakki, ular nafaqat 
haridorlarning talabiga javob berib qolmay, olsa bo’ladigan narhda sotilib, ishlab 
chiqaruvchining harajatlarini koplab, foyda keltirishi kerak. Undan tashqari 
mahsulot ekologik toza va zararsiz bo’lishi zarur.
232


Ishlab chiqarish davrida brak chiqmasligi uchun vaqti-vaqti bilan 
quyidagilarni tahlil qilib turish kerak:
- Haridorning talablarini;
- Mahsulotga bo’lgan texnik talablar va xizmat ko’rsatishiga talablar;
- Ishlab chiqarish va texnik xizmat ko’rsatishga talablar;
- Loyihalash bosqichida sifatni ta’minlash tizimi o’z ichiga yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulot chiqarishga ishlab chiqaruvchilarning 
tayyorgarligining tahlilini olishi kerak.
Bunda yig’ish, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, mahsulotni ishlatish, 
iste’molchiga xizmat ko’rsatishni tashkil etish bo’yicha instruksiyalar berilishini 
tekshiriladi. Bunda personalni mahsulotdan nusxalarni tekshirib, o’rab (upakovka) 
va etiketkalari nazarda tutiladi. Bundan tashqari iste’molchi bilan qayta aloqani 
ko’zda tutish kerak, uni tajribasini loyihada hisobga olish kerak. Yana sifatni 
ta’minlashda ishlab chiqaruvchi o’zining mahsulot sifatini nazorat qilishi ko’zda 
tutgan. Bu etkazib beruvchilarni imkoniyatini beradi. Uzoq muddatli aloqalar 
bog’langan taqdirda olib kirish nazoratidan voz kechib, harajat va vaqtni tejash 
mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda etkazib beruvchilarning konkursi 
mavjud. Tanlab olingan etkazib beruvchilar bilan munosabatlar uzoq muddat 
asosida ko’riladi. Bu esa mahsulotning yuqori sifatli chiqarilishini ta’minlaydi. 
Uzoq muddatli hamkorlik jarayonida ishonch muhiti paydo bo’ladi, bu esa kirish 
nazoratidan voz kechish imkonini tug’dirib beradi va vaqt hamda mablag’ tejaydi. 
AQSh firmalari etkazib beruvchini baholash usulini ham qo’llaydilar. Bu jarayonni 
- etkazib beruvchini sertifikatlash deb ataladi. Bunda iste’molchi firma mol etkazib 
beruvchi firma uchun standartlar tuzadi. Bundan tashqari boshqa usullar ham 
qo’llaniladi – xom-ashyo etkazib beruvchini mahsulot ishlab chiqarishga jalb etish, 
etkazib beruvchining texnologik jarayonlarini nazorat qilish va ularni 
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqarish. Undan tashqari xom-ashyo 
va boshlang’ich materiallarning sifati va etkazib berish muddatini kuzatib, etkazib 
beruvchilarga baholash shkalasi tuziladi va raqobat asosida tanlov o’tkaziladi.
ISO 9004 standartida kadrlar tayyorlash bo’yicha ham nizomlar ko’zda 
tutilgan. Personalini tayyorlash o’z ichiga hamma tabaqalarni - rahbariyatdan to 
ishchilarga qadar oladi. Rahbariyat avvalo sifat tizimini ta’minlash prinsiplarini 
tushunishi kerak. O’rta bug’in (zveno) kengroq, tushunchalarga ega bo’lishi kerak. 
Marketing, moddiy ta’minot va boshqa fanlarni bilishi kerak. Ishchi va 
nazoratchilar asbob-uskuna, mehanizmlardan foydalanishni bilishlari kerak. 
Hujjatlarni tushunib, xavfsizlik texnikasini bilib, statistik nazorat usullarining 
asoslarini bilishlari kerak. Sifatli mehnatni rag’batlantirish muhim, ayniksa buni 
personal tushunsa. Iste’molchining talablarini personal tushunib, firmaning 
iqtisodiy ahvolini bilishi kerak. 
Hozirgi sifatni boshqarish tizimining muhim xususiyatlaridan biri sifatni 
ta’minlash borasida yuridik mas’uliyat, riskini pasaytirish imkoniyati.
Bu maqsadda quyidagilar ko’zda tutiladi:
- xavfsizlik standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
- na’muna ustida xavfsizligini sinash uchun tajriba o’tqazish ;
- haridorlar uchun tuzish, etiketlash;
233


- mahsulot sifatini tekshirib turish uchun o’z vaqtida nazorat qilish usullarini 
topish;
Sifatni boshqarish jaryonida sifat ilmog’ining barcha pogonalarida statistik 
usullarni qo’llash muvaffaqiyatli ish olib borish shartidir. Statistik usullardan 
tajribani rejalashtirish, dispersion va regress tahlili, tanlanma statistik nazorat va 
boshqalar.
Shunday qilib ko’rib chiqilgan ISO 9000 seriyalarida e’tibor haridor talablarini 
qondirishga, ma’suliyat o’rnatishga, paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar va 
ustunliklarga qaratilgan. Yuqorida qarab chiqilganlarni korxonada mahsulotning 
sifatini ta’minlash tizimini samaradorligini oshiradi.
2.12.3. Sifatni ta’minlovchi tizimni standartlashtirishni takomillashtirish
Bugungi kunda 9000 seriya ISO standartlari butun dunyo mamlakatlarida tan 
olingan, milliy sifatida qabul qilingan va ko’pchilik firmalar tomonidan joriy 
etilgan. Sifat tizimiga sertifikat yo’qligi tashqi bozorga chiqishga asosiy to’siq 
bo’lmoqda. Transmilliy kompaniyalarning asosiy talabi 9000 seriya xalqaro ISO 
standartlari ishlab chiqarish korxonalariga urnatilishi. Bu standartlarning dunyoda 
tarqalishini quyidagi raqamlar ifodalaydi: agar 1993 yilda dunyo bo’yicha 500000 
tizim sertifikatlangan bo’lsa, 1995 yilda - 1000000, 1997 yilning boshiga kelib 
2500000.
Sifat tizimini xalqaro standartlarni joriy qilishda korxonalarni samarali 
rag’batlantirish kerak. Bu borada Rossiya Federasiyasida sifat uchun premiya 
urnatilgan. Bu premiya xalqaro tajribalarga asoslanib tuzilgan. Mutaxassislarning 
fikriga qaraganda, Rossiya sifatni baholash mezonlari Yevropaning sifat uchun 
premiya haqidagi nizomiga yaqin ekan.
Korxona uning ishini baholash mezonlarini bilishi kerak. Bu borada AQSh 
tajribasi e’tiborga sazovor. Har yili AQSh da 100 dan ortiq korxonalar sifat uchun 
beriladigan milliy premiya konkursda qatnashadi, baholash mezonlari yoritilgan 
broshyuralar esa 200 ming nusxadan ortiq tiraj bilan tarqatiladi.
Sifat tizimini standartlashtirish rasmiyatchilikka aylanib qolmasligi kerak. 
Shu hususida, Yevropaning sifat bo’yicha tashkilotining 40- kongressida Sifat 
boshqaruvi - yangiliklar kirg’izishga rag’bati g’oyasi ostida. 9000 seriyali ISO 
standartlarining ba’zi nizomlarini qayta ko’rib chiqish to’g’risida qaror qabul qildi. 
Tajribalar 9000 seriyali ISO standartlarini konkretlash va bayonini soddalashtiruv 
yo’li bilan yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Bunda 
10000 seriyali ISO standartlarining sifatni ta’minlovchi texnologiyalari ham 
ko’zda tutiladi. E’tibor quyidagi masalalarga karatiladi: 
- jarayonni boshqarish (personalini hisobga olib, iste’molchi bilan aloqa
tovarni sotish);
- ma’muriy va ehtiyot ko’riladigan chora-tadbirlar;
- standartlarning yangi tahririga quyidagi 8 sifat boshqaruvining tamoyillari 
kiritish ko’zda to’tilgan;
- personalning talabiga muvofiq bo’lgan tashkiliy tizim o’rnatish;
- personalini boshqarish;
234


- personalning ishtiroki;
- jarayonni moslashtirish;
- boshqaruvga tartibli (sistemali) yondashuv;
- doimiy takomillashtirish;
- qarorlar qabul qilishga haqqoniy yondashish;
- etkazib beruvchilar bilan o’zaro foydali munosabatlar.
Bu tamoyillar, sifat boshqaruvida uni doimo takomillashtiruvini hisobga 
olib, asosiy qoida hisoblanadi. Bu jarayonda eng asosiysi iste’molchi hisoblanadi. 
Firmaning muvaffaqiyati qay darajada iste’molchining talabini qondirishiga 
bog’liq. Bu esa iste’molchilarning talablarini topib, baholab va ochib tushunib 
o’rganish bilan bog’liq. Ikkinchi o’ringa tovar yaratuvchi odamlar qo’yilgan, 
ko’rib turganimizcha texnologiya emas, shuning uchun personalni tayyorlashga, 
uni rag’batlantirishga va iste’molchilarning talablarini qondirish jarayonida faol 
ishtirok etishga jalb qilishga muhim rol ajratilgan.
Dunyo tovar bozorlarida o’sib borayotgan raqobat kurashi firmalarni 
mahsulot sifatini nafaqat texnik jihatdan, iqtisodiy tomonidan ham, sifat tizimlarida 
esa sifat uchun harajatlari tushunchasini ham mohiyati katta. Sifat ta’minlovchi 
tizim korxonada rahbariyat tomonidan shakllantirilib va rasmiylashtirilgandan 
so’ng joriy etiladi. Zamonaviy sifat boshqaruv tizimi ISO 9000 dan kelib chiqqan 
holda, ular aniq konkret mahsulot sifatini ta’minlashga yo’naltirilganlikdan iborat. 
Bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonada yana tizim bir necha 
farqlanuvchi tizimlarga bo’linishi kerak. Masalan, Finlyandiyaning Nokia firmasi 
bir necha avtonom sifatni ta’minlovshi tizimlardan iborat (kabellari, mayishiy 
elektrotexnika va boshqalar).
Sifatni ta’minlash tizimi sifat ilmog’ini hamma pog’onasida ishlamog’i 
kerak, shuni aytish keraki, ta’sir etish bo’yicha tizimda uchta yo’nalishni ajratish 
mumkin:
- sifatni tahminlash;
- sifatni boshqarish;
- sifatni yaxshilash.
Bularning har birining ma’nosining o’ziga xosligi bor. Rejalashtirilayotgan 
tadbirlar sifat tizimini ta’minlash dasturiga kiritiladi. Dastur aniq, bir mahsulot 
uchun tuziladi va o’z ichiga mahsulotning sifati va texnik darajasiga tegishli sifat 
ilmog’ini kerakli resurslar bilan ta’minlovchi tadbirlarni oladi. Bunda u yoki bu 
kamchiliklarni oldini olish katta ahamiyatga ega. ISO 9004 standartlarida 
ta’kidlanishicha sifat falsafasi shundan iborat: sifatni ta’minlash tizimi shunday 
ishlashi kerakki, muammolarni oldini olishi kerak, ularni paydo bo’lgandan so’ng 
aniqlamasdan. Oldini olish choralari asboblarni yangilash, dastgohlarni rejali 
ta’mirlash, ish joylarida lozim bo’lgan hujjatlarni bo’lishidan va boshqalardan 
iborat.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish