S avezbayev, S. N. Volkov


II bob SUV - SUG'ORMA DEHQONCHILIKDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH VOSITASI



Download 1,05 Mb.
bet9/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari

II bob
SUV - SUG'ORMA DEHQONCHILIKDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH VOSITASI
1. Sav - tabiiy resurs va sug'orma dehqonchilikda asosiy ishlab chiqarish vositasi.
Suv yerning ajralmas bo'lagi hisoblanib, moddiy ishlab chiqa-rishda ikkita vazifani bajaradi: tabiiy resurs va ishlab chiqarishning umumiy sharti. Tabiiy resurs sifatida esa u yana ikkita muhim vazifani bajaradi: ishlab chiqarish jarayonida odam mehnati qaratilgan tabiiy jism (mehnat predmeti) va odam uning yordarnida qishloq xo'jalik ekinlarini o'stirib, hosil oladigan tabiiy mehnat quroli. U insoniyat moddiy faoliyatining hamma tarmoqlarida shu tarmoqning xusu-siyatiariga mos keladigan har xil shakllarda qatnashadi.
Uning ishlab chiqarish tarmoqlarida bajaradigan vazifasi har xil. ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida suv nafaqat inson hayoti uchun zarar shart sifatida, balki, odamlarning mehnat qiladigan sohasi (suv transporti, baliqchilik, GES va boshqalar) va joyi (daryo-lar, ko'llar, dengizlar va okeanlar) sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, suv havzalari o'ziga yarasha xazina vazifasini ham bajaradi. Undan jamiyat uchun zarur boyliklar (baliqlar, dengiz hayvonlari, marvarid chig'anoqlari, har xil suv o'tlari va boshqalar) olinadi.
Sug'orma dehqonchilikda suv yer bilan birga ishlab chiqarish jarayonining ichki elementi bo'lib, tabiiy moddiy ishlab chiqarish kuchlarining bo'lagi hisoblanadi. Shuning uchun ham u yer bilan birgalikda sug'orma dehqonchilikda asosiy ishlab chiqarish vositas} hisoblanadi; sababi, bu yerda u ikkita vazifani: mehnat predmeti va mehnat quroli vazifalarini bajaradi. Lekin shuni qayd qilish zarurki, u ishlab chiqarish jarayonida qatnashguncha, o'z tabiiy havzasida tabiat mahsulidir. Tabiiy havzasidan olinib, qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish uchun yetkazib berilgan suv ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. Inson mehnati sarflanishi natijasida u dalalarga sug'orish uchun olib kelinadi. Bu jarayonda u mehnat predmeti vazifasini bajaradi. Keyin, sug'orishda u tuproq unumdorligidan to'ia foydalanishga imkoniyat yaratadigan mehnat quroli sifatida xizmat qila boshlaydi.
23
Ishlab chiqarish vositasi sifatida suv ham o'ziga xos, uni boshqa ishlab chiqarish vositalaridan ajralib turavchi xususiyatlarga ega. Ular:
l.Suv-inson mehnati mahsuli emas. tl sug'orish yoki boshqa maqsadlarda foydalanilganda ishlab chiqarish vositasiga aylanadi.

  1. Suvning zahirasi chegaralangan, uning o'rnini boshqa ishlab chiqarish vositalari bosa olmaydi.

  2. Uni uzoq masofalarga ko'chirish juda qiyin, ayrim hollarda esa umuman mumkin emas. Suvni uzoq masofalarga uzatish salbiy ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin.

  3. Suvdan foydalanish maxsus suv inshootlari (to'g'onlar, suv omborlari, kanallar) qurishni talab qiladi.

  4. Suv foydalanish jarayonida tola tuproqqa so'riladi va boshqa suv turlariga (yer"osti, bug'langah, gigroskopik, kimyoviy birik-kan va boshqalar) aylanadi.

  5. Suvdan ocjilona foydalanilgan taqdirdagina u samarali ishlab chiqarish vositasiga aylanadi* aks holda u tuproqning meliorativ holatini yomqnlashtirishi mumkin.

  6. Suvdan samarali foydalanishga hududning tabiiy iqlim sha-roiti ta'sir etadi.

2. Suvning iqtisodiy ahamiyati.
Sug'orma dehqonchilik hududlarida yer tuzishda yerdan va suvdan samarali foydalanishni tashkil qilish masalalari birgalikda hal qilinishi kerak.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish o'simliklar hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Suv yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan unumli foydalanish uchun sharoit yaratadi, tuproqdagi mikroorganizmlarning faoliyatini yax-shilaydi, tuproqdagi ozuqa moddalarini o'simliklar o'zlashtira oladigan holatga keltiradi va mikroiqlimni yaxshilaydi.
Suv va mikroorganizmlar ta'sirida tuproqdagi o'simliklar o'z-lashtirishi qiyin bo'lgan ozuqa moddalari birikmalari parchalanib, o'simliklar yengil hazm qiladigan turlarga aylanadi. U ma'danli (mineral) va organik o'g'itlarni o'zida eritib, ularning o'simliklar tomonidan o'zlashtirilishini yaxshilaydi. Natijada o'simliklar hosildorligi keskin oshadi, yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi va olinadigan daromadlar miqdorlari ko'payadi.
24

Suvdan ekinlarni sug'orish uchun foydalanish katta moddiy va mehnat sarflari bilan bog'liq. Suvni olib kelish maxsus suv insho-otlarini qurishni talab etadi. Ularni qurish va ulardan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar hamda ularni qurish uchun ajratilgan yerlar hisobiga ko'riladigan zararlar suvning qiymatini (tarmarxini) bel-gilaydi. Demak, suv yetishtiriladigan mahsulotlar tarinarxiga to'g'-ridan-to'g'ri ta'sir etadi. Shuning uchun ham suvning iqtisodiy ahamiyatijuda katta.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish