S-elementlarning tibbiyotdagi ahamiyati



Download 19,22 Kb.
bet2/3
Sana07.09.2021
Hajmi19,22 Kb.
#167551
1   2   3
Bog'liq
kimyo

Natriy va Kaliy

Odam organizmiga natriy va kaliy ionlari o`simliklardan tayyorlanagn oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar va sabzavotlar orqali o`tadi. Kaliy va natriy elementlari tabiatda taxminan bir xil tarqalgan bo`lishiga qaramasdan o`simliklar va mevalarda kaliyning miqdori natriynikidan 10 barobar ko`p. Shuning uchun o`simliklardan tayyorlangan oziq-vqat mahsulotlariga iste`mol qilinadi. Natriy ioniga organizmning bir sutkalik talabi 4-7 gramdir. Natriy va kaliy ionlari odam organizmining hamma organlarida uchraydi. Natriy ioni hujayralar orasidagi suyuqlikda tarqalgan, lekin kaliy ioni hujayralar ichidagi suyuqlikda tarqalgan. Natriy ionining konsentratsiyasi hujayra ichidagiga nisbatan hujayra tashqarisida 10 marta ko`p. Kaliy ionining konsentratsiyasi hujayra tashqarisidagiga nisbatan hujayra ichida 30 marta ko`pdir. Natriy va kaliy ionlari organizmdagi hujayralar orasidagi va hujayralar ichidagi muhim ionlar hisoblanib, hujayra membranalaring ikkila tomonidagi osmotik bosimning o`zgarmas holda saqlanishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari bu ionlar asab sistemasini va muskullarning sezgirligini oshiradi. Organizmdagi natriy ionlarining miqdorini kamayishi osmotik bosimni boshqa ionlar bilan tiklanmaydigan darajada o`zgarishiga olib keladi. Oqibatda suyuqlik hujayra ichiga kira boshlaydi va hujayralar shishib ketadi. Uning miqdorini ortib ketishi esa hujayra ichidagi suvning hujayralar muhitga chiqishini kuchaytiradi.

Kaliy qator fermentlarning (E) faolligini ularning substratga (S) bo`lgan moyilligini oshirish orqali kuchaytirib beradi, bunda y E va S orasida ko`prikcha vazifasini bajaradi: E- K+ -S. Masalan: K+ ta’sirida piruvatkinaza fermentlarining fosfoenolpiruvatga bo`lgan moyilligi ortadi. Bundan tashqari substrat ta’sirida K+ ning fermentga bo`lgan moyilligi yuz barobar ortadi.

Tarkibida natriy va kaliy saqlagan va tibbiyotda ko`p ishlatiladigan dorivor moddalarga misol keltirish mumkin:



  1. NaCl- izotonik (0.86%) va gipertonik (3% , 5% va 10%) eritmalar sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda NaCl ning 0.85% li eritmasi fiziologik eritma nomi bilan atalib, kishi qon ko`p yo`qotganda organizmga yuboriladi.

  2. NaBr- nerv sistemasining qo`zg`aluvchanligi ortib ketganda undagi qo`zg`alish va tinchlantirish jarayonlarini o`zaro mutanosiblashtirishda qo`llaniladi. Undan nevrosteniya, nevroz, isteriya, uyqusizlik, epilepsiya va boshlang`ich davridagi qon bosim kasalligini davolashad foydalaniladi.

  3. NaJ- gipertiroz, endemik bo`qoq kasalligida, nafas yo`llarining shamollashda, ko`z kasalligida (katarakta va boshqalar), bronxial astmada ishlatiladi.

  4. NaHCO3- antatsit (kislotaga qarshi) modda sifatida qo`llaniladi. Jumladan: oshqozon shirasining kislotaliligi ortib ketganda, yuqumli kasalliklar, intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqqan metobolitik atsetos hollarda ishlatiladi. Osmotik diurezni kuchaytiruvchi modda sifatida buyrak gipertoniyasi va surunkali buyrak yetishmovchiligida foydalaniladi. NaHCO3- natriy gidrokarbonat stomatologiya amaliyotida milkni og`iz bo`shlig`ini yuvishda ishlatiladi. Bundan tashqari bu tuz oshqozon shirasida HCl miqdori oshib ketsa, 1 litr suvga 10 gramdan NaHCO3 qo`shib klizma qilinadi yoki 3-5 gramdan ichishga beriladi.

  5. Na2S2O3*5H2O- margimush, simob, qo`rg`oshin, CN-, J- va Br- saqlovchi moddalar bilan zaharlanganda zaharga qarshi modda sifatida ishlatiladi. Turli allergik kasalliklarda, nevrologiyada, qo`tir kasalligini davolashda ishlatiladi. Zaharlanganda uning 10-30-foizli eritmasidan 10-50 ml venaga yuboriladi.

  6. Na2HAsO4*7H2O- nevrozlarda, organisz quvvatini oshirish maqsadida, yengil kamqonlik kasalliklar kasalliklarida qo`llaniladi.

  7. Na2B4O7*10H2O- antiseptic modda sifatida tashqi organlarni davolashda va yosh bolalarning epilepsiya kasalligida ishlatiladi.

  8. KCl- yengil diuretik modda sifatida, gipokalemiya, turli aritniya hollarida, kuchli qayt qilish hollarida qo`llaniladi.

  9. KBr va KJ qo`llanilishi NaBr va NaJ singaridir.

  10. CH3COOK- yengil siydik haydovchi (diuretik) modda sifatida ishlatiladi. Suv yig`ilib qolishi hisobiga buyrak va yurakning shishib ketgan hollarini yo`qotishga yaxshi yordam beradi.

  11. KMnO4- antiseptic modda bo`lib, yaralarni yuvishda ginekologik va urologic muolajalarda qo`llaniladi.

Natriy gidroksidi- NaOH ni 10 foizli eritmasi optopedik amaliyotda issiqlikka chidamli kobalt toxromil qotishma (KXC) tayyorlash uchun ishlatiladigan bir butun quyma protezlarning formalarini tayyorlaydigan aralashma tarkibiga kiradi.


Download 19,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish