S. I. Mirhayitova pedagogik texnologiya o`zbekiston respu



Download 12,95 Mb.
bet8/107
Sana12.04.2022
Hajmi12,95 Mb.
#546815
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

«Pedagogik texnologiya — psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalaming maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachev).
«Pedagogik texnologiya — o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P. Bespalko).
«Pedagogik texnologiya — rejalashtirilgan o ‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov).
«Texnologiya — ishlov berish, holatni o ‘zgartirish san'ati, mahorati,
malakasi va metodlar yig‘indisi» (V.M. Shepel).
«Pedagogik texnologiya — talaba va o ‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o ‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o ‘tkazish bo'yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir.» (V. M. Manaxov).
«Pedagogik texnologiya — bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o ‘qitish va bilimlarni o ‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ulaming birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO).
«Pedagogik texnologiya — pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda boMishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Clarin).
«Pedagogik texnologiya — o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha
ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi».(G.K. Selevko).
Texnologiyalar va pedagogik texnologiyalarga quydagicha ta’riflar berilgan:
- “Faoliyatda, biror ishda, mahoratda, san’tda qo’llaniladigan usullar yig’indisidir” ( Izoxli lug’at ta’rifi)
- “Texnologiya – ishlov berish, axvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlari yig’indisidir” ( V. M. Shepelh)
- “Pedagogik texnologiya ta’limni rejalashtiriladigan natijalarga erishish jarayoni tafisloti” ( I. P Volkov ta’rifi)
- “Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi” ( M. Chorshanov ta’rifi)
- “Pedagogik texnologiya- muayyan vaziyatlarda pelagogik maslaxatlarni yechishning optimal usuli” ( A. Kushnir)
- “ Aniq natijani qo’lga kiritishga yo’naltirilgan aniq faoliyat” ( V. P. Yudin
ta’rifi)
- “O’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydigan, ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonning loyixasidir” ( V.P. Bespalhko ta’rifi)
- “O’qituvchining o’qitish ( tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish xamda mazkur faoliyatning maxsuli
sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakillantirish jarayonidir” (N. Saidaxmedov ta’rifi.)
Texnologiya va pedagogik texnologiyaga berilgan tahrif mazmunidan mahlumki mahorat sanhat bilan ta’lim jarayonini tashkil etish boshkarish amalga oshirish ma’nolari kelib chikadi.
Faqat, V.P.Bespalkoning ta’rifida pedagogik texnologiyani o’qituvchining mahoratiga bogliq bo’lmay ammo pedagogik jarayonning ijobiy muvaffaqiyatli
bo’lishini taminlashini, ta`lim oluvchilar shaxsini esa ijobiy tomonga shakllantirishini ta’kidlagan. Bizningcha, olim Ta`lim beruvchimahoratiga bogliq bo’lmay deganda mulhtimediyani nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Chunki, mulhtimediya asosida dars o’tish jarayonida Ta`lim beruvchiboshqaruvchi rolini o’taydi, asosiy vazifani, dars loyixasini mulhtimediya (ovozli, rejali, ko’rgazmali, ma’lum bir soatga muljallangan,
DTS ga mos keladigan dars shakli) boshqaradi ya’ni dars mulhtimediya asosida
tashkil etiladi. Unda Ta`lim beruvchideyarli boshqaruvchi rolini o’taydi va passiv ishtirok etadi.Ta’kidlash joizki mulhtimediya asosida o’tilgan darslar yuqori saviyada bo’ladi.Unda ta`lim oluvchilarning ilmiy saloxiyati, bilish faoliyati shakllanadi.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi turli davrlarda turlicha ko’rinishlarda bo’lagan.
Masalan, pedagogik texnologiya-1940-1950-yillarda “ta’lim texnologiyasi”deb nomlanib ta’lim jarayonida texnik vositalardan (diafilm kineskop magnit metalari va
boshqalar) dan foydalanib dars o’tishga nisbatan pedagogik texnologiya deb atalgan.
1950-1970-yillarda bilimlarni o’zlashtirishning barcha tomonini qamrab olib kompleks integrativ jarayonga nisbatan qo’llanilgan ta’lim turiga pedagogik texnologyalar deb atalgan.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deb ta’limning komphyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish va dars jarayonida ulardan foydalanishga nisbatan
aytiladi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar bu ta’lim jarayonini tubdan islox etish, yangicha shakl, usul, vositalar asosiga qurish boshqarish va tashkil etishning mexanizmi va loyixasidir.
Klaster usulining mazmuniga ko’ra texnologiya va pedagogik texnologiyani quyidagicha izoxlash mumkin.


Download 12,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish