S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova


Yerning ichki tuzilishi va yer qatlamining



Download 5,74 Mb.
bet14/122
Sana30.12.2021
Hajmi5,74 Mb.
#89625
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
Bog'liq
71atrofmuhitkimyosipdf

1.8. Yerning ichki tuzilishi va yer qatlamining
strukturasi
Bizning sayyoramizda doimiy ravishda murakkab geokimyoviy jarayonlar amalga oshib turadi. Bu jarayonlam i tushunish uchun, avvalambor, Yerning tuzilishini bilish kerak. Quyosh sistemasidagi

barcha sayyoralar o‘ziga xos b o ig an qobiqli tuzilishga ega, ya’ni ular bir nechta tarkibi va tuzilishi bilan farqlanib turadigan qobiqlardan yoki konsentrik sferalardan tuzilgandir. Yerning qattiq qismi atm os­ fera, ya’ni gazli qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, u bir necha tarkibi va xossalari har xil bo‘lgan sferalardan tashkil topgan. Sayyoramizning qattiq qismi assimmetrik tuzilishga ega. Uning ekvatorial radiusi 6378 km, qutbiy radiusi esa 6357 km ga teng, ya’ni farqi 21 km ni tashkil qiladi.


Yerning tashqi qobig‘i yer qatlami deyiladi. Yer qatlamining eng maksimal balandligi 8848 m ( Djomolungma cho‘qqi), eng chuqur joyi esa 11022 m ga teng (Tinch okeanidagi Marian chuqurligi).
Yerning ichki tuzilishini o‘rganishda asosan geofizik tadqiqotlar usuli qo‘llanadi, ya’ni zilzila va portlashdagi hosil bo‘lgan to‘lqinlaming yerda tarqalishini o‘rganish. Qattiq jismda portlash o‘chog‘idan turli xil to‘lqinlar tarqaladi. Bu toiqinlar ikki xil boiishi mumkin:

  1. Bo‘ylama to ‘lqinlar — to iq in yo'nalishidagi siqilish va cho‘-zilishlar.




  1. Ko‘ndalang toiqinlar —toiqinga nisbatan perpendikular yo‘na-lishda siljishlardir.

Bo‘ylama toiqinlar qattiq jismlarda tezroq tarqaladi, bundan tash-qari, ular ham qattiq ham suyuq m uhitda tarqalishi m um kin. Ko‘ndalang toiqinlar esa faqat qattiq jismlarda tarqaladi. Agar modda ko‘ndalang toiqinlarni o‘tkazmasa, ya’ni ularni qaytarib yuborsa, demak, bu moddaning suyuq holatda ekanligi isbotlanadi. Agar ikki xil toiqinlar moddani kesib o‘tsa, demak, u modda qattiq holatda boiadi. Shunday qilib, seysmik toiqinlar yer sharinmg eng chuqur joylariga yetib borib, yerning ushbu qismi qattiq yoki suyuq modda­ lardan tuzilganligi haqida m a’lumot berishi mumkin. Bundan tashqari, bu toiqinlar moddaning zichligi haqida ham m a’lumot beradi. Modda qanchalik zich boisa, toiqinlar shunchalik tez tarqaladi. Moddaning zichligi keskin o'zgarganda toiqinlam ing tezligi notekis o ‘zgaradi.
Ko‘p yillar davomida seysmik toiqinlam ing tarqalishini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida yer shari bir nechta konsentrik qobiqlardan tuzilganligi haqida hulosa chiqarildi va yerning tarkibi ham da tuzilishi aniqlandi. 2-rasmda Yerning ichki tuzilishi sxemasi keltirilgan.
Birinchi qatlam —Moxorovich chegarasi. U yer qatlamini mantiya-dan ajratib turadi. Bu qatlamda bo‘ylama toiqinlam ing tezligi keskin ortib boradi (6,5—7,2 krn/s dan 8,1 km /s gacha). Bu qatlam kontinentlar

tagida 25—70 km chuqurlikda, okean tubining tagida esa 4—13 km chuqurlikda joylashgandir.


Yer qatlami va mamiyaning

2-rasm. Yerning ichki tuzilishi sxcmasi:


  • — yer qatlami; В — yuqori mantiya; C— mantiyaning o'tish qavati; D —pastki mantiya; E — yu/aki yadro; F —ichki yadro.

M antiya — yerning qattiq qobiqlaridan eng qalin qavatidir. U 2900 km chuqurlikkacha joylashgan bo‘lib, Yer massasining 60% ni, hajmining 80% ni tashkil etadi. Chuqurlik bo‘yicha mantiyada temperatura oshib boradi — bir necha yuz gradusdan 2—3 ming °C gacha. Shu bilan birga bosim ham ortadi (1010Pa). Bo‘ylama to‘lqinlar-ning tezligi 13,6 km/s gacha oshadi va moddaning zichligi ham 5,7 g/sm 3 gacha ortib boradi. Mantiyaning tarkibidagi eng ko‘p tarqalgan komponenti —bu silikatlar tarkibidagi kremniy oksididir — SiO,.


Mantiya 3 zonaga bo‘linadi:
1-mantiyaning В zonasi — yuqori mantiya, Moxo chegarasidan
400 km gacha joylashgan. Temperatura 1200°C gacha oshadi. Bu yerda modda qisman suyuq holatda ekanligi taxmin qilinadi, chunki seysmik tolqinlarning tarqalish tezligi kamayadi. Mantiyaning bunday holati

nobarqaror bo‘lgan qavati astenosfera deyiladi. Yuqori mantiya asosan temir-magnezial silikatlar (olivin, piroksenlar) va alumosilikatlardan tuzilgan.


2-mantiyaning С zonasi — mantiyaning o‘tish qavati, 400—1000 km gacha. Seysmik to‘lqinlaming tezhgi keskin ortib boradi. Bu zonada mantiya moddasi zichlashadi va tarkibida zichhgi katta bo‘lgan modda­ lar, ya’ni vyustit, periklaz, ohak shaklidagi FeO, MgO, CaO, SiOz oksidlari paydo bo‘ladi.
3-mantiyaning D zonasi - pastki mantiya qattiq minerallardan tuzilgan bo‘lib, tarkibida Fe miqdori ortib boradi. Moddaning zichligi 4,68—5,7 g/sm 3 ga teng.
Yadro — 2900 km chuqurlikda joylashgan bo'lib, unda ko‘ndalang to'lqinlarning tarqalishi to ‘xtaydi va bo‘ylama toMqinlaming tarqalish tezligi keskin kamayadi. Buning asosida yadroning E zonasida modda suyuq, qovushqoq holatda ekanligi aniqlangan. Yadroning markaziy qismi — F zonasi qattiq moddalardan tuzilganligi taxmin qilinadi, lekin bo'ylama to‘lqinlarning tezligi 9—11 km /s ga teng, ya’ni pastki mantiyadagi tezlikdan kamdir. Yer yadrosi asosan suyuq tem ir va nikeldan hamda qo‘shimcha Si va S dan tashkil topgan.
Yer qatlami yerning umumiy massasidan 1% ni tashkil qiladi.
U turli xil tog‘ jinslaridan tuzilgan:
1 -bazalt qavati — og‘ir, zichligi katta bo‘lgan kristallik jinslar (bo‘ylama to ‘lqinlaming tarqalish tezligi 6,5—7,2 km /s ga teng).
2 -granit qavati — yengilroq kristallik jinslar ( bo‘ylama to‘lqin-larning tezligi 5,5 -6,5 km /s ga teng).
3-cho‘kindi jinslar — tog‘li kristallik jinslarining yemirilish mahsuloti bo'lib, ular daryo suvlari bilan dengizlarga kelib tushgan. Cho‘kindi jinslar suv havzalarining tubida va quruqliklar pastliklarida to‘planib boradi. Ular hozirgi kontinentlarning 80% yuzasini qoplab olgan bo‘hb, bu asosan qum, tuproq, ohak qatlamlaridir.
Cho‘kindi jmslarning bir qismi qadimgi tog1 jinslarining yemirilishi hisobiga hosil b o ‘lgan, boshqa qism i esa b iosferadagi tirik organizmlarning faoliyati natijasida hosil bo‘lgandir, masalan, bor, ohak, tosh ko‘mir, torf.
Cho‘kindi jinslarning m a’lum qismi kimyoviy yo‘li bilan ham hosil bo‘lishi, ya’ni yopiq suv havzalaming qurishi natijasida tuzlarning cho‘kmaga tushishi hisobiga hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, shu yo‘li bilan oxirgi yillarda Orol dengizi qurishi natijasida dengiz tubida gips va tosh tuzlari konlari hosil bo‘ldi.

Yer qatlami tuzilishi jihatdan 2 turga bo‘linadi — okeanik va kontinental turlari. Yer qatlamining kontinental turi tog‘li joylarda mavjud boiib, uning qalinligi 35 km (quruqliklar tagida — 70 km, okean tagida — 10 km). Yer qatlamining bu turida granit qavati 20—40 km, cho‘kindi jinslar —3,5 km, bazalt qavati —20 km ni tashkil etadi. Yer qatlamining okeanik turining qalinligi 5—10 km ga teng.


Yerning okeanik qatlami asosan bazalt materialidan, kontinental turi esa granitlardan tuzilgandir.

Yer qatlamining o‘rtacha kimyoviy tarkibi oksidlarning miqdori bilan ifodalanadi (massa % da) (2 -jadval):



Download 5,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish