S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova



Download 5,74 Mb.
bet2/122
Sana30.12.2021
Hajmi5,74 Mb.
#89625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
71atrofmuhitkimyosipdf

Turobjonov, S.M .
T90 Atrof-muhit kimyosi: o‘quv qollanm a/ S.M. Turobjonov, T.T. Tursunov, К. M. Adilova; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. — Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. — 176 b.
ISBN 978-9943-05-513-1


    1. Tursunov, T.T.




  1. Adilova, K.M .

Hozirgi kurul'd sanoat ishlab chiqarish jarayonlarida ko‘p miqdorda chiqindilar hosil bo‘lib, ular gaz-chang chiqindilari, oqova suvlar, shlak, shlam va boshqa holatda atrof-muhitga kelib tushmoqda. Bu chiqindilar turli xil kimyoviy moddalardan tashkil topgan bo‘lib, ular biosferaga tushgandan so‘ng, o‘zaro bir-biri yoki biosferaning komponentlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi ikkilamchi ifloslantimvchi moddalarni hosil qilishi va natijada atmosfera havosini, suv havzalarini, tuproqlami zaharlab, flora va faunaga hamda insonlarga katta zarar yetkazishi mumkin. Ushbu qo‘llanma tabiiy va antropogen yo‘li bilan hosil bo‘lgan va atrof-muhitga kelib tushgan ifloslantiruvchi moddalarni biosferaning turli qismlarida taqsimlanishini, tarqalishi va kimyoviy o‘zgarishlarini o‘rganishga qara-tilgan.


Mazkur o‘quv qo‘llanma 5850100 — Atrof-muhit muhofazasi yo‘na-lishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar hamda barcha ekologiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi, aspirant va xodimlar uchun mo‘ljal-langan.
УДК: 502.5 (075)

KBK 20.18ya73


ISBN 978-9943-05-513-1

/ I . w,

11-----
© S.M. Turobjonov va boshqaiar, 2012

- ©;;tho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012



• t- r! '

T)






KIRISH
Bugungi kunda ekologik muammolar va atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb masalalardan biriga aylanib qoldi. 0 ‘zbekiston respub-likasi mustaqfflikka erishgandan so‘ng ekologik muammolarga katta ahamiyat qaratilmoqda. 0 ‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Ka-rimovning « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolati» asarida ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratilishi zamtligi ta’kidlangan. Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo ‘g‘rofiy-siyosiy tuzilishi o ‘zgarmoqda. Bunday sharoitda insonlar tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan zararli ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishni uyg‘un-lashtirish, inson va tabiatning o ‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda ekologik jihatdan murakkab vaziyat vujudga kelgan bo' 1 ib, u quyidagi muammolardan iborat:
— yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibining pastligi, yerlarning nihoyat darajada sho‘rlanganligi;
— suv zaxiralan, shu jumladan, yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi;
— Orol dengizining qurib borish xavfi;
— atmosfera havosining ifloslanishi.
Bu muammoiarni hal qilish uchun barcha sanoat korxonalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlami tashkil qilish, tabiiy resurslardan, xomashyo va materiallardan to'liq foydalanishga qaratilgan ham da chiqindilarriing m iqdorini kamaytirish hisobiga ulaming atrof-muhitga yetkazayotgan zararli ta’sirini kamaytiradigan yopiq tizimli ishlab chiqarish jarayonlarni rivojlantirish va amaliyotda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kun talablariga texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan javob bermasligi sababli barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalarida katta miqdorda chiqindilar hosil bo‘!ib, ular gaz chiqindilar), sanoat

oqova suvlari, shlak, shlam va boshqa holatlarda atrof-muhitga kelib tushadi. Ushbu chiqindilar turli xil noorganik va organik moddalardan tashkil topgan bo‘lib, ular atmosfera havosini, tabiiy suv havzalarini, tuproqlami zaharlab, o‘simliklar va hayvonot olamiga hamda inson salomatligiga katta zarrar yetkazmoqda.


Lekin sanoat rivojlanishini fan-texnika taraqqiyotini to ‘xtatib bo‘lmaydi, chunki bu yer sharidagi aholining yashash sharoitlarini keskin yomonlashib ketishiga va global m uam m olarni yana ham keskinlashishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga fan yutuqlari inson va tabiatning o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirilishi bilan bir vaqtda paydo bo‘layotgan muammolarni yechish uchun ham katta im koniyatlar yaratadi. Bunda kimyo faniga alohida e’tibor qaratiladi, chunki barcha ifloslantiruvchilar —bu kimyoviy moddalar. Kimyoviy birikmalar atrof-muhitga kelib tushgandan so‘ng unda uzoq vaqt saqlanib turishi, to‘planishi yoki turli yo‘llar orqali chiqib ketishi mumkin yoki o ‘zaro bir bin va biosferaning kom ponentlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarni hosil qilib, flora va faunaga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
M a’lum ki, hozirgi zam on biosferasining holatini belgilovchi jarayonlar atmosfera, gidrosfera, litosfera va tirik organizmlardagi fizik-kimyoviy o'zgarishlarga bog‘liq. Bu o‘zgarishlar esa faqatgina tabiiy om illarga eraas, balki antropogen omillarga ham bog‘liqdir. Bu o ‘zgarishlarni kimyo fanining turli yo‘nalishlari bo‘lgan geokimyo, agrokimyo, fotokimyo, gidrokimyo va biokimyo kabi fanlar o ‘rganadi. Ammo atrof-muhitda sodir boiayotgan global o‘zgarishlar biosferadagi jarayonlar bilan biogeokimyoviy sikllarning o'rtasida uzviy bog‘hqUk borligi haqida dalolat beradi. Biosferaning turli qismlaridagi o‘zga-rishlami va ularning bir-biriga bog‘liqligini «Atrof-muhit kimyosi» fani o ‘rganadi.
«Atrof-muhit kimyosi» XX asming 70-yillaridan rivojlana boshlan-gan fan bo‘lib, u atrof-muhitga kelib tushayotgan kimyoviy moddalar-ning turlarini, xossalarini, ularni hosil qiluvchi manbalari va miqdorini hamda ularning atrof-muhitdagi barqarorligini, biosferadagi boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish xususiyatlarini ham da buning natijasida barcha tirik organizmlarga va inson salomatligiga, sanoat hamda madaniy obyektlarga yetkazayotgan zararli ta’sirini o ‘rganadi.

Atrof-muhit kimyosi fani umumiy kimyo fanining asosiv qonun va tushunchalariga asoslangan, lekin bu fandagi o £rganilayotgan obyektlar biosferada joylashgandir.

Ushbu fanning maqsadi — tabiiy va antropogen yo‘l bilan hosil boMgan hamda atrof-muhitga kelib tushayotgan kimyoviy birikmalarni transformatsiya va migratsiya jarayonlarini o‘rgamshdir. Shu bilan birga bu fan maqsadlariga kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning biosferaga kelib tushishining oldini olish usullarini ishlab chiqish, chiqindilarni utilizatsiyalash, yo‘q qilish, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish ham kiradi.
«Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» sohasidagi mutaxassislar turli xil kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitga kelib tushgandan so'ng ularning kimyoviy o‘zgarishlarini va biosferadagi jarayonlarga ta’sir etishini baholash, yangi texnologiyalami joriy etish natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish hamda bu oqibatlaming bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni o ‘rganishlari va bilishlari maqsadga muvofiqdir.

1-bob. YERNING PAYDO BO ‘LISHI



Download 5,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish