Sabzavotlarni saqlashda ishlatiladigan idishlar


Uzum, meva, rezavor meva va sabzavotlarni tashish va saqlashda turli



Download 18,19 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2022
Hajmi18,19 Kb.
#464138
1   2   3
Bog'liq
Mevalarni tayyorlash usuli

Uzum, meva, rezavor meva va sabzavotlarni tashish va saqlashda turli qutilardan foydalanish. Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib etilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning ertapishar navlari kam muddatga, kechki navlari esa 7-8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun
yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog’ozga o’ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog’oz yoki qirindi solinsa ham bo’ladi. Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo’lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo’yiladi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib etilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va xushbo’yligi o’zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o’zgartirib turish lozim. Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2-3 oy saqlashga qo’yiladi. Ular yashik, karton quti va konteynerlarda saqlanadi. Mevalarni konteynerlarda saqlash omborning 1 m3 hajmidan samarali
foydalanishni ta’minlaydi. Bunda 1 m3 foydali hajmda mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250-300 kilogramm, konteynerlarda 400 kilogrammni tashkil qiladi. Olmani saqlashda ularni polietilen plyonkalarga joylashtirish keng qo’llanilmoqda. Bunda sig’imi 1-3 kilogramm polietilen xaltachalardan
foydalaniladi. Bunday xaltachalar ichida 1,5-2 oy ichida kislorodning mikroi 14-16% ga, karbonat angidrid esa 5-7% ga etadi. Polietilen xaltachalarni omborga joylashtirgach, ularning og’zi ikki-uch kun
ochib qo’yiladi olma sovitilgandan so’ng ularning og’zi yopiladi. Polietilen xaltachalar konteynerlarga joylashtirilgan holda omborlarga joylashtiriladi. Olmani saqlashda polietilendan yasalgan konteynerlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda 600-800 kg meva sig’adigan konteynerlar qo’llaniladi.
Polietilendan yasalgan konteynerlarga gaz muhitini boshqarish uchun maxsus
tuynuklar qo’yiladi. Nok odatda pishib etilish oldidan uzilib, toza va quruq yashiklarga joylashtiriladi. Yashiklar tagiga qog’oz yoyib qo’yiladi, qog’ozning ikkinchi uchi nokning ustiga yopiladi. Qog’oz ustiga qirindi sepiladi yoki karton yopiladi. Nokni shaxmat usulida joylashtirib qator orasiga qirindi sepish ham mumkin. Yashiklar xuddi olma singari taxt qilib qo’yiladi.
Gaz muhiti boshqarilib turiladigan omborlarda nok 300-350 kilogrammli
konteynerlarda saqlanadi.
Behi saqlash uchun yashiklarga joylashtirilganda tagiga kog’oz to’shaladi va
oralariga qirindi solinadi. Behi 35 kg yashiklarga yoki konteynerlarga (gaz muhiti boshqariladigan omborlarda) joylashtiriladi.
Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalarning saqlashga chidamliligi past bo’lib, ular o’zidan suvni tez yo’qotib, so’liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi.
Yirik va o’rtacha kattalikdagi o’riklar to’g’ri qatorlarga terilib, maydalari esa
to’kma qilib yashiklarga joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog’oz to’shaladi uning ustiga ham qirindi sepiladi.
Olxo’rini saqlash uchun yashiklarga to’g’ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo’ri yashikka to’kma qilib solinadi. Olxo’ri harorati 0-1S, nisbiy namligi 90-95% bo’lgan omborlarda saqlanadi. 1S haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.
Polietilen xaltachalarda -1S haroratda 2-3 oy saqlash mumkin.
Sanoatda №1 nomi bilan ataluvchi yashikning sig’imi 8 kg. Yashiklar
taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda xirmonlarda to’kma holda, konteynerlarda, yog’och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi .
Sitrus mevalar 20 kilogrammli yashiklarga shaxmat yoki diagonal usulda teriladi. Har bir meva yupqa qog’ozga o’raladi. O’rov qog’oziga 1 mg difenil eritmasi shimdirilsa, meva yaxshi saqlanadi.
Uzumni polietilen plenka materiallaridan tayyorlangan qoplarda saqlash ham yaxshi natija beradi. Oz mikrodagi uzumni sun’iy sovutish qo’llanilmaydigan erto’lalarda saqlasa bo’ladi.
Handon pista. Hosili qo‘lda terib olinadi, qo‘l bilan uzib ba’zan silkitib olinadi. Mevalari bir vaqtda yetilmaydi, daraxtzordagi turli daraxtlarda har xil pishgani kabi, bir daraxtning turli shoxlarida ham har xil vaqtda pishib yetiladi. Shuning uchun yig‘im-terim mevalarining pishishiga qarab, bir necha marta sekin-asta o‘tkaziladi. Yig‘im-terimni tezlashtirish uchun ba’zi terimchilar mevalarning o‘zini emas, shoxlari bilan (qisman yetilmagan mevalari bilan) uzib oladilar. Bu tarzda yig‘ilgan hosilni navlarga ajratish kerak, ya’ni shoxlari va yetilmagan mevalari ajratilib tashlanadi. Bu usul zararlidir, chunki hosilning bir qismi nobud bo‘ladi. Tayoq bilan urish ham tavsiya etilmaydi, bunda gullari va vegetativ kurtaklari zararlanadi,
shunga muvofiq keyingi yil hosili pasayadi. Handon pista mevalari tekis joyga 10 sm qalinlikda yoyiladi va quritiladi.

Download 18,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish