Sabzavotlarni sovutgich omborlarida saqlash texnologiyalarini takomillashtirish istiqbollari



Download 51,5 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2022
Hajmi51,5 Kb.
#449376
  1   2
Bog'liq
SABZAVOTLARNI SOVUTGICH OMBORLARIDA SAQLASH TEHNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI


SABZAVOTLARNI SOVUTGICH OMBORLARIDA SAQLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI


Yusupov Ravshanjon Akram o’g’li - magistrant
Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Sabzavot ekinlari mamlakatimizning barcha hududlarida o’stiriladi va haydaladigan jami maydonning 1% ga yaqinini egallaydi, biroq gektaridan olinadigan umumiy mahsulot miqdoriga ko’ra, sabzavotlar o’simlikshunoslikda birinchi o’rinda turadi.


Qishloq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida sabzavotchilikning asosiy vazifalari: aholi va mahsulotni qayta ishlovchi sanoat korxonalarini sabzavot mahsulotlariga bo’lgan talablarini to’la qondirish, sabzavot turlarini ko’paytirish, aholini yil davomida sabzavot mahsulotlariga bo’lgan talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini yaxshilashdan iborat.
Aholini sabzavot mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish uchun ularni yetishtirishni keskin ko’paytirish lozim. Bunga esa qo’l mehnatini kamaytirgan holda mahsulot tannarxini pasaytirib, hosildorlikni oshirish hisobiga erishish mumkin. Buning uchun sabzavotchilikni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish, uning tehnikaviy manbaini mustahkamalash, mexanizatsiyani ishlab chiqarishga joriy etish, ekinlarni parvarishlashning jadallashgan texnologiyasini qo’llash, parvarishda, yig’im-terimda, transportlarga ortish, tashish, saqlash va sotishda mahsulotni nobud bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Bu sohada ayniqsa, sabzavot mahsulotlarini saqlash usullarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ega. Sababi yil davomida aholini to’liq tarzda sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlashda aynan saqlash usullarini takomillashtirish kelgusida sabzavot mahsulotlarini sifatini o’zgartirmasdan uzoq muddatga saqlash imkonini beruvchi texnologiyalarga ehtiyojni orttiradi.
Sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi yozning oxiri va kuzda yetiladi, lekin aholini sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlashdagi bunday mavsumiylikni bartaraf etish uchun himoyalangan yerlar – sabzavotchilik maydonlarini ko’paytirish, shimoliy viloyatlar va mintaqalarda, janubda sabzavot yetishtirishni ko’paytirish, ochiq yerda sabzavot yetishtirish mavsumini uzaytirish, mahsulotlarni yaxshi holatda va uzoq saqlanishini tashkil etish kerak bo’ladi. Shu sabab sabzavotlarni saqlash texnologiyasini takomillashtirish, zamonaviy ilg’or texnik vositalarni tizimga joriy etilishiga erishish dolzarb masala hisoblanadi.
Yetishtirilayotgan sabzavotlar turini va ularning kam tarqalgan turlarini ko’paytirish lozim. Sabzavot mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun oliy navlarni maqbul texnologiya bo’yicha tashkil qilish lozim, shuningdek, ularni o’z vaqtida tashib keltirish hamda yaxshi saqlashga erishish kerak.
Sabzavotchilik oldida turgan vazifalari quyidagi xususiyatlarni belgilaydi:
1. Sabzavotlarni oddiy dala sharoiti-ochiq yerda hamda sun’iy mikroiqlim sharoitidagi yopiq yerda yetishtiriladi.
2. Boshqa tarmoqlarda kam qo’llanadigan agrotexnik usullardan (ko’chat o’stirish, qantarish, saqlash, chala o’sgan, yetilmagan mahsulotlarni to’la yetiltirish) foydalaniladi.
3. Xilma-xil sabzavotlar va turli navlardan mahsulot yetishtirish hamda yig’ib-terishda ularning biologik va xo’jalik xususiyatlariga mos texnologiyalar qo’llanadi.
4. Mahsulotlar nobudgarchiligiga qarshi sabzavotchilikni yirik shaharlar, sanoat markazlari, konserva zavodlari atrofida tashkil qilish.
5. Mavsumda birinchi, ikkinchi, zichlovchi va oraliq ekinlar hisobiga yerdan samarali foydalanishga erishish.
6. Jadal rivojlangan tarmoq bo’lgani uchun o’g’itlar, sug’orishlar, kimyoviy vositalar, maxsus inshootlarga kerakli issiqlik manbalari va shu kabilardan keng foydalanish.
O’z xususiyatlari va vazifalariga ega bo’lgan sabzavotchilik, qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari, ayniqsa, o’simlikshunoslik va chorvachilik bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Ana shu bog’liqlik asosida bu ikki tarmoq bir-birini rivojlantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Sabzavotlarni uzoq muddatga, unumli zamonaviy usullardan biri ularni sovutgich (xolodilnik)larda saqlash istiqbolli usuli hisoblanadi. Bunday saqlash usulining afzalligi, mahsulotni yilning turli fasllarida ham bir xil sharoit yaratib, uzoq muddatga saqlash imkonini beradi. Mahsulotni saqlash muddati ancha uzaytiriladi va mahsulot yo’qotilish sarfi kamaytiriladi.
Sovutgichlarni qurish anchagina harajat va material talab qilsada, ular tezda qo’lanadi. Shu sababli, xo’jaliklar Sabzavotlar saqlaydigan sovutgichlar qurilishiga alohida e‘tibor berishlari kerak.
Sovutgichlar mahsulotlarni joylashuv sig’imiga ko’ra, 100 tonnadan kam bo’lmasligi lozim. Ular muayyan haroratda tutib turiladigan mahsulot saqlash xonalaridan, tovar mahsulot ishlanadigan bo’limlardan, mashina bo’limi va yordamchi binolardan iborat bo’ladi. Sovutgichlar yer ustida qurilgan bir qavatli omborxona bo’lib, balandlign 6 m gacha bo’lishi mumkin. Mahsulot sig’imi bo’lmaning balandligiga bog’liq. Zamonaviy sovutgichlarning har metr kvadratiga 700– 800 kg mahsulot sig’adi.
Sovutgichning ‘oli avtomashina kuzovining balandligicha qilinadi. Bunda mahsulotni tushirish va ortish ishlari ancha yengillashadi.
Mahsulotlar tez sovitilsa, ulardagi biokimyoviy jarayonlar va mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi hamda mahsulotning saqlanish muddati uzayadi. Mahsulotlarni tez sovitib oladigan xonalar ham bo’ladi. Sovutilgan mahsulotlar doim saqlanadigan bo’lmalarga ko’chiriladi.
Sovutgichlarning sovitish samaradorligi termoizolya-tsiyaga bog’liq. Buning uchun bo’lmaning ichki qismidan bir qavat termoizolyatsiya materialidan o’tkaziladi bunda unga bug’ va nam kirishining oldi olinadi. Bo’lmalar oldini yelim qo’shilgan issiq bitum bilan qo’lanib, bitumga issiqlik o’tkazuvchanligi kam bo’lgan materiallardan (mineral plita, penosteklo, penoplast, torfoplita) yasalgan taxtalar qo’yib chiqiladi. Keyin esa bug’ o’tishining oldini olish uchun ustidan bitum, alyuminiy folga yoki sement bilan to’shaladi. Hozirgi vaqtda zavodlarda teploizolyatsiya uchun maxsus panellar tayyorlanmoqda.
Bo’lmalarning poli asfalt yoki sement qilinadi. Ularning eshiklari ham bir qavat termoizolyatsion materialdan qo’llanadi. Eshikning devor bilan ulanadigan qismiga rezina qistirma qo’yiladi.
Odatda sovitish uchun kompressorli sovutgich qurilmalaridan foydalaniladi. Sovutish manbai sifatida ammiak yoki freondan foydalaniladi. Sovutgichlar sovutish xonalari, kuchli sovutish qurilmalari, o’tkazish naylari, haroratni nazorat qilish va avtomatik rostlab turish asboblari bilan ta’minlangan.
Sabzavotlarni saqlaydigan sovutgichlarda sovutish unumdorligi soatiga 50–200 ming kkal bo’lgan qurilmalardan foydalaniladi.
Xonalar quvurlar yoki havo vositasida sovutilishi mumkin. Quvurlar bilan sovutilganida, xonalarga radiatorlar o’rnatiladi va ulardan sovutish manbai – natriy xlorid yoki kalsiy-xloridning sovutilgan eritmasi o’tib turadi. Issiqlik konvektsiyasi qonuni bo’yicha xonalar soviy boshlaydi. Bu usulda sovitilganda harorat xonaning turli joylarida ancha (2–4S) farq qiladi. Shu sababli mevalar saqlanadigan sovutgichlarni quvurlar bilan sovitish tavsiya etilmaydi.
Xonalar havo yordamida, ya‘ni ventilyatorlar yordamida sovutilganda haroratning mo’tadil, turli joylarda bir xil sharoit bo’lishiga erishiladi. Namlangan havo sovitilib, ventilyator yordamida xonaning yuqori qismiga yuboriladi. Bu usulda xonalar sovitilganda havo namligi 90% dan kam bo’lmasligi lozim. Xonaning namligi muntazam ravishda nazorat qilib turiladi. Xonada havoni sovitish tezligi ob-havo sharoitiga, mahsulotning biologik va fiziologik xususiyatlariga hamda sovuq havo miqdoriga chambarchas bog’liq.
Mamlakatimiz shimoliy qismining ko’pgina zonalarida sentabr–oktabr oylarida sovitish uchun tashqi havodan foydalanish mumkin. Bizning sharoitda esa ko’pincha havo sun’iy ravishda sovitadigan statsionar qurilmadan foydalanishni ko’zda tutish lozim.
Sovutgich xonalaridagi havo harorati va namligi keskin o’zgarmasligiga, hamda sabzavotlarning terlamasligiga e‘tibor berish lozim. Sabzavotlarni sovutgich xonalariga joylashtirishdan ilgari ular obdan saralanadi, yog’in-sochinda qolganlar esa biroz quritiladi.
Bo’lmalarda mahsulotni saqlashda maxsus idishlardan yashik-lotoklar, o’rta hajmli yashiklar va konteynerlardan foydalaniladi. Idishlardagi mahsulotlarni joylashtirishda, taglikdan foydalanish juda qulay. Taglikning o’lchami 800x1200 mm bo’lib, ularga mahsulot solingan yashiklar taxlanadi. Shunday qilinganda yashiklar mustahkam turadi.
Ko’pgina sabzavotlar (‘iyoz, sarimsoq, karam, kartoshka, sabzi, lavlagi) va mevalarning ayrim turlari konteynerlarda saqlanadi. Konteynerlarga joylashgan mahsulotlarni ortish-tushirish ishlari mexanizatsiya yordamida amalga oshiriladi. Yashiklar va konteynerlar bir-birining ustiga 3–5 qavat qilib joylashtiriladi.
Bo’lmalarda havoning erkin yurib turishi uchun har bir taxning hamma tomonida bo’shliq qoldirilishi kerak. Mahsulot taxlari va yon tomonlaridan 5 sm oraliq qoldiriladi. Bo’lmaning shifti bilan tepadagi mahsulot orasidagi bo’shliq 50 sm bo’lishi, yon devorlar bilan mahsulot orasidagi bo’shliq esa 30–40 sm bo’lishi talab qilinadi. Taxlarning har qaysi ikki qatoridan keyin 60–70 sm nazorat yo’lagi qoldirish tavsiya qilinadi. Uncha uzoq vaqt saqlanmaydigan mahsulotlarning har bir qatoridan keyin nazorat yo’lagi qoldiriladi.
Bo’lmalardan samarali foydalanish uchun tez sotiladigan mahsulotlar mashina yuradigan markaziy qismga yaqinroq qilib joylanadi. Umuman har kuni bo’lma sig’imiga nisbatan taxminan 10% miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar sovutilgan mahsulot bor xonaga bir yo’la ko’p miqdorda iliq mahsulot kiritilsa, sovitilgan mahsulot terlaydi va natijada mikroorganizmlarning rivojlanishi tezlashadi.
Sovuqqa chidamli mahsulotlarni xonalarga joylash uchun sovitish sistemasi ishga tushirilib, 10–15 kun mobaynida mahsulot bilan to’ldiriladi. Sovuqqa chidamsiz mahsulotlarni joylashtirishda ular xonalarga to’liq joylanadi va keyin sovitish sistemasi ishga tushiriladi.
Sovutgich xonalaridan mahsulotni olish vaqtida ularni birdan issiq joyga chiqarish mumkin emas. Aks holda mahsulot terlab buzila boshlaydi. Shu sababli sovutgich xonalaridagi mahsulotlarni olish oldidan oraliq xonalarga joylashtirilib biroz ilitib olinadi.
Agar mahsulotning hammasi olinayotgan bo’lsa, mahsulotni ilitish ishi saqlash xonasining o’zida amalga oshiriladi. Mahsulotni ilitish 2–4 sutka davom ettiriladi. Bunda havo harorati sutkasiga 4–5S oshirilib boriladi.
Shunday qilib, Yer yuzida bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi va yildan-yilga oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni ortib borishi, hamda, Yer yuzida aholi sonining bir necha barobar ortishini inobatga olib, bugun biz oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga, qayta ishlash va ularni nobud qilmay uzoqroq muddatga saqlash texnologiyalarini takomillashtirilishiga keskin ehtiyoj sezamiz. Sababi, hozir unumdor yerlarning aholi jonboshiga bo’lgan nisbati ‘arallel ortishi va bu ko’rsatkich yilda-yilga keskin ortishini inobatga olinsa, tez orada unumdor yerlardan olinadigan qishloq ho’jaligi mahsulotlari aholi jon boshiga yetmay qolishi, buning ustiga iqlim o’zgarishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hamda, saqlash muhitiga innovatsion yondashuvni talab qiladi. Shu sababdan, sabzavotlarni sovutgichlarda saqlash tizimini takomillashtirish, ularni sifatini uzoq muddatga saqlagan holda



Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish