Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish istiqbollari: muammo va yechimlar sharopov Mirjon Nurxon o`g`li



Download 26,19 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi26,19 Kb.
#766879
  1   2   3

UZLUKSIZ TALIM TIZIMIDA TALIM MAZMUNINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR


Sharopov Mirjon Nurxon o`g`li
Buxoro davlat universitetining “Pedagogika fakulteti”,
Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.


Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning uzluksiz ta’lim tizimidagi tutgan muhim o‘rni, jamiyatda ta’limning ijtimoiy roli, rivojlanishida hissa qo’shgan olimlar, rivojlantirishning shartlari va sabablari, xalqaro ta’lim lug‘atida uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta’limda asosiy qamrov Xalq ta’limi tizimi va Oliy ta’limdagi navbatdagi muammolar haqida tahlil qilingan.


Kalit sozlar: Uzluksiz, uzluksiz ta’lim, uzluksiz kasbiy ta’lim, integratsiya, universallik, moslashuvchanlik, ta’lim.

Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish, yangi avlod darsliklarini yaratish va uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalashda xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rgatishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda pedagogika fanlarini o‘qitish alohida ahamiyat kasb etadi. Har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan asosiy omillardan biri kadrlarning o‘z sohasi bo‘yicha mukammal ta’lim olganligi va uni amaliyotda qo‘llay olishi, shaxsning ma‘naviy yetukligi, o‘zligini anglashi, vatanparvarlik va fidoyilik kabi yuksak xislatlarning rivojlantirilganlik darajasi bilan bog‘liq.


Uzluksiz ta’lim tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2707-sonli, 2017-yil 14-martdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2829-sonli, 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli, «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi shuningdek, akademik ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan 2017 yil 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2789-sonli qarori hamda «O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-sonli farmonlari shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentyabr kuni «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni imzoladilar. Mazkur qonun bilan 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi. [1]
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to`grisidagi” qonunida ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim olish huquqi, ta’lim tizimi, turlari va shakllari, ta’lim tizimini boshqarish, ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirishi haqidagi qarorining qabul qilinishi natijasida 2013-2014 yildan boshlab umumta’lim maktablarining barchasida 1-sinfdan chet tilini o‘rganish tizimi amalga kiritildi. Uzluksiz ta’lim tizimida chet tilini o‘qitish bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari takomillashtirilib, o‘quv rejalari ishlab chiqildi, adabiyotlarning yangi avlodi yaratildi, chet tilini o‘qitish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi yanada kuchaytirildi.
So`nggi yillarda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim mazmunini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy hayot talabidir. “2008-2012 yillarda uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini modernizatsiyalash va ta’lim tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish Davlat dasturi” 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida va boshqa me’yoriy hujjatlarda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari belgilangan bo’lib, bu esa ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilan ishlash, ularni barkamol avlod sifatida shakllantirish davlat miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin bo‘lmoqda.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, manaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam takrorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksizlik” – to‘xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta’lim” tushunchasi komil shaxs ta’lim-tarbiyasini uzluksiz yo`lga qo‘yishni anglatadi.

Download 26,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish