Sadriddin ayniyning «eski maktab»



Download 151,44 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2022
Hajmi151,44 Kb.
#719312
  1   2
Bog'liq
53 wOttZlAd03m2HxegNhqgYz4ijnIxc (2)



Qo’qon Universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishining
3-kurs 1/19-guruh talabasi Husenova Nilufarning
Pedagogik mahorat fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi.

Mustaqil ta’lim mavzusi:

Sadriddin ayniyning
«eski maktab» qissasi haqida!



Biz Pedagogik mahorat fanini o’qib-o’rganish davomida “O’qituvchi-kim? Va u qanday xislatlarga ega bo’lishi kerak?” degan savolga javob topdik. O’qituvchilik eng mashaqqatli va eng sharfli kasbdir. Bizga berilgan topshiriq bo’yicha Sadriddin Ayniyning “Eski maktab” nomli qissasini o’qib-chiqib, o’z fikr-mulohazalarimizni, qissadan olgan taassurotlarimizni yoritib berish bilan birgalikda, asarning afzalliklari va kamchiliklari ya’ni, T jadvalini ham yoritib berishimiz kerak. Nimaga aynan bu asarni o’qib chiqishni bizga mustaqil ish sifatida berganliklarini asarni o’qib-o’rganish davomida anglab yetdim. Sadriddin Ayniyning 1935-yilda yaratilgan bu asari haqiqiy o’qituvchi bo’laman degan insonlar uchun eng kerakli fundament deb hisoblayman. Chunki asarda o’sha davrning maktablari, undagi holatlar, o’qituvchining xislatlari, o’zini tutishi, o’quvchilarning savod darajasi haqida to’xtalib o’tilgan. Bu asar eski maktabdagi o’qish va o’qitish haqida . Sadriddin Ayniy bu o’z bolalik hayotini yoritib berish orqali “Eski maktab” qissasini yaratgan. Asar boshlanish jarayonida 4yosharlik bolaning tilidan o’sha davrdagi maktablar qanday holatda bo’lganligi, o’quvchilarni savodga o’rgatish usullari, chalamullar haqida yoritib berilgan. Olamni ob’yektiv yo sub’yektiv talqin etishda ijodkorni voyaga yetkazgan ijtimoiy, ruhiy-psixologik jarayonlarning ta’siri o‘z izini qoldiradi. Xolislik ijodkor uchun yaxshi fazilat. Har qancha xolisonalik bo‘lsa-da, tarixiy voqelik baribir ijodkor xarakteri, tafakkuri va qalbi "tahriri"dan o‘tib, muayyan bir asar shakliga kiradi. Ijodkorning xarakteri, tafakkuri, qalbi esa uni qurshab kelgan muhit va sharoitning "havosidan nafas oladi".Sadriddin Ayniy amirlik zamonida voyaga yetdi, tanildi. Eski maktab, madrasa ta’limini oldi. Otasining "Mulla bo‘lma, qozi bo‘lma, odam bo‘l", degan o‘giti ta’sirida kamol topdi. Maktabning, madrasaning chalamullalikka yo‘naltirilgan ta’limoti, amirlikning mutaassiblikka tayangan tartiboti ma’rifatli ota o‘gitiga amal qilgan yosh Sadriddinda qoniqmaslik, norozilik, keyinchalik cheksiz nafrat hisini oshirdi. Ilk she’rlarida imo-ishoralar, ramzlar vositasida ko‘ringan bu tuyg‘u nasriy asarlarida ochiq-oydin aks eta boshladi. Atrofdagi nochorlik, zulm va zo‘ravonlik, amir jallodlari tomonidan akasining qatl etilishi, o‘zining darra bilan kaltaklanishi kabi ob’yektiv, sub’yektiv omillar bu nafrat tuyg‘usini alangalatganligi shubhasiz. "Eski maktab" asarida o‘zi ishtirok etgan tarixiy davr hodisalari hikoya qilinadi. Boshqa badiiy asarlarining syujetiga ham tarixiy shaxslar hayoti, tarixiy voqelik, hayotiy makon va zamon asos bo‘lib xizmat qilgan. Asarda chalasavodli o’qituvchi tomonidan bolalarning ayovsiz kaltaklanishi ko’ngilni juda xira qiladi. Bolalar xuddi o’zlarini qamoqxonada, zanjirband qilingan qullar kabi his qilishadi. Darsning tugashi ular uchun ozodlik hisoblanadi. 4yosharli Sadriddin bolalarning ayovsiz jazolanishini ko’rib, juda qo’rquvga tushadi. O’quvchilar kaltak yeyishdan qo’rqqanlari uchun nima deyayotganlarini tushunmasalar ham, harflarni o’qishga harakat qilishadi. Asarning o’qish davomida Xalfaning ayovsiz kaltaklanishi va lat yegan joylariga tuz sepilishi ayniqsa bundan qabih ishlar bolalar tomonidan bajarilishini ko’rib ko’zimga yosh keldi. Bolalar ham ustozlari kabi beshavqat bo’lib ketishgani bu juda achinarli holat. Maktab deya ataladigan bu katalakxonada o’quvchilar savod o’rganishlari uchun hech qanday sharoit mavjud emas. Qolaversa bitta sinfda turli xil yoshdagi bolalalarning tahsil olishi …. Sadriddin ham maktabga otasidan “kurracha” olish uchungina borishi, qo’rquv ostida harflarni to’tiqushga o’xshab takrorlashi ham maktabda muhit to’g’rimasligining bir belgisidir. Ammo menga yoqqan tarafi qiz bolalar alohida maktabda tahsil olishadi. Ularga savodli, mehribon Otin oyi dars beradi. Bundan tashqari o’sha davrda bolalarga arab harflarining o’rgatilishi, Qur’oni Karimni yod olishlari, o’rganishlari menga juda yoqdi va bu narsani o’sha davrning yutuqlari deb hisoblayman. Ammo asarda tanqid ostiga olinadigan voqealar juda ko’p. Asar yakunida polvonmullani Sadriddin savod jihatidan kurashda yengadi va g’olib bo’ladi ammo so’nggida men “haqiqatdan ham nodir ilmlarni o’rgangan ekanman” deb faxrlanar edim. Lekin haqiqatda esa hali ham xat-savodim chiqmagan edi deya ta’kidlaydi.
“T” jadvali:

Afzalliklari : Kamchiliklari:



Bolalarga arab harflarining o’rgatilishi Maktablarda umuman sharoit yo’qligi;


Qur’oni Karimni yodlashlari; Ustozning juda qattiqqo’lligi;
Qiz bolalar va o’g’il bolalar alohida Bolalarni ayovsiz kaltaklanishi;
o’qitilishi; Sinfda turli yoshdagi bolalarning tahsil
Otinoyilarning savodli ekanligi; olishi;
Otinoyi har bir bola bilan alohida Sadriddinning otasi kurracha olib berishi
shug’ullanishi; sababli maktabga borishi;
yangi yilda sayllar o’tkazilishi; Ustozning savodsizligi;
ota-onalarning bolalarga befarq bolalarning bir-biriga beshavqatligi;
emasliklari; tabaqalashtirish;

-Eski maktab tizimida bolalar ayovsiz kaltaklangan, hozirgi kunda bolalarni urush narida tursin ularga qattiq gapirib ham bo’lmaydi.


-Eski maktab tizimidagi maktablarda bolalar tahsil olishlari uchun umuman sharoit mavjud emas, hozirgi kundagi maktablar zamonaviy, barcha sharoitlar mavjud.
-Eski maktab tizimidagi o’qituvchilar savodsiz va juda qattiqqo’l, hozirgi kundagi o’qituvchilar esa savodli, mahoratli, samimiy, izlanuvchan.
-Eski maktab tizimida sinfda har xil yoshdagi bolalar tahsil olishgan, hozirgi kunda esa bolalar 7yoshdan boshlab qabul qilinadi va asosan sinf jamoasi bir xil yoshdagi bolalardan tashkil topgan .
-Eski maktab tizimida meditsina umuman rivojlanmagan, hozirgi kunda meditsina sohasi jahon reytinglarida.
-Eski maktab tizimida arab harflari o’rgatilgan, hozirgi kunda lotin alifbosi asosida o’qitilmoqda.
-Eski maktab tizimida savod o’rgatishga, o’rganishga umuman e’tibor yoq, hozirgi kunda esa ta’lim jarayoniga e’tibor juda katta va borada juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Bozordan biror bemaza meva xarid qilsak yoki sifatsiz kiyim yoxud buyum sotib olsak darhol sifatlisiga almashtirib olamiz. Ota-ona nobakor farzandni voyaga yetkazdi yoki oʻqituvchi quloqsiz, beuquv, dangasa shogird yetishtirdi. Bunday farzand yoki shogirdni yaxshisiga almashtirishning hecham iloji yoʻq. Shunday emasmi? Muqaddas dinimizda ustoz va murabbiylarga ehtirom beqiyos. Muallimlik, murabbiylik ‒ buyuk sharaf. Zero, bashariyatning eng afzal vakillari paygʻambarlar ham muallim va murabbiy qilib yuborilganlar. Oʻqituvchilik kasbi vakillari jamiyatga suv va havodek zarur. Bu muhtaram zotlarni quyoshga oʻxshatish mumkin. Quyosh nuridan barcha birday manfaat koʻrganidek, ustozlarning maʼrifati butun bashariyatga naf keltiradi. Bejiz Abdurahmon Jomiy hazratlari:



Download 151,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish