Samarand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti


mt.samdu.uz,masofaviy ta’lim platformalarni o‘rganish



Download 41,72 Kb.
bet7/7
Sana10.03.2022
Hajmi41,72 Kb.
#488937
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eshmurzayev U pedagogik ish

mt.samdu.uz,masofaviy ta’lim platformalarni o‘rganish
mt.samdu.uz masofaviy ta’lim platformasida o’qituvchi sifatida kirib ma’ruza va amaliy mashg’ulot materiallarini joylashtirishni o’rgandim.Bunda men o’qituvchi Meyliyev Farodning profilidan kirib “Tarmoq operatsion tizimlari” fanidan “Windows ilovalarini Linuxda ishga tushirish.Wine dasturi va uning imkoniyatlari. Linuxda Windows ilovalarini o’rnatish” mavzusida ma’lumotlarni mt.samdu.uz masofaviy platformasiga joylashtirdim.
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish
Pedagogik va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ta’lim vositalarining yangi avlodi va ta’limning so‘nggi turlari ko‘rinishida o‘z mohiyatiga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilayotgan an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha o‘quv vositalari deb hisoblangan barcha multimedia o‘quv uslubiy elektron mahsulotlar shular jumlasidandir. O‘quv-uslubiy elektron mahsulotlarning imkoniyatlari va kiritilgan ma’lumotlar asosida turlarga ajratish mumkin.
1.O‘quv darslikning elektron versiyasi Namunaviy dasturga muvofiq fanning to‘liq kursini qamrab olgan ma’lumotlarning elektron variant holdagi mahsulot (ma’ruzalar, matnlar va boshqalar).
2.Elektron darslik o‘quv darslik elektron versiyasining takomillashtirilgan holatidir. Elektron darslik matni, gipermatn, giperizoh, grafik, diagramma, rasm, chizma va ularning animatsiyalaridan iborat (elektron darslik va elektron darslik versiyasi professor o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazishda va talabani darsdan tashqari mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyat beradi).
3. O‘quv uslubiy elektron qo‘llanma ‘quv fanini qisman qamragan bo‘lib, matn, rasm, gipermatn, chizma va animatsiyalardan iborat.
4.O‘quv uslubiy elektron ko‘rgazma Ma’lum bir fan uchun kompyuterlashtirilgan, yaxshi dizaynga ega bo‘lgan miniplakatlar to‘plami. 2D grafik o‘lchamida tayyorlanadi (dars jarayonida multimedia proyektor orqali namoyish etiladi).
5. O‘quv uslubiy kompyuter dasturi
Ma’lum fanning mavzusi keng yoritiladi. Ushbu dastur algoritmlashtirilgan bloklardan iborat. Har bir blok o‘zining mazmuniga, matni, grafikasi, animatsiya, o‘quv va nazorat qismidan iborat bo‘lgan dastur.
6. Multimediali o‘quv-uslubiy kompyuter dasturi va ensiklopediyalar
Ushbu o‘quv kompyuter dasturi matn, gipermatnlar, giperizohlar, grafik, diagrammalar, rasmlar, chizmalar, harakat, ovoz, videotasmalar, fotorasmlarni o‘z ichiga qamrab olgan mahsulot bo‘lib. 3D grafik o‘lchamida tayyorlanadi.
7. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar Ushbu mahsulotda sensorika ishlatiladi. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar skanerdan, raqamli videokamera va fotoapparatlardan matnlar, rasmlar, harakatlar kiritiladi. Undan tashqari, videomagnitofondan raqamli o‘zgartirgich orqali videofilmlar joylashtiriladi va tahrirlar kiritish imkonini beradi.
8.Kompyuterlashtirilgan laboratoriya ishlari
Berilgan mavzu bo‘yicha laboratoriya tajribalarini namoyish qilish, harakatlanishi, asboblarning ko‘rsatkichlari, vaqt o‘lchash-larini va boshqa jarayonlarni bog‘lovchi kompyuter dasturi. 3D grafik o‘lchamida tayyorlanadi (Laboratoriya asbob-uskunalari yetishmaydigan joylarda ishlatish imkoniyatini beradi).
9. Ma’lumotlar banki Katta hajmdagi axborotni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli ko‘rinishda (jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm va hokazo) bera oladigan, o‘quv jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi va o‘z bilimlarini nazorat qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat tashkilotida qayd etilgan sohalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. O‘quv uslubiy elektron mahsulotlar muassasalarning kutubxonalarida, kompyuter sinflarida saqlash va foydalanish mumkin.
Kafedraning faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ish jarayonlarini qamrab olgan istiqbolli va joriy ish rejalari asosida amalga oshirilishini, belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi, professor-o’qituvchilar ishtirokida kafedra majlisida muhokama etilib, qaror qabul qilinishini o’rgandim. Nizom bilan tanishish jarayonida yanada muhimroq quyidagi bandlar bilan tanishdim. Kafedraning asosiy maqsadi, kafedra mudirining vazifalari, kafedra mudirning huquqlari va kafedraning faoliyati kabi bandlar bilan tanishib chiqdim.
O’qituvchilarning semenar va amaliy mashg’ulotlarida qatnashib, o’qituvchilardan bilim oldim, malaka oshirdim va kasbiy malaka va pedagogik ko’nikmalarni oldim.
Kafedraning yillik va istiqbolli rejalari bilan tanshib chiqdim. Tanishish jarayonida yillik ish rejasini qachon tuzishni va unda ko’zda tutilgan ishlarni vaqti-vaqtida joyiga qo’yishni va bajarishni o’rgandim. Tashkiliy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O’quv va o’quv-uslubiy ishlar, ilmiy ishlar, kafedraning viloyat akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalari bo’yicha ishlaridan iborat ekanligini o’rgandim.
Kafedra xujjatlaridan kafedraning yillik va istiqbolli ish rejalari, kafedraning ishchi o’quv rejasi, o’quv soatlari hajmi, o’quv yuklamalari taqsimoti, Namunaviy va ishchi fan dasturlari, Reyting jurnali yuritilishi, Reyting nizomi va texnologik xaritalar hujjatlari bilan tanishib o’tdim.
Vazirlik, rektorat va boshqa yuqori tashkilotlardan kelgan qarorlar, buyruqlar, topshiriqlar va so‘rovlarga javoblar va ma’lumotlar tayyorlash, hisobotlar tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirish
Me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqish Vazirlik, rektorat va boshqa yuqori tashkilotlardan kelgan qarorlar, buyruqlar, topshiriqlar va so‘rovlarga javoblar va ma’lumotlar tayyorlash, hisobotlar tayyorlash ko‘nikmalarini o‘zimda shakllantirdim va o‘rganib oldim

XULOSA


O’z ilmiy-pedagogik ishim davrida Kafedra o’qituvchilar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini kuzatib dars o’tish uslublarini o’rgandim,ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib borish, masofaviy ta’lim platformalarini haqida, masofaviy ta’lim platformalari texnik va dasturiy ta’minotlari, mt.samdu.uz masofaviy ta’lim platformasida ishlash ko’nikmasi,yangi pedagogik va axborot texnologiyalari haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’ldim.


Fakultet va dekanat faoliyatini o’rganib chiqdim, fakultet va dekanat me’yoriy hujjatlari bilan to’liq tanishdim, fakultet tuzilmasi, uning funksiyalarini, fakultet dekanining vazifa va majburiyatini, fakultetda talabalarni, hujjatlarni nazorat qilish qanday olib borilishi bilan tanishdim.
Kafedra faoliyati bilan tanishib, quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ldim. Kafedra tashkil qilinishi va tugatilish tartibi, u universitetning asosiy bo’ginlaridan biri hisoblanishi, kafedraninmg nizomi, kafedra ustavi, kafedraning tashkiliy tuzilmasi, kafedradagi me’yoriy hujjatlar va ularning mazmuni, kafedra vazifalari, kefedrada ishchi va fan o’quv dasturlarining tayyorlanishi, tashqi aloqalarni o’rnatish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, guruhlar bilan ishlash, ilmiy ishlar va ularga oid hisobotlar, kafedra yig’ilishlari va ularning bayonnomasi, kafedradagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kafedrada o’tkaziladigan ilmiy-amaliy seminarlar va boshqalar.
Nizom bo’yicha kafedra tashkil etilishi uchun kamida 7 kishi bo’lishi, ulardan bittasi professor unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga va ikkitasi dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lganda tashkil etilishi kerak ekan.
O’z ilmiy pedagogik ishim mobaynida men kafedra o’qituvchilarining seminar va amaliy mashg’ulotlarida ishtirok etib bordim. Bunda tajribali professor o’qituvchilarning o’z darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashi, yangi innovatsion g’oya va texnologiyalardan foydalanishi, zamonaviy kompyuter va telekomunikatsiya vositalaridan unumli foydalanishini, amaliy dars o’tish uslublarini kuzatdim.



Download 41,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish