Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 1,09 Mb.
bet44/129
Sana18.02.2022
Hajmi1,09 Mb.
#454128
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129
Bog'liq
fayl 1493 20210818

Mustaqil ish topshiriqlari

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim faoliyatining maqsadlari va tashkil qilish tamoyillariни “Toifalash” jadvali asosida loyihalashtiring:

О‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi

MTM ta’lim jarayonining tamoyillari


































  1. “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom bilan “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomни “Toifalash” jadvali asosida loyihalashtiring:

Boblar

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom

1-bob.







2-bob.







3-bob.







4-bob.







5-bob.







6-bob.







7-bob.







8-bob.







9-bob.









4-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TARBIYASI
Reja:

    1. Bolaning ruhiy taraqqiyotida ta’lim va tarbiyaning roli.

    2. Muhit va biogenetik omillarning roli.

    3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlari.



Tayanch sо‘z va iboralar: bolaning ruhiy taraqqiyoti, muhit, biogenetik omil, biologik yo‘nalish, preformizm yo‘nalishi, bixeviorizm yo‘nalishi, tarbiya, irsiyat, tabiiy (geografik) muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, yosh davrlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlari


Bolaning ruhiy taraqqiyotida ta’lim va tarbiyaning roli
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta kо‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kо‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, о‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
1) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
2) maktabgacha ta’lim muassasalari uchun о‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq о‘tkazish;
3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi о‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
4) «Ilk qadam» davlat о‘quv dasturini keng joriy etish;
5) tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini о‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
6) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bо‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga kо‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yо‘nalishlarini ishlab chiqish;
7) maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
8) mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida о‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
9) bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga о‘rgatish, gimnastika va faol о‘yinlar bо‘yicha mashg‘ulotlar о‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom о‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
10) maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM о‘qitish asoslarini joriy etish;
11) bolaning kelgusida о‘zini о‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional kо‘nikmalarni rivojlantirish;
12) maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish [6].



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish