Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 1,09 Mb.
bet17/127
Sana18.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#391078
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
fayl 1493 20210818 (2)

Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

bolaning noyobligi;

«Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;

bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;

bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bо‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

Maktabgacha ta’lim muassalari “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘yiladigan davlat talablari” asosida tuzilgan “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi bolalarni har tomonlama kamolga yetkazish hamda ularni maktabga tayyorlash nazarda tutilgan. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturidagi ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalarida bolalarning murg‘akligidan maktabga borguniga qadar bо‘lgan talablar belgilab berilgan.

“Bolajon” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bо‘lgan dastur hisoblanadi. Tayanch dasturining maqsadi maktabgacha yoshdagi har bir bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlash: odobli, aqlli, xushmuomala, о‘ziga ishongan, о‘z oldiga qо‘ygan maqsadini amalga oshirishga intiladigan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umummilliy qadriyatlarni qadrlaydigan, jismonan sog‘lom bolani tarbiyalashdan iborat. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriligining 2016 yil 28-yanvardagi 1-sonli hay’at yig‘ilishida tasdiqlangan [11].



Dasturning vazifasi bolani jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil inson qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanilgan:

maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;

maktabgacha ta’limning demokratikligi;

bola shaxsiga yо‘naltirilganligi;

bolani sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;

bolaning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;

maktabgacha ta’limda о‘yin faoliyatining yetakchiligi;

maktabgacha ta’limning insonparvarligi;

maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;

maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.



Muassasa dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qо‘ygan:

ijodkorlik, tasavvur eta olish, zukkolik;

mustaqil fikrlash layoqatiga ega bо‘lish;

muammolarni aniqlash va ularni hal etish yо‘llarini topishga intilish;

jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik.

Bolajon” tayanch dasturida har bir bolani rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanilgan:

davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bо‘lgan munosabatining kuchayganligi;

erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;

milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, о‘zlikni anglash tuyg‘usi rivojlanayotganligi;

milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllanayotganligi.

Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, о‘z-о‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni va atrof-muhit tо‘g‘risidagi bilimlarga ega bо‘lish yо‘nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi.

Mazmun jihatdan dastur tarkibiga:

jismoniy rivojlanish, о‘z-о‘ziga xizmat va gigiyena;

ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlik;

bilish jarayoni va atrof-muhit tо‘g‘risidagi bilimlarga ega bо‘lish yо‘nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari kiritilgan [11].

“Bolajon” tayanch dasturining tuzilmasi:

Kirish

1. Bolalarning rivojlanish xususiyatlari.

2. Jismoniy rivojlanish.

3. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yillik va jami).

4. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.

5. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.

6. Bilish jarayoni: atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash.

7. Foydalanilgan adabiyotlar.

Mashg‘ulotlar mavzuli-taqvim rejasi yoshlar bo‘yicha berilgan:

Ilk yosh guruh (2-3 yosh).

Kichik guruh (3-4 yosh).

0‘rta guruh (4-5 yosh).

Katta guruh (5-6 yosh).

Maktabga tayyorlov guruh (6-7 yosh) [16].

Ushbu “Bolajon” dasturi bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislari va ota-onalar uchun eng yaqin maslahatchi bо‘lib xizmat qilgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligining О‘quv-metodik majmualarni yaratishni muvofiqlashtirish va metodik xizmatni tashkil etish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Ilk qadam” davlat dasturi amaliyotga joriy etilgan. “Ilk qadam” dasturining muhim jihati bolaning rivojlanish kartasining yuritilishidir. U о‘zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan davrini qamrab oladi. Karta bir yilda uch marta tо‘ldiriladi va bola bog‘chada tarbiyalanganidan sо‘ng, ya’ni 6-7 yoshida uning maktabga tayyorligi kartasi bilan ta’lim dargohiga yuboriladi.

Dastur О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. MTM davlat о‘quv dasturi variativ о‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ о‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim muassasasi davlat о‘quv dasturi asosida о‘zining MTM ishchi о‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi о‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi [12]. Dastur quyidagilardan iborat (1.3-jadvalga qarang):

1.3-jadval.

Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat о‘quv dasturi tarkibi


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish