Samarqand davlat tibbiyot instituti


Qonning fizikaviy va kimyoviy xossalari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

Qonning fizikaviy va kimyoviy xossalari.
 Qonning rangi
. Eritrotsit-
lardagi 
gemoglobin 
qonga 
qizil 
rang 
beradi. 
Arterial 
qon 
oksigemoglobinga boyligi tufayli och qizil rangga ega.Venoz qon esa 
qaytalangan va oksidlangan gemoglobinlar hisobiga to‘q qizil rangga ega. 
Gemoglobin to‘qimaga qancha ko‘p kislorodni bersa, venoz qon 
shunchalik to‘qroq rangga ega bo'ladi. Qonning solishtirma og‘irligi 
1.058 dan 1.062 gacha kattalikda bo'lib, eritrotsitlar miqdoriga bogliq. 
Plazmaning solishtirma og’irligi tarkibidagi oqsillar miqdoriga bog‘liq 
bo‘lib 1.025 - 1.034 ga teng. 
Qonning yopishqoqligi.
Qonning yopishqoqligi suvga nisbatan 
aniqlanganda 4,5-5,0 ga teng. Qonning yopishqoqligi, asosan, uning 
tarkibidagi eritrotsitlar va qisman plazma oqsillari miqdoriga bog‘liq 
bo’ladi. Venoz qonning yopishqoqligi arterial qonnikidan yuqoriroq 


O’quv qo’llanma 
10 
bo‘ladi, bunga sabab venoz qonda eritrotsitlar CO
2
saqlashi va diametri 
biroz katta bo’lishidadir. Depodan eritrotsitlarning chiqishi qon 
yopishqoqligini oshiradi. Plazmaning yopishqoqligi 1.8 - 2.2 dan 
oshmaydi. Inson oqsilni ko‘p iste’mol qilganda plazmaning, binobarin 
qonning, yopishqoqligi oshishi mumkin. 
Qonning osmotik bosimi
. Osmotik bosim deb, yarim o‘tkazgich 
parda orqali suyuq eritmadan quyuq eritmaga erituvchining (qon uchun 
suvni) o‘tishini ta’minlovchi kuch tushuniladi. Qonning osmotik bosimi 
krioskopik usulda-muzlash nuqtasini (depressiyasini) aniqlash orqali 
amalga oshiriladi. Qonning depressiyasi 0.56-0.58°Cga teng. Molyar 
(eritmada 2, suvda 1 gramm molekulyar modda erigan) eritmaning 
depressiyasi 1.86°C ga teng. Klapeyron tenglamasi yordamida inson qoni 
osmotik bosimi 7.6 atm. ga teng ekanligini aniqlash mumkin. Qonning 
osmotik bosimi unda erigan mayda molekulali moddalarning miqdoriga 
bog‘liq. Qon osmotik bosimining 60% qismi NaCl hisobiga hosil bo‘ladi. 
Qon, limfa, to‘qima suyuqligi va to‘qimalarda osmotik bosim deyarli bir 
xil bo‘ladi va o‘zgarmaydi. Qonga ko‘p miqdorda tuz va suv tushganda 
ham osmotik bosimning kattaligi kam o'zgaradi. Qonga tushgan ortiqcha 
suv buyrak orqali tezda chiqarib yuboriladi, bir qismi to‘qima va 
hujayraga o‘tkaziladi, natijada osmotik bosim dastlabki holatga qaytadi. 
Agar qonda tuz miqdori ortsa, to‘qimadan suv qonga o‘tadi, buyrak orqali 
tuzlani chiqarib yuborilishi kuchayadi. Oqsil, yog' va karbon suvlarning 
hazm tizimidan qon va limfaga so’rilishi, shuningdek, hujayra metaboliz-
mida hosil bo’lgan mayda molekulali moddalarning qonga tushishi 
osmotik bosimni ma’lum darajada o‘zgartirishi mumkin. Osmotik 
bosimning qondagi doimiyligini saqlanishi hujayralar hayot faoliyati 
uchun katta ahamiyatga ega. Osmotik bosim nisbiy turg‘unligida 
hujayralar faoliyat ko‘rsata oladilar. Agar eritrotsit qonning osmotik 
bosimiga teng (izotonik) eritmaga solib qo‘yilsa, unda hech qanday 
o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Osmotik bosimi qonnikidan yuqori 
(gipertonik) eritmaga solib qo‘yilsa, eritrotsit bujmayib qoladi. Aksincha, 
osmotik bosimi qonnikidan past (gipotonik) eritmaga solib qo‘yilsa, 
eritrotsit shishib, yorilib ketishi mumkin. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish