Samarqand davlat Universiteti dotsenti Aktam Samadov va 3-bosqich talabasi Gulchehra Qodirovaning'' Mutolaa madaniyatini shakllantirish va targ‘ibot qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi maqolasiga taqriz



Download 11,41 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi11,41 Kb.
#922001
Bog'liq
Qosimova Muslima. Taqriz


Samarqand davlat Universiteti dotsenti Aktam Samadov va 3-bosqich talabasi Gulchehra Qodirovaning'' Mutolaa madaniyatini shakllantirish va targ‘ibot qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi maqolasiga
TAQRIZ
Hozirgi kunda shitob bilan yoyilayotgan ''ommaviy madaniyat ta'siridan yoshlarni asrashning yagona yo‘li - bu kitob mutolaasi, mutolaaga targ‘ib etish muhim ahamiyatga egadir. Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, bilim, so‘z boyligini orttirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish muhim masalalardan biri. Shuningdek, mutolaaga targ‘ib avvalo oiladan, ota-ona yo‘naltirishi asnosida bo‘lishini ham unutmasligimiz lozim.
Ushbu maqola kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar kabi ichki tuzilishga ega. Maqolaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi yoritilgan.
Maqolaning asosiy qismida ta'lim muassasalarida axborot-resurs markazlarini tashkil etish to‘g‘risida bir qancha vazifalar qo‘yilganligi bayon etilgan, shu bilan birga mamlakatimizda kitob o‘qishga targ‘ib etishdagi kamchiliklarni bartaraf etish borasida so‘z yuritilgan. Mutolaa madaniyatinining katta belgilaridan biri- kitobni to‘g‘ri tanlay bilish- ya'ni kitobxon o‘zi uchun eng zarur, uni ma'nan rivojlantiradigan kitobni tanlay bilishi lozim. Endilikda axborot-kutubxona muassasalarida qog‘oz va elektron shakldagi manbani o‘qish madaniyatini shakllantirishda har bir kitobxonning, umuman o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va o‘qish maqsadiga mos bilim olish manbasini u xoh qog‘oz, xoh elektron shaklda bo‘lsin tanlay olish va o‘qish qobiliyatini tarbiyalashga e’tiborni qaratish lozimligi ta'kidlangan. Kitob o‘qishning dunyo olimlari muvaffaqiyatlariga ta'siri borasida fikr yuritilgan.
Shuningdek, kitob mutolaasiga targ‘ib etish reklamalarida - internet tezligining ahamiyatli ekanligi qayd etilgan. Kitob mutolaasi tarixiga nazar tashlash orqali uzoq tariximiz mutafakkirlarining yurtimiz Renessansiga ta'siri va kitobxonlik madaniyati jahon madaniyati bilan taqqoslangan.
Maqolaning yutuqli tarafi, xulosa qismida kitob o‘qishga targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini shakllantirishga doir muhim ahamiyatga molik takliflar berib o‘tilgan.
Maqolada muayyan kamchiliklar ko‘zga tashlanadi:

  1. Maqola mavzusi to‘la-to‘kis ochib berilmagan.

  2. Mavzuga aloqador sabablar to‘liq yoritilmagan.

Mazkur kamchiliklar maqolaning saviyasiga jiddiy putur yetkazmaydi. Muhimi maqolada muammoga mustaqil tarzda yechim berishga harakat qilingan.
Shundan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, Aktam Samadov va Gulchehra Qodirovaning “Mutolaa madaniyatini shakllantirish va targ‘ibot qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi maqolasi barcha talablarga javob beradi. Maqolani ijobiy baholayman.
Taqrizchi 305-guruh talabasi Qosimova Muslima
Download 11,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish