Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/52
Sana20.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#460870
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
GEOGRAFIYA FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZISH METODIKASI

Tog`-vodiy shamoli
— tog`li ulkalarda tunda tog yonbag`ri va vodiy bo`ylab 
pastga tomon, kunduzi esa vodiy va yonbag`ir bo`ylab yuqori tomon esuvchi 
shamol. T. v. sh. havoning tog`lar bilam atrofdagi tekisliklarda va vodiy tagi: bilan 
yoybag`irda turli darajada: isishi hamda tunda tog`larda va yonbag`rida tez sovib 
ketishi natijasida bir xil balandlikda havo bosimida tafovut vujudga kelishi 
oqibatida hosil bo`ladi. 
Tog` daryosi
— tog`lardagi muz, qor va buloq suvlaridan boshlanib, 
shovullab tez oqadigan daryolar. Tog` daryolarida ostona va sharsharalar ko`p 
bo`ladi. Ko`pincha tor vodiylar, daralarda oqadi. M., Piskom, CHotqol, Ugom va b. 
Tog` muzliklari
— tog`larning qor chegarasidan yuqorida qor to`p-lanib, 
zichlashib hosil bo`lgan muzliklar. Ko`pincha vodiylarda, cho`qqilar atrofida, 
yonbag`irlarda bo`ladi. Qor chegarasidan pastga ham siljib tushadi. Eng katta T. m. 
Alyaskadagi Bering, Pomirdagi Fedchenko muzliklari (77 km ga cho`zilgan). 
Tropik mintaqalar
— Yer sharidagi ikkita tabiat mintaqasi. SHimoliy va 
janubiy yarimsharlarda, taxminan 20° va 30° kengliklar orasida joylashgan. Harorat 
yuqori — oylik o`rtacha harorat 10° dan ortiq, passat esib turganidan yog`in kam 


67 
— yiliga 50—200 mm (materiklarning sharqiy tog`li qismlarida 1000—2000 mm) 
yog`in yog`adi. Quruqlikda cho`llar va chala cho`llar, sernamroq joylarda 
savannalar va o`rmon lar tarqalgan. 
Troposfera
(yunoncha 
tropos 
— o`zgarish, 
sfera
—shar)— atmos-feraning er 
yuzasiga yaqin eng quyi qismi. Troposferaning qa-linligi qutblarda 8—10 km, o`r-
tacha kengliklarda 10—12 km, ekvator atroflarida 16—18 km. Troposferadagn 
havo asosan yer yuzasidai issiq oladi. Havo harorati troposferaning ustki 
chegarasida qutbda —55° S, ekvator yaqinida —80° S. Atmosferadagi butun havo 
massasining 4/5 qismidan ko`prog`i va suv bug`ining deyarli hammasi shu 
troposferada to`plangan. Troposferada havo gorizontal va vertikal harakat qilib, 
bulutlar paydo bo`ladi va yog`in yog`adi. 
Tundra
(fincha «
tunturi
» — o`rmonsiz yalpang qir)— subarktika 
mintaqasidagi tabiat zonasi. T. shimolda arktika muz sahrolari zonasi bilan, 
janubdy o`rmonli tundra zonasi bilan chegaradosh. T. iqlimi sovuq: qish qattiq 
bo`lib, 8—9 oy davom eta di, yoz qisqa va salqin. Iyul oyining o`rtacha harorati 
10° S dan oshmaydi. Vegetatsiya davri 50—100 kun. Tekisliklarda 150—300 mm, 
tog`larda 500 mm gacha yog`in yog`adi. Qor qoplami yupqa. YOzda tuproqning 
0,5—1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi, T. da botqoqliklar va ko`llar ko`p. 
Asosiy o`simlikla-ri — bug`u yo`sini, lishaynik, past, bo`yli o`tlar, butalar va chala 
butalar. Hayvonlardan shimol bug`usi, buri, lemming, oq tulki, qo`chqor; 
qushlardan oq kaklik, tundra kakligi uchraydi, suvlarda baliq ko`p. YOzda har xil 
qushlar uchib keladi. Aholining asosiy mashg`uloti — bug`uchilik, baliq tutish, 
ovchilik. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish