Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 0,96 Mb.
bet7/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

1-mavzu. JAMIYAT VA IQTISOD


REJA

  1. Jamiyat tushunchasi

  2. Jamiyat belgilari

  3. Jamiyatning iqtisodiy sohasi

  4. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi

  5. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar

  6. Iqtisodiyot va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi

Mustaqillik yillarida jamiyatimiz siyosati, iqtisodiy va ma’naviy hayotida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni o‘rganish, ularning natijalarini sarhisob qilish, to‘plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vaziyat tahlilini berish shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.


Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga huquqiy davlat qurish maqsadini qo‘yganligini e’lon qildi. Lekin, bu bir zumda va o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi, albatta. Ma’muriy byurokratik tizimning emirilishi mustaqil O‘zbekistonning jahon maydoniga chiqishi, bozor iqtisodiyoti munosabatlari tarkib topa borishi ham bu masalani dolzarb qilib qo‘ydi. Biz istiqlol tufayli o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldik.
O‘zbekiston tinch parlament yo‘li bilan o‘zining haqiqiy milliy davlatchiligini barpo etish huquqiga erishdi. Mustaqil O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos davlat-huquqiy yo‘li tanlab olindi. Davlat qurilishi sohasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo‘q. Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat yo‘q. Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilidir. Uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir.
Jamiyat – bu odamlar birlashuvining hamma shakllari va ularning o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarining hamma usullari majmuidir. Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o‘z tuzilishi, strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat bir butun bo‘lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas.
Jamiyat tushunchasining eng oddiy ta’rifi bu – kishilarni muayyan hudud va madaniyat asosida birlashtiradigan guruhdir. jamiyat bu nafaqat kishilarni birlashtirgan guruhlar va ularning madaniyati, balki yana u kishilar va institutlar orasidagi munosabatlar tizimidir. Kishilik jamiyati madaniyatga egadir va madaniyat faqat qaerda jamiyat bo‘lsa, u o‘sha erda faoliyat ko‘rsatadi1.
Ma’lumki, insonlar bir-biridan alohida yashay olmaydilar. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra jamiyatning bir bo‘lagidir. Masalan, biron kechada birga ishtirok etayotgan do‘stlar, badiiy adabiyot ixlosmandlari, kitobsevarlar jamiyatlari va boshqalar shular jumlasidan. P.A.Sorokin ta’kidlaganidek, jamiyat tarkib topishi uchun kamida ikkita odam o‘zaro aloqada bo‘lishi kerak2.
Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo‘nalishda rivojlanib keldi.
Birinchi yo‘nalish: O.Kontdan boshlab, fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan va nemis olimlari M.Veber, F. Tyonnis va boshqalar, keyinchalik esa amerikaliklar: P.A.Sorokin, T.Parsons, R.Merton kabi sotsiologlarning ta’limotlarini o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishda sotsial tizim o‘zgarishi tashqi kuchlar ta’siri orqali tushuntirilib, ko‘proq psixologik omillarga e’tibor berilgan.
Ikkinchi yo‘nalish: materialistik sotsiologik ta’limot bo‘lib, unda sotsial tizim ichki ziddiyatlar asosida ichki kuch ta’siri orqali tushuntirilib, moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy e’tibor qaratilgan.
Umumiy qarashlar doirasida fikrlasak, jamiyat – bu odamlar jamoasi, guruhi va yig‘indisidir. Biroq, jamiyat shunchaki bir guruh odamlar jamoasi emas. Bu shunday guruhki, unda odamlar o‘zaro yaqin aloqada bo‘lib, uzviy va barqaror munosabatlarga kirishadi. Bundan kelib chiqadiki, jamiyat unda yashab turgan insonlarning umumiy tomonlarini o‘zida namoyon etadi.
Jamiyat deganda, muayyan tarixiy, madaniy, ijtimoiy va boshqa o‘ziga xos qirralari mavjud bo‘lgan makon tushuniladi. Jamiyatga aynan shunday ta’rif bergan amerikalik sotsiolog N.Smelzer jamiyatni ma’lum geografik chegaralari, qonunchilik tizimi, ma’lum bir milliy (sotsial-madaniy) qadriyatlarga ega bo‘lgan aholi, ya’ni odamlar birlashmasi3, deya qayd etadi.
Jamiyat – bevosita mamlakatning ijtimoiy tuzilishini o‘zida aks ettiradi va shuning uchun ham sotsiologiyada markaziy o‘rin egallaydi. SHunday qilib, sotsiologiyada sotsial tizim, jamiyat sifatida ijtimoiy shakllanish tarixi, o‘zaro aloqalari va munosabatlari umumiy bo‘lgan odamlar guruhi tushuniladi.
Hozirgi davrning taniqli faylasuflari R.Aron, D.Bell, P.Blau, A.Giddens, R.Darendorf, G.Zimmel, F. Znanetskiy, T.Kun, K.Levi-Stross, K. Manngeym, R. Merton, X.Ortega-i-Gasset, K.Popper, P.A.Sorokin, E.Fromm, K.YAspers va boshqalar jamiyat to‘g‘risidagi o‘ziga xos fikrlarini bildirganlar. Ko‘pchilik mutafakkirlar jamiyatning mohiyati bir yoki bir nechta asosiy prinsip orqali tushuntiradilar. Masalan, O.SHpannda bu prinsip – birbutunlik, O.Tofflerda – plyuralizm, U.Rostouda – bosqichma-bosqichlik, K.Popperda – ochiqlik, R.Mertonda – universallik. Lekin, masalaga jiddiy qarovchi faylasuflar hatto o‘zlarining prinsiplarini ham mutlaqlashtirmaydilar. Masalan, K.Popper ochiqlik prinsipi to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Ochiq jamiyatlar... hali mukammallikdan yiroqda..., balki avlodlarimiz bir necha yuz yillardan so‘ng axloqiy jihatdan bizdan ancha o‘tib ketsalar kerak. Bularning barchasi ro‘y berishi mumkin deb hisoblasam-da, shunga qaramay, yana qaytaraman: hozirgi davrda biz yashab turgan ochiq jamiyatlar – qachonlardir mavjud bo‘lgan jamiyatlarning eng yaxshisi, eng erkin va adolatlisi, o‘z-o‘zini tanqid qiluvchi va islohotlarni eng tez qabul qiluvchilardir»4.
Jamiyatning birinchi belgisi bu – sotsial aloqalar sodir bo‘ladigan hududdir. Hudud – bu individlar o‘rtasidagi munosabatlar shakllanib, rivojlanadigan kenglik asosidir. Jamiyatlarni bir-biridan farqlab turadigan yana bir muhim jihat – ichki o‘sib boruvchi sotsial munosabatlardir, o‘zaro muvofiqlashgan ijtimoiy faoliyat tizimidir.
E.Dyurkgeym jamiyatni bir yaxlit jamoa tasavvurlari, maqsadlari, his-tuyg‘ulari, dini umumiy bo‘lgan insonlar guruhi, deb ta’kidlaydi. Bu uyg‘unlikda jamoa ongi individ xudbinligiga qarama-qarshi holatda namoyon bo‘ladi5.
M.Veber esa bu uyg‘unlikni sotsial omillar bilan bog‘laydi6. T.Parsons va R.Merton ta’limotlarida: «Jamiyatda odamlarni ustqurmaviy me’yorlar, qadriyatlar, hayotiy faoliyatda amal qilinadigan barcha omillar birlashtiradi, – deyiladi. E.SHilz jamiyatni markaziy hokimiyat, hududiy yaxlitlik va markaziy boshqaruvga hamohang tushunchalar bilan bog‘liq tarzda o‘rganadi7.
Jamiyatning uchta o‘ziga xos belgisi bor. Bu sifatlar uning mustaqilligini belgilovchi, o‘zini o‘zi boshqarish darajasini bildiradi. Jamiyatning mustaqilligi uning a’zolariga o‘z ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat yaratib berishi, tor darajadagi kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishi, madaniyat, fan va boshqa sohalardagi yutuqlar bilan tanishishi, o‘z vazifalarini ado etishi uchun shart-sharoitlar yaratishida namoyon bo‘ladi. Bu imkoniyatlar insonlarga o‘z maqsadlariga erishishda yangilik va qulaylik yaratib beradi.
Jamiyatning to‘rtinchi farqli belgisi shuki, u muvofiqlashish xususiyatiga ega. Har bir yangi avlod jamiyatda ijtimoiy sharoitlarga muvofiq shakllanadi. Bu yo‘nalishda yangicha ijtimoiy ta’lim, turli me’yorlar institutsional tarzda rivojlanib boradi. SHu bilan bir vaqtda odamlarga azaldan urf bo‘lib qolgan an’analar, axloqiy me’yorlar ta’siri saqlab qolinadi.
Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o‘z tuzilishi, strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat birbutun bo‘lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas. Miloddan avval IV asrda yashagan xitoy faylasufi CHjuan-szi ta’kidlashicha, «nimaiki turli-tumanlikdan mahrum bo‘lsa, turli-tumanlik bo‘lgan joyda paydo bo‘ladi»8.
Antik davrda jamiyat strukturasi muammosiga ikki xil yondashuv shakllangan edi. Birinchi yondashuvga asosan, jamiyat – tegishli ichki strukturaga ega bo‘lgan tabiiy tuzilmadir. Ikkinchi qarashga asosan, jamiyat yashash va boshqarish oson bo‘lishi uchun sun’iy ravishda tizimga solingan. Birinchi nuqtai nazarni Arastu, Seneka, ikkinchisini – Aflotun, Epikur, Lukretsiy Kar qo‘llab quvvatlaganlar.
O‘rta asr SHarqida Arastuning qarashlari keng tarqalib, jamiyat strukturasining tabiiyligi tan olingan. YAngi davrda «ijtimoiy shartnoma» (bitim) nazariyasiga asoslangan ikkinchi nuqtai nazar keng tarqalgan. Unga ko‘ra odamlar «tabiiy holat»da mutlaq teng, ozod, o‘ziga to‘q bo‘lib, jamiyatning o‘zi esa, hech qanday strukturaga ega emas. Faqat ijtimoiy bitim tuzilgandan keyingina jamiyat strukturaga ega bo‘ladi. Bu holat J.–J. Russo (1712-1779) tomonidan yaqqol ko‘rsatib berilib, uning fikricha oliy hokimiyat – jamiyatning «boshi», qonun va urf-odatlar – «miyasi», savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi esa – hazm qilish tizimi, moliya esa – «qoni»dir va boshqalar9.
Ilmiy sotsiologiyaning asoschilaridan biri ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820-1903) har qanday jamiyatning asosida yotadigan uchta asosiy tizimni ajratgan: a) tartibga soluvchi; b) yashash vositalarini ishlab chiqaruvchi; v) bo‘lib beruvchi. Sotsium qancha rivojlangan bo‘lsa, uning tuzilishi shuncha murakkab bo‘ladi. «Bir xillikdan ko‘p xillikka o‘tish bir butun sivilizatsiya taraqqiyotida ham, har bir qabila taraqqiyotida ham kuzatiladi»10.
Turli falsafiy, sotsiologik maktablar va yo‘nalishlar jamiyat strukturasi to‘g‘risida o‘z variantlarini tavsiya etganlar. Ijtimoiy birbutunlikka kiruvchi mustaqil tizim va kichik tizim sifatida madaniyat (I.Gerder, O.SHpengler, K.YAspers), san’at (G.Lessing, I.Ten, J.M.Gyuyo), iqtisodiyot (N.Smelser, U.Mur, T.Veblen), din (E.Dyurkgeym, M.Veber, T.Lukman), shuningdek, fan, texnika, huquq, til, ekologiya, ommaviy axborot vositalari va boshqalar tavsiya qilingan edi.
Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy struktura konsepsiyalari etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Ulardan L.Altyusserning strukturalizmini, E.Giddensning strukturatsiya nazariyasini, P.Sorokinning stratifikatsiya konsepsiyasini, K.Levi-Strossning genetik antropologiyasini, Goldmanning irsiy strukturalizmini, R.Mertonning tuzilmali funksionalizmini aytib o‘tish mumkin11.
Vaqt o‘tishi bilan jamiyat tuzilmasida to‘rtta asosiy sohalar ajralib chiqdi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalar. SHuni ta’kidlash kerakki, «ijtimoiy hayot sohasi» tushunchasi o‘rniga «ijtimoiy struktura» yoki «siyosiy hayot» kabi tushunchalar ishlatiladi. Ularni sinonim tushunchalar desa ham bo‘ladi. Lekin, fanda ko‘proq «soha» tushunchasi qo‘llaniladi.
Iqtisodiy sohaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. U tor ma’noda «turli predmet va xizmat turlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilish» deb tushuniladi12. SHu ma’noda aytish mumkinki, «jamiyatning iqtisodiy soha»si tushunchasi «bazis» tushunchasiga mos keladi. Keng ma’noda esa iqtisodiy soha deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining birligi, shuningdek iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirlari yig‘indisi. O‘ta keng kategorial ma’noda sotsiumning iqtisodiy sohasi «tabiat bilan insonlar o‘rtasida individ va kishilar guruhining ongli faoliyati orqali o‘zaro aloqalarini» aks ettiradi13.
Iqtisodiy soha asosida insonning ishlab chiqarish va mehnat faoliyati yotadi. Uning zarurligi insonning ehtiyojlari hayvonning ehtiyojlaridan tubdan farqlanishi bilan belgilanadi. Inson rivojlanishi bilan tabiatdan ajraladi. Bu jarayonda esa, jamiyatning iqtisodiy sohasi taraqqiyoti muhim rol o‘ynaydi. «Xususiy mulk» tushunchasi iqtisodiy tushunchalarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Jamiyatning iqtisodiy sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari muhim tuzilmaviy qismlari hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar kishilar o‘rtasida ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va ne’matlarni iste’mol qilish jarayonlarida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlardir. Ishlab chiqarish kuchlariga moddiy ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan «sub’ektiv (inson) va moddiy (texnika va mehnat qurollari) elementlar tizimi kiradi»14.
Hatto eng yuqori darajadagi texnika va texnologiya rivojiga qaramay, baribir moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib qoladi. Fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi insonga, ishchiga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Hozirgi davrda ishchi nafaqat o‘zining malakali kasbi, hunariga ega bo‘lishi kerak, balki u doim o‘zining malakasini oshirib, bilimlarini chuqurlashtirib borishi kerak. Masalan, YAponiyada yaqin kelajakda umumiy, oliy ta’lim tizimiga o‘tish mo‘ljallangan, chunki ishchilarga nisbatan talablar kuchayib ketgan.
G‘arb ijtimoiy falsafasi (T.Parsons, N.Smelzer, U.Mur va b.) iqtisodiy hayotni tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq rollar va maqomlar tizimi sifatida ko‘rib chiqadi. Ko‘plab ijtimoiy falsafiy nazariyalar doirasida iqtisodiyot bazis, jamiyat asosi, fundamenti sifatida ko‘rilmaydi. Uning asosi sifatida madaniyat, sivilizatsiya, huquq, axloq, din va boshqalar qo‘yiladi. Iqtisodiy soha esa sotsiumning oddiy kichik tizimi sifatida yoki oddiy ijtimoiy institut (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari) bilan bir qatorda talqin qilinadi.
Jamiyatda iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega. Hozirgi zamonda sobiq sotsialistik jamiyatlarni isloh etishda «bozor munosabatlarini izchil rivojlantirishga o‘tish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulkning, shaxsiy faollikning xilma-xilligi» muhim elementlardan hisoblanishi bejiz emas15.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan boshqaruvga asoslangan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bozor munosabatlariga o‘tishning o‘z modeli, o‘ziga mos yo‘lini ishlab chiqqan. Bu yo‘lning bir qismini Respublika bosib o‘tdi. Islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994) yangi tuzumning poydevorini tayyorlash vazifasi hal etildi, yangi iqtisodiy tuzumning huquqiy asoslari yaratildi, aholi tomonidan tanlangan yo‘lning to‘g‘ri ekanligini tushunish, faqat bozor iqtisodiyotiga o‘tishgina kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni demokratlashtirishning, har bir shaxs uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishning asosi ekanligini tushuntirish vazifalari bajarildi. Odamlarning va xo‘jaliklarning yangi sharoitlarga sekin-asta moslashish jarayoni kuzatildi.
Keyingi bosqichda xususiy mulkchilik plyuralizmiga asoslangan ko‘pukladli iqtisodiyotni shaklllantirish vazifasi bajarilmoqda. Buni amalga oshirish uchun iqtisodni sekin-asta va bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, keyin esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi davlat mulkini aksiyalashtirish amalga oshirila boshladi. Qishloqlardagi xo‘jaliklarda ham keng miqyosda islohotlar olib borilmoqda16.
Islohotlarning bugungi bosqichida iktisodiyotning ko‘pukladli turi shakllanib bormoqda. Unga xususiy mulkchilikning turli shakllari plyuralizmi – davlat va nodavlat (xususiy, aksionerlik, jamoa, kooperativ mulki), shuningdek qishloq xo‘jaligining dehqon-fermer sektoridagi ijaraviy mulki ko‘proq xosdir. SHu bilan bir qatorda davlat hanuzgacha ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotmagan holda barqarorlik, himoya va adolat kafolati rolini o‘ynashda davom etmoqda. SHunga ko‘ra, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichi o‘zgarib borayotgan sharoitlarga to‘liq javob bera oladigan talab va prinsiplarni amalda qo‘llashni talab qiladi.
Mustaqil taraqqiyotning birinchi o‘n yilligi natijalari asosida islohotlarni chuqurlashtirish dasturi qabul qilingan edi. Unda iqtisodiyotni erkinlashtirishni davom ettirish va chuqurlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, iqtisodiyotda xususiy mulkchilik ta’sirini kuchaytirish, kichik va o‘rta biznes tadbirkorlariga erkinlik va imtiyozlarni ko‘paytirish kabilar nazarda tutilgan.
Bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari va turli xil xizmatlardan bahramand bo‘lishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur.
Kishilar bunday hayotiy vositalarga ega bo‘lishi uchun turli sohalarda faoliyat ko‘rsatadi. Insonning bu turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi17.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. SHuning uchun iqtisodiyot deganda uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushinilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik xususiy va jamoa xo‘jaliklari, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklari, moliya va bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, hamda ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lgan, juda murakkab organizm hisoblanadi.
Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hamda ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va turli darajadagi muassasalarning ma’lum darajada tartibga solingan tizimidir18. Boshqacha aytganda iqtisodiyot - bu zaruriy hayotiy ne’matlar yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi19.
Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiyot doirasida moddiy boyliklarni, ya’ni jamiyat uchun zarur bo‘lgan ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi. Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me’yorda, o‘zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa kengayib borish tartibida takrorlanadi20.
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ich bo‘g‘ini ishlab chiqarish jarayonidir. CHunki, hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Ikkinchi muhim bosqich taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari, tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi.
Ayirboshlash jarayoni yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa ya’ni – ayirboshlash jarayoni pul vositasida amalga oshiriladi.
Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste’molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi, va shu orqali ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi21. SHunday qilib, tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib uzluksiz yangilanib turadigan jarayondir.




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish