Samarqand davlat universiteti raqamli texnologyalari fakulteti amaliy matematika va informatika



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#813831
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
402-guruh (Kechki) talabasi Латех Жуманов



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGYALARI FAKULTETI 
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA 
YO’NALISH 
 
MAVZU:
 
LATEX DASTURINING IMKONIYATLARI. 
 
 
 
Bajardi: Arabov D 
 
Tekshirdi: Jumayev Z
Samarqand-2022 
MUSTAQIL 
ISH 


 
Mavzu: Latex dasturining imkoniyatlari. 
 
 
Reja: 
1.
 
Latex dasturini o’rnatish va sozlash 
2.
 
Latex dasturining imkoniyatlari
3.
 
Kiritiladigan fayl strukturasi
4.
 
Winedt haqida 
 
 


Latex dasturini o’rnatish va sozlash. 
Hozirgi kunda ilmiy maqolalar, matematikaga doir qo’llanmalar 
yaratishda juda ko’p matematik formulalar va turli xil obektlardan 
foydalanishga to’g’ri keladi. Bunday hujjatlarni yaratish uchun juda ko’p 
matn muharrirlari mavjud. Bunga Word matn muharririni misol keltirish 
mumkin. Word matn muharriri matematik formulalarni yozishda, turli xil 
obektlarni joylashtirishda juda katta imkoniyatga ega, lekin agar 
matematik formulalar, turli xil obyektlarni soni oshib borsa, yaratilgan 
hujjatlarni hajmini oshirib yuboradi va ularni qayta ishlashda 
qiyinchiliklarga uchrab qolish mumkin. Bundan tashqari yaratilgan hujjat 
hamma kompyuterlarga, yoki hamma sistemalarga to’g’ri kelmasligi 
mumkin. Masalan Wordda yaratilgan hujjatlar versiyasiga farq qilsa bir 
biriga to’g’ri kelmasligi mumkin yoki Mathtypeda yozilgan formulalar 
bo’lsa to bu dasturni o’rnatmasak bu hujjatlarni qayta ishlab bo’lmaydi. 
Biz yaratgan maqola, qo’llanma yoki boshqa hujjatlarni internet 
tarmog’ida ham qo’yishimiz mumkin, bundan hamma kompyuterlar 
foydalanishlari mumkin. Shuning uchun biz hujjatlarni shunday 
tayyorlashimiz kerakki undan barcha kompyuterlar turli xil bo’lishidan 
qatiy nazar foydalana olishlari kerak. Shularni hisobga olib yana bir dastur, 
Latex dasturi yaratildi. Latex dasturi juda ko’p imkoniyatlarga ega. Bu 
dasturni 
imkoniyatlari 
yuqoriligi, 
jurnallar, 
kitoblar 
tayyorlash 
imkoniyatlari juda yuqori sifatli ekanligini hisobga olib, hozirgi kunda chet 
ellarda ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni Latex dasturida yozib 
yuborishni talab qiladi. Latex dasturida tayyorlangan hujjatlarni hajmi juda 
kichik bo’ladi, shuning uchun ularni qayta ishlash tez amalgam oshadi. Bu 
dastur yordamida ilmiy maqolalar, kurs ishlarini, diplom ishlarini, 
dissertasiyalarni juda chiroyli qilib tayyorlash mumkin. Albatta bu dastur 
bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak 
va biror bir uslubiy qo’llanmadan foydalnishga to’g’ri keladi. Hozirgi 
kunda Latex dasturida ishlash bo’yicha deyarli o’zbek tilida adabiyotlar 


yetarli emas, rus tilida yoki ingliz tilida adabiyotlar juda ko’p. Shularni 
hisobga olib biz Latex dasturi bo’yicha 


o’zbek tilida kerakli malumotlarni to’plab uslubiy qo’llanma tayyorlashni maqsad 
qilib qo’ydik. 
Amerikalik taniqli matematik va dasturchi Donald Knuth tomonidan Tex 
dasturi yaratildi. Bu dasturni yaratishda Knut o’z oldiga shunday translyator 
yaratishni maqsad qilib qo’ydiki, u har xil kompyuterlarda bir xil ishlashi kerak edi. 
Leslie Lamport Tex bazasi asosida paketlardan foydalanib Latex dasturini yaratdi. 
Latex dasturi matematikaga doir ilmiy hujjatlarni juda yuqori darajada sifatli 
qilib tayyorlash uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Kitob, o’quv qo’llanma, 
ilmiy jurnallarni tayyorlashda ham juda katta imkoniyatlarga ega. Latexda yaratilgan 
hujjatlarni hajmi juda kichik bo’ladi va ularni qayta ishlash, tahrirlash amallarini 
juda tez bajarish mumkin. Latex dasturi juda ko’pchilik kompyuterlarga ishlaydi 
masalan IBM, Mac va boshqalar. Bundan tashqari juda ko’pchilik sistemalarga ham 
ishlaydi masalan Windows, Unix, VMS va boshqalarni misol keltirish mumkin. Bu 
dastur bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak. 
Shuning uchun biz birinchi bobni Latex dasturini o’rnatish va uning 
imkoniyatlaridan foydalanishga bag’ishladik. 
Latex dasturini o’rnatish uchun birinchi MikTex dasturini o’rnatamiz. 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish