Samarqand davlat universiteti voris ahrorov menejment va marketing


  1-MAVZU: MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/77
Sana18.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#824573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
33e6251e383d2a7e3c37cb88db94a0bb MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI


1-MAVZU: MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI 
FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA MUAMMOLARI 
 
Reja: 
1. Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o‘rni. 
2. Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari. 
3. Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari. 
4. Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. 
 
Tayanch iboralar: 
boshqaruv, maqsad, tashkiliy, rejalashtirish, 
nazorat, rag‘batlantirish, personal, tizim ichida, subordinatsiya
kordinatsiya. 
Dars o‘tish vositalari:
o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, 
ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Dars o‘tish usullari:
ma’ruza, muammoli ta’lim, aqliy hujum, blits-
so‘rov.

 
1. Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o‘rni. 
Boshqaruv haqida umumiy tushuncha.
Fanda boshqaruv 
tushunchasi tizimning o‘z hayot faoliyatini ta’minlash jarayoni sifatida 
tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy tuzilmalar 
kiradi. Boshqaruv tuzilma sifatida: boshqaruvchi va boshqariluvchi 
bo‘laklarga ajratiladi. Boshqaruv o‘z tasarrufidagi boshqariluvchi bo‘lakka 
muntazam, rejali va maqsadga yo‘nalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. 
Bunday o‘zaro faoliyat tizimning ishchanlik qobiliyatini ta’minlaydi. 
Boshqaruvdagi tadqiqotlar, kibernetika fani yuzaga kelishi tufayli jadal 
sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani boshqarishning ilmiy 
asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbiq etila boshlandi.
Boshqaruv bilimlari ko‘p jihatdan davr ehtiyojini aks ettiruvchi 
asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan
tuzilmaning yaxlitligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, uni yanada 
takomillashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Shu o‘rinda 
boshqaruvning ikki asosiy funksiyasi farqlanadi: maqsadga yo‘naltiruvchi 
va tashkiliy funksiyalar.
Maqsadga 
yo‘naltiruvchi 
funksiya 
tuzilmani 
yanada 
mukammallashtirish maqsadiga yo‘naltiradi. Tashkiliy funksiya esa 
tuzilmaning maqsadga erishishdagi ichki tartibi va uning turli qismlari 
o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlaydi.



Yuqoridagi asosiy ikki boshqaruv funksiyasi qator vazifalar orqali 
amalga oshadi. Masalan, maqsadga yo‘naltiruvchi funksiyani ado etishda 
faoliyat tarkibiga: 
- natijani prognozlash; 
- maqsad sari faoliyatni rejalash
- amalga oshirish motivasiyalari kiradi. 
Maqsadga yo‘nalgan faoliyatni amalga oshirish esa tashkiliy 
funksiyalar orqali ta’minlanadi. Bu sohadagi asosiy vazifalardan biri 
faoliyatni nazorat etish va kuchlarni safarbar etishdir. Umuman olganda 
nazoratni amalga oshirish boshqaruvning ikkala funksiyasi uchun ham 
umumiy bo‘lgan universal xususiyat bo‘lib, u boshqaruvning har qanday 
jarayonida doimiy qayta aloqani ta’minlab turadi. Boshqaruv fanidagi 
asosiy tushunchalardan biri qayta aloqa tushunchasi bo‘lib, bu ibora 
tuzilmaning o‘z maqsadi sari intilishi qay yo‘sinda ketayotgani va qanday 
jihatlarni o‘zgartirish, yanada mukammallashtirish haqida ma’lumot 
olishni anglatadi.
Yuqorida qayd etilgan boshqaruvning ikki asosiy funksiyasini 
alohida talqin etish juda shartli bo‘lib, aslida ular ajralmas va yagona 
jarayonlardir.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish