Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi



Download 0,95 Mb.
bet8/84
Sana22.04.2022
Hajmi0,95 Mb.
#571534
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
мажмуа 21-22

Savol va topshiriqlar

  1. Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimadan iborat?

  2. Marketingning ko‘p sonli ta’rif va tushunchalarida qanday umumiylik mavjud?

  3. Marketingni o‘rganish zaruriyatining asosiy sabablari nimada?

  4. “Marketing – har qanday tashkilotga beriladigan tafakkur va harakat tizimidir” – deydi professor J.J.Lamben. Buni tushuntiring.

  5. Marketing kompleksi o‘z ichiga qaysi elementlarni oladi?

  6. Marketing maqsadi nimani ko‘zlaydi?

  7. Marketingning asosiy vazifalarini sanab bering?

  8. Tadbirkorlikda marketingning o‘rni nimadan iborat?



2-MA’RUZA: MARKETING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI (2-soat)


Reja:
1. Marketingni asosiy tamoyillari.
2. Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni.



  1. Marketingni asosiy tamoyillari.

Marketing tamoyillari uning g‘oyaviy yo‘nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste’molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog‘liq. Bu yondashuv o‘z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:
- iste’molchiga yo‘naltirilganlik;
- talabni prognozlash va shakllantirish;
- qarorlarning kompleksliligi va ko‘p variantliligi;
- qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg‘u berish va holatlarni boshqarish;
- istiqbolga yo‘naltirilganlik;
- dasturlimaqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to‘plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to‘liq iste’molchiga yo‘naltirilish - albatta mavjud bo‘ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo‘lishi va shakllanishini belgilab beradi.
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
 iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa o‘shani ishlab chiqarish kerak;
 bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;
 tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‘ng tashkil etish kerak;
 firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga konsentrlashganini kuchaytirish;
 marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
 tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash;
 korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish;
 tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
 tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
 talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish;
 tovar bozori yoki firma imiji (obro‘yi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iborat.




  1. Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish