Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

ikkinchi  bosqichini 
boshlab  berdi.  Natijada  Buyuk  Ipak 
yoiidagi  shaharlar va turistik  manzillar ro‘yxatga  olindi,  Imom  al- 
Buxoriy,  Bahouddin  Naqshband,  Abduholiq  Gijduvoniy,  Ahmad 
al-Farg‘oniy,  Imom  al-Motrudiy,  Mahmudi  A ’zam,  Hakim  at-Ter- 
miziy,  Hazrati  Imom,  Shayx  Shamsiddin  Kulol,  Burxoniddin  Mar- 
giloniy,  Buxorodagi Chor Bakr kabi allomalarimizning maqbaralari 
ta’mirlandi  va  ziyoratgoh  majmualarga  aylantirildi.  1998-yildan 
boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda “Buyuk Ipak y o iid a 
turizm”  nomli  Xalqaro  turizm  yarmarkasi  tashkil  etila  boshlandi, 
mehmonxonalardagi  xalqaro talablarga javob  beruvchi o'rinlar  soni 
4,8  barobarga  ko‘paytirildi.  Bu  bosqichda  0 ‘zbekistonning  turizm 
sohasida quyidagi muhim masalalari amalga oshirildi:
-  davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni;
-  yangi xorijiy investorlami jalb qilish;
-  tashqi bozorlarga chiqishning yangi yoilarini izlash, xalqaro 
ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva);
-  turistik  korxonalar  va  sayohatchilaming  manfaatlarini  himo- 
yalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi;
-  turistik yo‘nalishlaming jozibadorligini  ta’minlash,  mahsulot- 
ning  ekologik  talablarini  kuchaytirish,  yangi  hududlarni  turistik 
diqqatga sazovor joylar sifatida ochish;
-  0 ‘zbekiston  mehmonxonalarini  boshqarishda  xorijiy  menej- 
mentni qoilash;
-  kichik xususiy mehmonxonalar tarm ogini kengaytirish;
-  turizm  sohasida  mutaxassislami  tayyorlash  (o‘rta  maxsus 
hamda oliy ta iim  bosqichida);
-  xorijiy tajribaiami o'rganish;
-   ilmiy loyihalar tayyorlash;
-   BTT  tadqiqot  guruhining  0 ‘zbekistonga kelishi  va  «Turizm 
to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar;
5http//www.  lex.uz
11


-  
turfirmalaming  nodavlat  va  korporativ  tashkilotlar  «Ustoz», 
«Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Turizm  sohasidagi  islohotlarning  uchinchi  bosqichida,  1999- 
yil  15-aprelda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «2005-yil­
gacha  bo‘lgan  davrda  0 ‘zbekistonda  turizmni  rivojlantirish  davlat 
dasturi  to‘g‘risida»gi  Farmoni  e ’lon  qilindi,  shu  yilning  20-av- 
gustida  esa  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan 
«Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul  qilindi.  Buning asosida turizm 
sohasidagi  bozor  munosabatlari  uzil-kesil  yo‘lga  qo‘yildi  hamda 
xalqaro  bozorda  raqobatbardosh  turistik  mahsulot  yaratila  bosh­
landi,  turizm  tizimini  boshqarishning  markazlashtirilishiga  chek 
qo‘yildi.  Ko‘pchilik  turistik  obyektlar  o‘zlarini  mustaqil  ravishda 
boshqara  boshladi,  xizmatlar  bozorida  raqobatlasha  olmaydigan 
korxonalar  yopilib,  ular  o‘miga  samarali  ishlovchi  yangi  xususiy 
korxonalar tashkil etildi.
2000-yildan  boshlab,  respublikamiz  turizm  sohasi  yuqori 
sur’atlar  bilan  rivojlana  boshladi.  Turizm  sohasidan  olinayotgan 
daromadlar  yiliga  20  va  undan  ortiq  foizlarda  o ‘sa  boshladi.  2001- 
yilning  oxirida  Afg‘onistondagi  tolibonlarga  qarshi  harakatlarning 
boshlanishi  o‘lkamizga  kelayotgan  turistlar  oqimini  ikki  yil  davo­
mida  ancha  kamaytirib  yuborganidan  so‘ng,  2003-yilning  ikkinchi 
yarmiga  kelib,  o‘lkamiz  turizmi  yana  o‘zini  o‘nglab  oldi.  Sharqiy 
Osiyoda  o'tgan  yillarda  tarqalgan  odatdan  tashqari,  pnevmoniya 
(SARS)  va  parranda  grippi  kabi  kasalliklar  0 ‘zbekiston  turizmiga 
2001-yil  11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.
Turizm  sohasidagi  islohotlarning  to ‘rtinchi  bosqichi  2000- 
yildan  boshlangan  bo‘lib,  2017-yiIgacha  davom  etdi.  Bu  davrda 
xususiy  turistik  tashkilotlar  assotsiatsiyasiga  va  tashkil  etiladigan 
boshqa  turistik  assotsiatsiyalarga  asos  qo‘yildi  (Gid-tarjimonlar 
assotsiatsiyasi,  Mehmonxona egalari  assotsiatsiyasi,  Transportchilar 
assotsiatsiyasi)  va  « 0 ‘zbekturizm»  Milliy  kompaniyasining  bir 
qator  vakolatlarini  o ‘tkazish  ustida  izlanishlar  olib  borildi.  Bu 
oMkamiz  turizm  xizmatlar  bozorida  faoliyat  yurituvchi  korxona- 
laming yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi.
Turizm  sohasi bo‘yicha 2014-yilda xalqaro  anjuman Birlashgan 
millatlar  tashkiloti  (BMT)  Butunjahon  turizm  tashkiloti  Ijroiya 
kengashining  99-sessiyasining  aynan  Samarqand  shahrida  bo‘lib
12


o ‘tishi ham bejiz emas. Bunga barcha asoslar mavjud  bo‘lib, hozirgi 
paytda butun dunyoda «Samarqand  Deklaratsiyasi»  deb tan  olingan 
hujjatni qabul qilgan Butunjahon turizm tashkilotining Samarqandda 
bo‘lib  o‘tgan  kengashida  (1994-yil  5-oktabr)  shahar  bir  ovozdan 
«Ipak yo‘lining yuragi» deb e’tibor etilgan edi.
Samarqand  shahri  2014-yiIda  AQSHning  mashhur  “The  Huf- 
fmgton Post”  internet nashri  tomonidan  e’lon  qilingan  reytingga mu­
vofiq,  sayyoramizning turistlar borib ko‘rishi  lozim bo‘lgan  50 ta eng 
go‘zal  shaharlari  qatoridan  o‘rin  oldi.  E’tiborlisi,  MDH  davlatlari 
shaharlaridan ushbu ro‘yxatga faqat Samarqand shahri kiritilgan6.
0 ‘zbekistondagi  turizm  sohasining  2008-2017-yillar  davomi- 
dagi  rivojlanish  dinamikasi  0 ‘zbekiston  Davlat  statistika  qo‘mitasi 
m a’Iumotlarida aks etgan (1.2.1  -   1.2.3 - rasmlar).
S.2.1-rasm. 0 ‘zbekiston Respubiikasida 2005-2017-yiIIardagi 
turistik xizmatlar hajmi (mlrd. so‘m).
1.2.1  -   1.2.3-rasmlarda  berilgan  ma’lumotlar  bo‘yicha  0 ‘zbe- 
kistondagi turizm sohasi muntazam ravishda o‘sish sur’atlarini ko‘r- 
satmoqda.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.  Mirziyoyevning 
2016-yil  2-dekabrdagi  “0 ‘zbekiston  Respublikasining  turizm  soha­
sini  jadal  rivojlantirishni  ta’minlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 
qabul  qilgan  Farmoni  tarixiy  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  iqtisodiyotda 
birinchi  marotaba  turizm  sohasiga  strategik  sektor  maqomi  berildi,
6Dunyoda-elliktadan biri //XXI asr. 2014 y., 24-iyul, X«29 (557).
13


natijada  0 ‘zbekistonda  turizmning  xorijiy  hamda  ichki  turistlarga 
xizmat  ko‘rsatuvchi  turdosh  sohalari  va  tarmoqlarining  rivojlani- 
shini  ta’minlashda milliy  turizm   sohasining yangi  beshinchi  bos­
qichi boshlandi.
1.2.2-rasm. 0 ‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarga xizmat 
ko‘rsatishning 2005-2017-yilIardagi ko‘rsatkichlari7 (ming kishi).
1.2.3-rasm. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga 
chiqishiarining 2005-2017-yilIardagi ko‘rsatkichlari8 (ming kishi).
70 ‘zbekislon Davlat statistika qo'mitasinmg raa’lumotlari asosida tiraldi.
“O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasining ma’lumotlari asosida tuzitdi.
14


Farrnonda quyidagi lar o‘rta muddatli istiqbolda turizm sohasi­
dagi  davlat siyosatining maqsadli vazifalari va  ustuvor yo‘nalishlari 
etib belgilandi:
-  turizmni rivojiantirishning yaxlit konsepsiyasini shakliantirish 
va  izchil  amalga oshirish, turizmga  iqtisodiyotning strategik  sektori 
maqomini  berish, ushbu  sohani  barcha hududlami  va o‘zaro bog‘liq 
tarmoqlami  kompleks  ravishda  jadal  rivojiantirishning  yetakchi 
kuchiga  aylanishi  lozim  bo‘lgan  iqtisodiyotni  diversifikatsiyalash, 
tarkibiy  o'zgartirish  va  barqaror  rivojlanishning  qudratli  vositasiga 
aylantirish,  yaratiladigan  yalpi  ichki  mahsulotda,  mahalliy  budjet 
daromadlarida  turizmning  ulushini  ko‘paytirish,  ish  bilan  bandlikni 
ta’minlash,  aholining  turmush  darajasi  va  sifatini  oshirish  bo‘yicha 
tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-  turizm  industriyasi  subyektlari  faoliyati  uchun  qulay  shart- 
sharoitlami  shakllantirishga  yo‘naltirilgan  turizm  faoliyati  sohasi­
dagi  qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomil­
lashtirish,  turizmning  rivojlanishidagi  barcha  to‘siq  va  g ‘ovlarga 
barham  berish,  viza  va  ro‘yxatdan  o‘tkazish  tartib-tamoyillarini, 
pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat 
tomonidan  boshqarish  va  bozorga  xos  tarzda  tartibga  solish  mexa- 
nizmini  maqbullashtirish,  turizm  sohasida  tadbirkorlik  faolligini 
rag‘batlantirish  va  turizm  xizmatlari  bozorida  raqobatni  rivojian­
tirish  bo‘yicha  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish,  turizm  sohasida 
statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish;
-  turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng aw alo, turistlar joy- 
lashtiriladigan joylarda,  ovqatlanish  punktlarida,  respublika  hududi 
bo ‘ у lab  harakatlanishda,  turizm  obyektlariga  tashriflami  uyushti- 
rishda turistlar va ekskursantlaming hayoti va sog‘lig‘i, xavfsizligini 
ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-  mamlakatda turizmni jadal rivojiantirish, mavjud ulkan turizm 
salohiyatidan  yanada to ‘liq  va  samarali  foydalanish,  an’anaviy  ma- 
daniy-tarixiy  turizm  bilan  birgalikda  turizmning  boshqa  salohiyatli 
turlarini  -  ziyorat  qilish,  ekologik,  ma’rifiy,  etnografik,  gastronomik, 
sport,  davolash-sog‘lomlashtirish,  qishloq,  sanoat,  ishbilarmonlik 
turizmi  va boshqa turlarini jadal  rivojiantirish, bolalar,  o‘smirlar va 
yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni 
rivojiantirish hisobiga turizmning ijtimoiy  ahamiyatini kuchaytirish,
15


hududlarda  yangi  turizm  yo4nalishlapm  tashkil  etish,  ulami  pas- 
portlashtirish,  turizm  yo‘nalishlari  va  turizm  obyektlari  bo‘yicha 
yagona milliy reestrlami  shakllantirishga yo‘naltirilgan  ichki,  kirish 
va  chiqish  turizmini  kompleks  rivojlantirishning  milliy  va  hududiy 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-  turizm  faoliyati  sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi  nav- 
batda,  BMTning  Butunjahon  turizm  tashkiloti  (UNWTO),  xorijiy 
mamlakatlaming  turizm  bo‘yicha  nufuzli  xalqaro  va  milliy  tash- 
kilotlari -  turizm  xizmatlari  mintaqaviy va jahon bozorlarining faol 
ishtirokchilari  bilan  hamkorlikni  kengaytirish,  0 ‘zbekistonning 
turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va 
bitimlardagi  ishtiroki,  turizm  faoliyati  amaliyotiga  xalqaro  va 
davlatlararo standartlar va normalami joriy etish;
-  respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon  stan- 
dartlariga,  turistlaming  ehtiyojlari  va  talablariga  javob  beradigan 
turizm  industriyasi  obyektlarini  -   mehmonxonalami  va  joylashti- 
rishning  shu  kabi  vositalarini,  umumiy  ovqatlanish  obyektlarini, 
transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va 
sport  muassasalarini jadal  rivojlantirish,  asosiy  turizm  yo‘nalishlari 
bo‘yicha  yo‘1-transport  va  muhandislik-kommunikatsiya  infratuzil- 
masini,  yo‘lbo‘yi  infratuzilmasini  jadal  qurish  va  rekonstruksiya 
qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlami keng jalb etish;
-   xalqaro  turizm  rivojlanishi  tendensiyalarini  va  zamonaviy 
marketing  vositalari  qo‘llanilishim  hisobga  olgan  holda,  raqobat- 
bardosh  turizm  mahsulotlari  va  xizmatlarini  ishlab  chiqish,  ulami 
ichki  va  xalqaro  turizm  bozorlarida  targ‘ibot  qilish  bo'yicha  stra- 
tegiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va 
rivojlantirish,  keng  reklama-axborot  faoliyatini  amalga  oshirish, 
mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari  va chet elda turizm 
vakolatxonalari ochish, internet tarmog‘idan faol foydalanish, har yili 
Toshkent  xalqaro  turizm  yarmarkasini  o‘tkazish  yo‘li  bilan  turizm 
sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish;
-   turizm  tarmog‘i  uchun,  ayniqsa,  menejment  va  marketing 
sohasida  malakali  kadrlami  sifatli  tayyorlash  tizimini  tubdan  tako­
millashtirish,  gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm fao­
liyati  subyektlari  xodimlarini  muntazam  ravishda  qayta  tayyorlash 
va malakasini oshirish.
16


Milliy turizm sohasining yangi beshinchi bosqichi 2017-2021- 
yillarda 
0 ‘zbekiston  Respublikasini  rivojiantirishning  beshta  ustu- 
vor  yo‘nalishlari  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasining  iqtisodiyotni 
rivojiantirish  va  liberallashtirishda  turizm  sohasini  rivojiantirish 
ustuvor yo‘nalishlaridan biriga kiritilishi bilan boshlandi,  Harakatlar 
strategiyasi  turizm  sohasini  isloh  qilishda  farmonda  belgilangan 
o‘rta  muddatli  istiqbolda  amalga  oshiriladigan  masalalarga  alohida 
e’tibor berishni talab qiladi.
Bosqichlarga e’tibor berilsa,  mamlakatimizda turizmni  rivojlan­
tirishga  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq  asosiy  davlat  siyo­
satining  ustuvor yo‘nalishi  sifatida  qaralmoqda.  Turizm  sohasining 
rivoji  uchun  barcha  zaruriy  tashkiliy-huquqiy  mexanizm  vujudga 
keltirilgan  bo‘lib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, jumladan, 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  qonuni,  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  turizmga  oid  qator  Farmonlari,  res­
publika  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari,  Adliya  vazirligining  va 
boshqa  mutasaddi  davlat  idoralarining  yo‘riqnoma,  ko‘rsatma  va 
tartiblari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
0 ‘zbekistonda  kelgusida  turizmni  rivojiantirish  vazifalarini 
samarali  amalga  oshirish  va  xorijiy  hamda  ichki  turistlarga  xizmat 
ко‘rsatuvchi  turdosh  sohalar  va  tarmoqlar  rivojlanishi  uchun 
vertikal  diversifikatsiya  asosida  milliy  turizm  xizmat  bozorini 
innovatsion  rivojiantirish  strategiyasini  amalga  oshirish  yo‘li  bilan 
qulay  sharoit  yaratishda  turistik  xizmatlar  hajmining  bashorat 
ko‘rsatkichlari bir me’yorda, muntazam o‘sishdan dalolat beradi..

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish