Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Halokatlar tibbiyoti xizmati (XTX)ni tashkil etish



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Halokatlar tibbiyoti xizmati (XTX)ni tashkil etish, 
uning vazifalari
Favqulodda  vaziyatlarda   jabrlanganlarning   shoshilinch   tibbiy 
yordam (ShTYo)ga ehtiyoji bilan mavjud sog’liqni saqlash muassasalari 
tomonidan beriladigan yordam-imkoniyati o’rtasida nomutanosiblik paydo 
bo’ladi.   Shu   nuqtai   nazardan   «Halokatlar   tibbiyoti»   xizmati   (XTX)   bu 
shoshilinch   tibbiy   yordam   zarurati   bilan   amaldagi   tibbiy   ta’minot 
imkoniyatlari o’rtasidagi nomutanosiblikni barcha sog’liqni saqlash tizimi 
pog’onalarida tuzatishga qaratilgan tibbiyotning yangi sohasi yo’nalishidir. 
Uning bosh vazifasi va maqsadi shikastlanganlarni iloji boricha ko’proq 
qutqarishdir. XTX ni ilmiy xususiyatli vazifalari:
169


- jabrlangan aholiga birinchi yordamni rejalashtirish, boshqarish va 
uning texnologiyasi, nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslarini ishlab chiqish;
- tibbiy saralash o’tkazish;
-   tibbiyot   mutaxassislariga   aholiga   halokatlar   sodir   bo’lgandagi 
tibbiy   yordam   usullari   va   ko’nikmalarini   o’rgatishni   rejalashtirish   va 
tashkil etish;
XTX ni amaliy xususiyatli asosiy vazifalari:
- FV da jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini tashkil 
etish, bu xizmatning kuchlari va vositalarini rejalashtirish va shakllantirish;
- shoshilinch tibbiy yordam xizmati kuchlari va vositalari operativ 
shayligini oshirish va ularni boshqarishning takomillashtirish;
-   halokatlar   oldini   oladigan   tibbiy   tadbirlarni   rejalashtirish   va 
amalga oshirish;
-  FV   da   tibbiy   yordam  usullari   shu   xizmatning   mutaxassislariga 
o’rgatish;
- kuch va vositalarni hisobga olish va tahlil qilish.
Jarohatlanganda  organizmda paydo bo’ladigan patologik jarayonni 
bir xil tushunish, davolash taktikasiga bir xil qarash, evakuasiyaning turli 
bosqichlarida   tibbiy   tadbirlarning   o’z   vaqtida,   izchil   va   birin-ketin 
o’tkazishini ta’minlash, tibbiy yordamning xususiyatlarini aniqlash uchun 
hamma   bosqichlarda   to’liq   tibbiy   saralash   o’tkazish,   keyin   evakuasiya 
qilish imkoniyatining beradigan tibbiy hujjatlarning  mavjud bo’lishi XTX 
konsepsiyasining asosini  tashkil etadi.
Ommaviy shikastlanish vaqtida tibbiy yordam berishni tashkil etish 
quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
170


- shikast o’chog’larini tibbiy razvedka qilish;
- jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;
- jabrlanganlarni saralash;
- jabrlanganlarni evakuasiya qilish;
- tibbiy yordam berish va davolash.
Shikast o’chog’larini tibbiy razvedka qilish uchun aholi soni, tibbiy 
xizmat kuchlari va vositalarining qanchaligi, yer yuzasini past-balandligi, 
yo’llar, suv manba’larining mavjudligi va ahvoli haqida ma’lumotga ega 
bo’lishi zarur.
Jabrlanganlarni  qidirib topish va qutqarish vazifasini o’t o’chirish 
komandalari,   milisiya   harbiy   qismlarining   xodimlari,   shuningdek 
velonterlar, ya’ni jamoatchilik asosida o’z xohishlari bilan ishtirok etuvchi 
mard fidoiylar, yaqin kishilar, qarindoshlar bajaradilar.
Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatining asosiy vazifasi bo’lib, u 
tibbiy yordam hajmi va turini yordam ko’rsatishning keyingi bosqichlarini 
hisobga   olib   jabrlanganlarni   trasportda   tashish   imkoniyati   va   navbatini 
aniqlaydi. 
Jabrlanganlarni 
evakuasiya   qilish   yaralanganlarni   talofat 
o’chog’idan   piyoda   va   tarnsportida   olib   chiqish,   ularga   kerakli   tibbiy 
yordam   ko’rsatish   va   davolash   uchun   tibbiyot   nuqtalari   va   davolash 
muassasalariga   olib   borish   majmui   tadbirlaridan   ibrat   bo’ladi.   U   yerda 
tibbiy   hisobga   olish   varaqasi   to’ldiriladi.   Evakuasiya   qilishda   turli 
sanitariya-transport   vositalari   jamoat   transportlarini   hamma   turlari 
(temiryo’l, avtomobil, suv va havo yo’li)dan keng foydalaniladi.
171


Ommaviy  sanitariya talofatlar sharoitida tibbiy saralash prinsipiga 
qat’iy   rioya   qilinishi   zarur.   Tibbiy   saralash   jabrlanganlarni   umumiy 
ahvollariga   qarab   bir  xildagi   evakuasiya   tadbirlariga  muxtoj   guruhlarga 
ajratishni   nazarda   tutatdi.   Nuqta   igra   va   evakuasion-transportli   saralash 
mavjud.
Nuqta ichra saralashda tibbiy yordam ko’rsatishning navbati, turi va 
qayerdaligi belgilanadi.
Evakuasion-transportli saralashda   esa trasport turi, jabrlangannni 
qaysi holatda va qanday (yayov, zambilda, o’tqizib va h.k.) shuningdek 
evakuasiya qilish navbati aniqlanadi.
Tibbiy saralash va evakuasiya 4 guruhga bo’linadi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish