Hisobga olinadigan belgilar harakteri bo'yicha quyidagicha bo'linadi:
1. Atributiv (so'z bilan ifodalangan)
2. Miqdoriy (son bilan ifodalangan).
Atributiv belgilarga so'z bilan ifodalanuvchi barcha belgilar kiradi (masalan: turar joyi, kasallik diagnozi, aholi jinsi va boshqalar).
Miqdor belgilarga sonlar bilan ifodalanuvchi barcha belgilar kiradi (bo'yi, tana vazni, davolanish kunlarini soni, qondagi xolesterin miqdori, siydikdagi oqsil miqdori va hokazo). Miqdoriy belgilarning har bir kattaligi varianta deb ataladi va «V» harfi bilan belgilanadi.
Olib borilayotgan guruhlarlardan qat'iy nazar atributiv va miqdor belgilar o'zgarmay qoladi.
O’rganilayotgan xodisaga belgining ta'siri bo'yicha ular omilli va natijali belgilarga farqlanadi.
Omilli belgilar – bu shunday hisobga olinadigan belgilarki, ular ta'sirida boshqa ularga bog’liq bo'lgan belgilar o'zgaradi.
Omilli belgini o’zgarishi bilan natijali belgini o'sishi yoki pasayishi kuzatiladi. Masalan, bolani yoshi oshishi bilan uning bo'yi o'sadi (yosh – faktorli belgi, bo'yi – natijali belgi).
Do'stlaringiz bilan baham: |