Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi daromadga nisbatan 2 foiz, qishloq xo'jaligi esa 50 foiz kamaydi. Frankning qiymati baravar pasaydi. 100 mingdan ortiq mayda sanoat va savdo korxonalari sindi. Ishsizlar soni 600 mingdan ortdi


www.arxiv.uz Fransiya keyingi yillarda



Download 5,72 Mb.
bet5/6
Sana09.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#764409
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fransiya

 
    • www.arxiv.uz
    • 1968-yilning iyunida bosh vazir lavozimida ishlayotgan J. Pompidu mamlakat Prezidenti etib saylandi.
    • U saylovda de Goll partiyasi — «Respublikani himoya qilish ittifoqi»ning nomzodi sifatida qatnashdi. J. Pompidu ayni paytda de Gollning eng yaqin safdoshlaridan biri ham edi. J. Pompidu siyosatda o'zi tanlagan yo'lni «vo- rislik va muloqot», deb atadi. Bu iboraning birinchisi de Goll siyosatining davom ettirilishini, ikkinchisi esa muxolifatchi kuchlar bilan ham hamkorlik qilishni anglatar edi.
    • Ichki siyosatda J. Pompidu davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kamaytirdi. Biroq ijtimoiy himoya sohasi bo'yicha qonunchilikni kuchaytirdi. Tashqi siyosatda «muloqot» tamoyiliga amal qildi. Ya'ni AQSH bilan yaqinlashish boshlandi. 1973-yilda Buyuk Britaniyaning YEIH a'zoligiga qabul qilinishiga qarshilik qilmadi. Ayni paytda Fransiyaning tashqi masalalarda mustaqil siyosat yuritish yo'liga sodiqlikni saqlab qoldi.
    • 1974-yilda J. Pompidu vafot etdi. «Fransiya demokratiyasi uchun ittifoq» (FDUI) partiyasi nomzodi V. Jiskar d'Esten yangi 7 yillik muddatga Prezident etib saylandi. Bu davrda mamlakatdagi siyosiy kuchlar va mamlakatda 4 ta yirik siyosiy partiya faoliyat ko'rsata boshladi. Sobiq degollchilar va o'ng kuchlar «Respublikani quwatlash birlashmasi» (RQB) partiyasiga birlashdilar.
    • www.arxiv.uz
    • Avvalgi partiyalardan Sotsialistik va Kommunistik partiyalar o'zlarini saqlab qoldilar. Bu partiyalarning 2 tasi (FDUI va RQB) o'nglar, 2 tasi esa (FSP va FKP) so'llar deb atala boshlandi.
    • Yangi Prezident d'Esten inqiloblarsiz, islohotlaryo'li bilan «ilg'or liberal jamiyat» qurish g'oyasini ilgafi surdi. Uning prezidentligi davrida minimal ish haqi eng ko'p darajada oshirildi. Saylovda qatnashish yoshi 20 dan 18 yoshga tushirildi.
    • 1981-yilgi prezidentlik saylovida Sotsialistik partiya nomzodi F. Mitteran (1916—1996) g'alaba qozondi va mamlakatni 14 yil boshqardi. So'l kuchlar hukumati saylovchilarga bergan va'dalarini bajarish maqsadida qator islohotlar o'tkazdilar. Chunonchi, ish haqlari oshirildi; ishsizlik va ko'p bolali oilalarga yordam ko'paytirildi, nafaqa va pensiyalar miqdori oshirildi. Yirik sarmoyaiarga solinadigan soliq miqdori ko'paytirildi. Ish haftasi 39 soatga keltirildi. Pul to'lanadigan yillik melinat ta'tili 5 haftaga uzaytirildi. 36 bank va metallurgiya, elektronika, kimyo, samolyotsozlik, harbiy sanoat sohalarini milliylashtirishga kirishildi. Umummilliy davlat organlari va vakolatlari qisqartirildi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarini kengaytirish boshlandi. Biroq, bu tadbirlarni amalga oshirishda tez orada mablag' tanqisligiga duch kelindi. Natijada hukumat islohotni to'xtatishga va qattiq iqtisod siyosatiga o'tishga majbur bo'ldi. Hayot ortiqcha milliylashtirish ham yaxshi samara bermasligini isbotladi. Hukumatning noizchil siyosati jamiyatda o'ta millatchi kuchlarning ta'siri ortishiga olib keldi. Ular «Milliy front» (MF) ga birlashdilar. Bu tashkilot irqiy va milliy kamsitishni avj oldirdi. «Fransiya — fransuzlar uchun» degan shiorni zo'r berib targ'ib etdiiar. Ular boshqa mamlakatlardan Fransiyaga ishchi kuchi kelishining oldini olish, mamlakatda ishlayotgan afrikaliklarni chiqarib yuborishni talab eta boshladilar.
    • www.arxiv.uz
    • 1995-yilning 7-may kuni o'tkazilgan prezidentlik saylovida J. Shirak g'alaba qozondi. 1997-yilda o'tkazilgan Parlament saylovida esa so'l partiyalar g'alaba qozondi. Bosh vazir lavozimini Sotsialistik partiya vakili egalladi. Yana o'nglar bilan soilarning o'ziga xos odatdan tashqari birgalikda faoliyat ko'rsatishi boshlandi.
    • Fransiya hukumati ichki siyosatda neokonservatizm yo'lidan qat'iy bormoqda. J. Shirak prezidentlik muddatini 7-yildan 5-yilga tushirish haqida qonun qabul qilinishiga erishdi. 2007-yil may oyidagi saylovlar natijasida N. Sarkozi prezidentlik lavozimini egalladi va ko'p o'tmay sohalarni rivojlantirish bo'yicha 16 ta komissiya tuzdi. Tashqi siyosatda Yevropaning tobora birlashuvi uchun intilmoqda. 2007-yil may oyidan boshlab N. Sarkozi mamlakat Prezidentidir.
    • Bugungi Fransiya dunyoning eng taraqqiy etgan 7 industrial davatidan biri. Aholisining katta qismi shaharda yashaydi. Qishloq xo'jaligi bilan aholining atigi 6 foizi shug'ullanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha dunyoda AQSHdan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Aholisining 85 foizi yollanma mehnat vakillari (ishchilar, xizmatcliilar, texnik ziyolilar)dan iborat.
    • Fransiya o'zining ilmiy-texnika yutuqlari — zamonaviy aviatsiya, o'ta tezyurar poyezdlari, mashhur «Reno», «Sitroyen» va «Pejo» avtomobillari, ilg'or kemasozlik sanoati bilan haqli sur'atda faxrlansa arziydi.
    • 1986-yildagi Parlament saylovida MF hatto 35 ta deputatlik o'rnini ham egalladi. Shundaysharoitda sotsialist F. Mitteran o'ng partiya - RQB Lideri J.Shirakni bosh vazir etib tayinladi.
    • Shu tariqa so'l prezident bilan o'ng bosh vazirning odatdan tashqari o'ziga xos faoliyat ko'rsatishi boshlandi. J. Shirak hukumati milliylashtirilgan korxonalarni egalariga qaytara boshladi. Yirik sarmoyaga solinadigan soliqni kamaytirdi. Immigratsiyani chekladi. Tashqi siyosatda yagona Yevropani vujudga keltirish siyosatini davom ettirdi. 1991-yilda Maastrixt shartnomasining imzolanishida Fransiyaning xizmati katta bo'ldi.
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish