Sanoatda kadrlar va mehnatga haq to‘lash


Kadrlar, ularning tarkibi va strukturasi



Download 396,84 Kb.
bet2/6
Sana03.03.2023
Hajmi396,84 Kb.
#916048
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sanoatda kadrlar va mehnatga haq to‘lash

Kadrlar, ularning tarkibi va strukturasi


Kadrlar (xodimlar) — bu muayyan kasbni egallash bo‘yicha tayyorgarlikni o‘tgan, amaliy tajriba va mehnat ko‘nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan kishilardir.
Ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatida qatnashishiga qarab sanoat tarmog‘ida band bo‘lgan barcha kadrlar ikki guruhga bo‘linadi:

  • sanoat ishlab chiqarishi xodimlari;

  • nosanoat ishlab chiqarishi xodimlari;

    • sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICH.P) - asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari (IT va TL.I), hisoblash markazi xodimlari;

    • noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklarda, sog‘liqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;

    • rahbarlar - direktor, direktor o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim va xizmat boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal (MTP);

    • xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g‘aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo).

8.1-jadval

Yuridik shaxslarda xodimlar soni va ish haqi fondi


(2017 yil yanvar-dekabr, qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik

sub’ektlaridan tashqari)1



1 Manba: O`zbekiston Respublikаsining stаtistikа qo`mitаsi / www.stat.uz
Xodimlar soni deganda korxonada band bo‘lgan barcha ishchi va xizmatchilarning umumiy soni tushuniladi1. Bu ikki ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. Ro‘yxatdagi xodimlar soni.

  2. Ishga kelgan xodimlar soni.

Ro‘yxatdagi xodimlar soni deganda korxona ro‘yxatiga kiritilgan doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlaydigan hamda shu korxonadan maosh oladigan barcha xodimlar tushuniladi.
Amaliyotda, ayniqsa, taxlil qilishda o‘rtacha ruyxatdagi xodimlar soni degan ko‘rsatkich ham ishlatiladi. Bu bir oyga, bir chorakka, yarim yilga, to‘qqiz oyga va bir yilga hisoblanishi mumkin.
Ishga kelgan xodimlar soni bir taqvim kunida faqat ishga kelgan xodimlardan iboratdir.
Mutaxassislik insonda ma’lum bir turdagi ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodchi, buxgalter, moliyachi yoki texnik tilda - mexanik, quruvchi, energetik, geolog va boshqalar. Ishchilarning bilim va qobiliyatlariga bo‘lgan talab Yagona tarif-malakaviy ma’lumotnomasida (YATMM) va xizmatchilarga esa lavozimlar malakasi ma’lumotnomada aks ettirilgan. Bu hujjatlar asosida korxonalar ishchi va xizmatchilar tariflariga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Kasbfaoliyatning maxsus va tor ko‘rinishdagi turi bo‘lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talab qilsada, mutaxssislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha ko‘nikmalarni ham talab qiladi.
Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassilik bo‘yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat ko‘nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini baholashda o‘rtacha tarif koeffitsienti va o‘rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif razryadlari va koeffitsientlari bir vaqtning o‘zida bajarilayotgan ishlar murakkabligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.



Download 396,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish