Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet3/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Epidermis - epitelial to'qimalardan tashkil topgan bo'lib, teri qoplamining tashqi qavati hisoblanadi. Epidermis tashqi qavati shoxlangan, har xil shakldagi hujayralarning zich yotqizilgan to'plamidan iborat. Uning qalinligi taxminan teri qalinligining 0,5-1,0 % ni tashkil etadi.
Epitelial to'qimalardagi chegaralari aniq ifodalangan hujayralar bir yoki ko'p qavatli epiteliylarni hosil qilish qobiliyatiga ega. Unda qon tomirlari bo'lmaydi. Hujayralarning oziqlanishi va almashinuv sharoitlarining o'zgarishi yuqori qavatlarning shoxlanishiga olib keladi.
Epidermis hayvon hayotida katta fiziologik ahamiyat kasb etadi. Namlikning bug'lanishini va quyi qavatlarga bakteriyalar kirishini to'xtadi, tananing issiqlik berishini bir oz kamaytiradi. Epidermis, quyida yotgan qavat - dermaga soch xaltachalari va har xil bezlar, shuningdek, dermaga botgan ko'psonli g'uddalari bilan kirib o'sgan bo'lib, dermaning silindrsimon g'uddalari ham xuddi shunday epidermisga kirib ketganligi
6
tufayli, epidermis derma bilan zich bog'langan. Dermaning g'uddalari orqali qon tomirlari epidermis hujayralarini oziqlantiradi. Epidermisga botgan derma g'uddalarining joylanishi, shakli va kattaligi har xil bo'lib, teri turiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun tayyor terida "mereya" deb ataladigan yuza qavatining o'ziga xos tasviri hosil bo'ladi.
Epidermis hayvonning turi va terming topografik qismlariga qarab, tuzilishi va qalinligining o'zgaruvchanligi bilan farqlanadi. Jim qoplami qalin terilarda (qo'y, echki) epidermis yupqa, juni siyrak terilar (cho'chqa)da esa ancha qalin. Teri junsiz qismlarida (oyoq yostiqchalari, burun oynachalari) epidermis qalinligi, teri umumiy qalinligining 5 % ni tashkil qiladi.
Odatda epidermis ikkita qavatga: ichki (nishli yoki malpigiy) va tashqi (shoxlangan yoki tashqi) qavatlarga ajratiladi.
Ichki qavat bevosita dermaga tutashgan bo'lib, asosan tirik hujayralardan tashkil topgan. Hujayralarning shakli va holatiga qarab uni uch qismga: asosiy (haqiqiy nishli yoki bazal), qiltiqsimon (to'rli) va donli qavatlarga bo'lish mumkin.
Asosiy qavatda hosil bo'lgan har bir hujayra o'sish va qarish jarayonida, o'zining silindrsimon shaklini asta-sekin o'zgartirib, qiltiqsimonga aylanadi, unda donchalar paydo bo'ladi. So'ngra ezilgan holatga o'tib, sekin-asta shoxlanadi. Hujayralar ushbu metabolik o'zgarishlardan turli tezlikda o'tadilar, shuning uchun har xil qavatlarning hujayralari bir vaqtda hosil bo'lishi mumkin.
Epidermisning asosiy qavati (haqiqiy nishli) ostida, ko'p qirrali hujayralar qatoridan tashkil topgan qiltiqsimon qavat joylashgan. Bu hujayralar o'zaro protoplazmatik ko'priklar bilan bog'langan. Mazkur hujayralarda hali shoxlanish belgilari yo'q, ammo ular bo'linish qobiliyatiga ega emas.
Qiltiqsimon qavat ostida yanada yupqaroq, ikki-uch qator ko'p qirrali ezilgan hujayralardan tashkil topgan donli qavat joylashgan. Ushbu qavat hujayralarming protoplazmasida mayda donchalarning hosil bo'lishi yaqqol namoyon bo'ladi. Bular shoxli tuzilmalarning (keratogialin) kurtakchasi hisoblanadi. Keyinchalik ulardan va ularning plazmasidan shoxsimon oqsil modda - keratin hosil bo'ladi. Xuddi shunday о zgarishlar dermaning yog', ter va boshqa bezlarini tashkil qiluvchi
7
epitelial hujayralarning plazmatik moddasida ham ro'y beradi, ammo ularda keratinlanish va shoxlanish oxirigacha bormaydi, ushbu jarayonlarning oxirgi mahsuloti yog' moddalari hisoblanadi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish