Saylov-2019: 22 dekabrda bizni nimalar kutyapti?


Butun respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi



Download 0,67 Mb.
bet2/2
Sana13.01.2020
Hajmi0,67 Mb.
#33685
1   2
Bog'liq
2019 saylaw


Butun respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi. Ilgari har bir hududning o‘z lokal ro‘yxati asosida ish ko‘rilgan, natijada bir kishi bir necha uchastkadan ovoz berishi mumkin bo‘lardi. Ro‘yxat yagona bo‘lgani bois endi buning imkoni bo‘lmaydi, har bir saylovchining ovoz bergan-bermagani yagona bazada qayd etiladi. Shuningdek, butun oila nomidan bir kishi kelib ovoz berishi hollariga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 

Saylov uchastkalari haqida ma'lumotlar bir bazada jamlanadi. Har bir saylov uchastkasining joylashgan o‘rni, manzili elektron tarzda biz bazaga jamlanadi. Bu uchastkaga qaysi fuqarolar qarashi ham kiritiladi. Fuqarolar o‘z pasport ma'lumotlarini terish orqali qaysi uchastkaga va qaysi manzilga borishi kerakligi haqida osonlik bilan ma'lumot olishi mumkin bo‘ladi.

Saylov bilan bog‘liq barcha savollarga qulay tarzda javob olish mumkin bo‘ladi. Fuqarolar, saylov kuzatuvchilari, chet ellik ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari saylov jarayonlari bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni qulay shaklda olishlari uchun kun-u tun ishlaydigan koll-markaz hamda telegram bot ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, saylov jarayoni haqidagi barcha ma'lumotlarni o‘zida jamlagan “Saylov ─ 2019” mobil ilovasi ham ishlab chiqilmoqda.

Saylov komissiyasi a'zolari maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. Saylov komissiyalari a'zolarining har biri saylov jarayonlarini professional tarzda o‘tkazish haqida ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun ular maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tishadi. 

Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun sharoitlar yaratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ham teng huquqlilik asosida saylovlarda qatnashishi uchun ularning saylov uchastkalariga kelishi, transport masalasi, bino ichida erkin harakatlanish, alohida kabinalar, Brayl alifbosi asosidagi byulletenlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Siyosiy partiyaning saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liq targ‘ibot materiallarini ularga yetkazib berish ham alohida nazoratga olinadi.

Xalqaro matbuot markazi ishga tushirildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari saylovoldi tadbirlari va saylov jarayonini kuzata olishlari uchun xalqaro matbuot markazi ishga tushirildi. Unda kompyuterlar va internet tarmog‘i yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, markazning hududiy bo‘linmalari ham joylarda ishga tushiriladi. 



Jazoni o‘tash muassasalaridagi shaxslar ham saylovda ishtirok etadi. Avvalgi saylovlarda faqatgina qamoqda o‘tirgan, lekin hali sud hukmi chiqmagan, aybi to‘la aniqlanmagan shaxslargina saylovda ishtirok eta olgan. Endilikda jazoni o‘tash muassasalaridagi jinoyati uncha og‘ir bo‘lmagan mahkumlarga ham o‘zining saylash huquqidan foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi. “Axir ular faqatgina ozodlikdan mahrum etilgan, saylovda ishtirok etish huquqini hech kim cheklab qo‘ygani yo‘q”, ─ deydi Abdusalomov.

Xalq nomzodlarni taniydimi? Partiyalar rahbarlari munosabat bildirishdi. Qonunchilik palatasi hamda hududiy kengashlarga o‘z nomzodini qo‘yayotganlarni elektorat yaqindan tanimasligi, xalq bilan aloqaning yaxshi emasligi haqidagi Kun.uz muxbirining savoliga siyosiy partiyalar rahbarlari o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.

Alisher Qodirov, “Milliy tiklanish” partiyasi:

─ Biz yangilanayotgan O‘zbekistonda yangicha saylovlar o‘tkazilishi haqida gapiryapmiz. O‘z kamchiliklarimizni oshkora muhokama qilyapmiz. Masalan, “Milliy tiklanish” partiyasi Qonunchilik palatasida ikkinchi partiya ekanligiga mahliyo bo‘lib, hududiy kengash deputatlari bilan deyarli ish olib bormagan. Agar biz tuman/shahar deputatlari bilan ishlaganimizda bunday axborot inqirozi holatiga kelib qolmagan bo‘lardik. Partiya o‘zining haqiqiy ma'nodagi vazifasini bajarishi, ijro hokimiyati oldiga vazifa qo‘ya olishi uchun xalq bilan mustahkam aloqada bo‘lishi kerak.



Ulug‘bek Inoyatov, “Xalq” demokratik partiyasi:

─ Parlamentdagi beshala siyosiy partiyaning har biri alohida siyosiy kuch sifatida maydonda o‘zini namoyon qiladi, o‘rtada kuchli hamda sog‘lom raqobat bo‘ladi deb o‘ylayman.



Aktam Hayitov, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi:

─ Bizning partiyada har bir nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan. Bizning deputatlarimiz ochiq onlayn muloqot rejimini yo‘lga qo‘yishyapti. Bu muloqotlarning har bir sessiyasida fuqarolarning yuzlab savollariga javob berishadi. Shunday yo‘l bilan biz xalqni nima qiynayotganini bilib olishimiz mumkin.



Boriy Alixonov, Ekologik harakat partiyasi:

─ Oldimizda turgan mazkur siyosiy voqea qizg‘in debatlar va duellarga boy tarzda o‘tadi, deb o‘ylayman.



Narimon Umarov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi:

─ Siyosiy kurashda partiyalar bir-biriga suv sepib, oshkora kurash olib bormasligi mumkin. Lekin qarashlardagi farq katta. Madaniyatli debatlar, albatta, olib boriladi.

Saylovda o‘qituvchilar xizmati moliyalashtiriladi”

MSK raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov saylov uchastkalari uchun aksar maktab binolarining tanlanishi va bunga o‘qituvchilarning jalb qilinishiga munosabat bildirdi.





─ Xalqaro tajribada ham ko‘rdikki, ko‘plab saylov uchastkalari maktablarda joylashgan. Chunki maktabda keng zallar, talab etiladigan barcha sharoit bor. Saylov uchastkalarini issiqlik, chiroq bilan ta'minlash masalalari bor. Shuning uchun maktablar qulay variant. Lekin ko‘plab uchastkalar yangi bunyod etilgan mahalla guzarlariga joylashtirilyapti. Saylov tadbirlarida o‘qituvchilarning xizmatidan foydalaniladi. Ilgari bu shunchaki yordam tariqasida qabul qilingan. Majburiy mehnatga ham o‘tib ketgandek ham bo‘lardi. Bu safar jalb qilingan xodimlar mehnatini moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish