Семинар. Savollarga javob bering. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi qanday o‘zgarishlarni bilasiz? O’zbekistoda faoliyat yuritayotgan qanday nodavlat -notijorat tashkilotlarni bilasiz?


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov Namangan viloyati sud-huquq tizimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan muloqot o‘tkazdi



Download 51,71 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi51,71 Kb.
#311198
TuriСеминар
1   2
Bog'liq
6-seminar (1)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov Namangan viloyati sud-huquq tizimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sud-huquq tizimi vakillari, shahar, tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘inlari raislari, jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinlarini himoya qilish, odamlarda adolatga, davlatga ishonchni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Bu davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mazkur masala alohida yo‘nalish sifatida joy olganida ham o‘z ifodasini topmoqda, – deydi K.Komilov. – Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 13-iyun kuni sud organlari tizimi xodimlari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ishlar, umuman, sohada to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga tanqidiy baho berilib, ularning sabab va ildizlari atroflicha tahlil qilindi.

Tadbirda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashda eskirgan qolip va tamoyillar bilan ishlab bo‘lmasligi hayotiy misollar vositasida qayd etildi.

Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, sud jarayonida tortishuv prinsipini to‘laqonli joriy etish, aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

– Prezidentimiz o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida sud-huquq tizimi faoliyati bo‘yicha bildirilgan tanqidiy fikrlar biz, soha xodimlari ko‘p jihatdan davr talabidan ortda qolganimizni ko‘rsatdi, – deydi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining sudyasi Muyassar Sultonova. – Bundan o‘zimizga tegishli xulosa chiqarishimiz, faoliyatimizni yanada takomillashtirish choralarini ko‘rmog‘imiz zarur.

Uchrashuvda sudyalar faoliyatidagi kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Sudlar tomonidan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, aholining sud idoralariga, sudyalarga bo‘lgan ishonchini oshirish, sudyalarning xalq ichida bo‘lib, xalq bilan hamnafas, adolat prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat yuritishi muhimligi ta’kidlandi.

Mamlakatimizning sud tizimi faoliyati yildan yilga zamon talablari, yangidan yangi vujudga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar, aholi huquqiy ongini hisobga olgan holda takomillashtirilib borilmoqda. Bunga ko’plab qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin hozir biz to’xtalib o’tmoqchi bo’lgan normativ-huquqiy hujjat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 24-iyulida qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-6034 sonli Farmonidir. Ushbu Farmonda odil sudlov faoliyati jarayonida amalga oshirilgan ishlar statistikasi keltiriladi. Xususan, odil sudlov faoliyati jarayonida 2,3 mingga yaqin kishi oqlangan, adashib jinoyat yo’liga kirib qolganligi sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin bo’lgan 3,5 mingga yaqin yoshlar va xotin-qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida yengilroq jazolar tayinlanganligi, shuningdek, inson huquqlarini qo’pol tarzda buzgan 60 nafar huquq-tartibot organlari xodimlarining jinoiy javobgarlikka tortilganligi keltirib o’tiladi. Albatta, bu statistika odil sudlov organlarining o’tgan davr mobaynida qay darajada samarali faoliyat yuritganligini belgilab beruvchi mezonlardan biridir. Endi, Farmonning asosiy qismiga to’xtaladigan bo’lsak, ushbu Farmon odil sudlov tizimida keng qamrovli islohotlar o’tkazilishini nazarda tutadi. Quyida ulardan bir qanchasini sanab o’tamiz:


-ishlarni nazorat tartibida ko’rish instituti tugatiladi;
-prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari bo’yicha ishlarni faqatgina taraflar murojaati bo’lgandagina suddan chaqirib olib o’rganish tartibi joriy etiladi;
-Oliy sud tuzilmasida investitsiya nizolari bo’yicha hamda raqobatga oid ishlarni ko’rish bo’yicha sudlov tarkibi tuziladi;
– o’rta bo’g’in sudlari negizida(ma’muriy suddan tashqari) umumiy yurisdiksiya sudlari tashkil etiladi;
-ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni jinoyat ishlari bo’yicha sudlarga o’tkazish;
-tuman ma’muriy sudlari tugatiladi va hokazo.
Shuni nazarda tutish lozimki, ushbu Farmonda nazarda tutilgan o’zgarishlar 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu Farmondagi eng e’tiborli jihatlardan biri shuki, mazmur hujjat ma’muriy sudlarning huquqiy maqomini aniq belgilab berdi hamda ularning faoliyatini yanada ixtisoslashtirdi.
Ushbu Farmonda nazarda tutilgan islohotlar sudlar faoliyatining samaradorligini yanda oshirish istiqbollarini belgilab berdi

Sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida gap ketganda, avvalo jazolarni liberallashtirish, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazolarni keskin kamaytirish borasidagi ishlarni alohida ta’kidlash o‘rinli. Negaki, ayni shu o‘zgarishlar sabab bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirgan ko‘plab odamlar mahkumlik azobidan qutulishdi.

Qayd etish lozimki, sudni haqiqiy adolat qo‘rg‘oniga aylantirish borasida keyingi 3-4 yilda juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ilgari sudlar hukm yoki ajrim chiqarish payti jamoatchilik fikri, xohish-irodasiga befarq qarardi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va "Nuroniy" jamg‘armasining joylardagi bo‘lim va bo‘linmalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga sudlanayotgan shaxsni jinoyat yo‘liga qayta kirmasligi uchun kafillikka olish vakolati berildi.

Bundan tashqari, sudlarning sayyor qabullari doimiy ishga aylandi. Jamoatchilik bilan uchrashuv, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik, sayyor sud majlislari bevosita keng jamoatchilik ko‘z o‘ngida, yurtdoshlarimizning faol ishtirokida o‘tyapti. Natijada ochiq va odil sudlovning tarbiyaviy kuchi odamlar tomonidan qalban anglab yetilyapti.

Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni esa tizimdagi islohotlarning sifat jihatdan yangi bosqichini boshlab berdi.

Bularning barchasi Qo‘shrabot tuman sud organlari va prokuratura hodimlari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda e’tirof etildi. O‘z navbatida soha xodimlari oldida turgan vazifalar va bugungi kun talablari atroflicha muhokama etildi. Negaki, 2021 yil 1 yanvardan “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimining ishga tushirilishi, jinoyatga doir ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarning yagona elektron hisobga o‘tishi tizim xodimlariga ham alohida mas’uliyat yuklaydi.

Amalga oshirilayotgan mazkur o‘zgarishla sud va sudlanuvchilar o‘rtasidagi aloqalarning shaffofligini ta’minlab, jinoiy harakatlarning kelib chiqish sabablari, uni sodir etgan shaxs yoki shaxslar o‘rtasida turli nizo va kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Cud tizimidagi o‘zgarishlar ijtimoiy adolatni ta'minlashga xizmat qiladi



O‘zbekiston 19:35 / 01.05.2017 8154

Prezidentimizning 2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi va joriy yilning 21 fevralidagi "O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonlarida sud-huquq sohasidagi o‘ta dolzarb masalalar qamrab olingani tizimdagi islohotlarning nafaqat izchil davom etayotgani, ayni chog‘da, yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.

Yuqorida qayd etilgan hujjatlarning ijrosini ta'minlash maqsadida yaqinda qabul qilingan "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun bu borada yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Aytish joizki, ushbu qonun asosida "Sudlar to‘g‘risida"gi qonun, Fuqarolik protsessual kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlariga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ayniqsa, yangi qonunda nazorat instansiyasini takomillashtirishga doir huquqiy me'yorlarni nazarda tutilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Aniqroq aytganda, yangi qonun bilan viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning bir-birini takrorlovchi funksiyalari qisqartirilib, nisbatan qisqa fursatda qonuniy va adolatli qarorlar qabul qilishning protsessual tartibi takomillashtirildi.

Avvallari nazorat instansiyasida ishlar sud raisi yoki prokurorning protesti asosida ko‘rilar edi. Mazkur qonun bilan esa, viloyat va unga tenglashtirilgan sud raislari hamda viloyat prokurorlarining nazorat tartibida protest keltirish vakolati bekor qilindi. Endilikda nazorat tartibida keltirilgan shikoyat va protestlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqatgina Oliy sudning tegishli sudlov hay'ati va Rayosatida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Ushbu tartibning joriy etilgani, avvalo, ortiqcha ovoragarchilik va behuda vaqt yo‘qotishning oldini olish hamda nizolarning qisqa fursatda qonuniy yechim topishiga xizmat qiladi. Qolaversa, taraflar o‘rtasidagi tenglik va o‘zaro tortishuv tamoyillarini nazorat bosqichida ham qo‘llash imkoniyatini yaratadi.

O‘tgan davr mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan uy-joy, bitimlar, mehnat va oila munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, bu borada o‘ziga xos sud amaliyoti shakllantirilgan bo‘lsa-da, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yilni tashkil etar edi.

Yangi qonun bilan ushbu muddat 3 yildan 1 yilga, kassatsiya tartibida shikoyat keltirish muddati esa, bir yildan 6 oyga qisqartirildi.

E'tiborlisi shundaki, ushbu protsessual tartib sudlarda nizolarning tez va qonuniy hal qilinishiga zamin yaratadi. 

Shuning barobarida ushbu yangilanishlar, sudlarda ish hajmining kamayishiga ham olib keladi. Natijada har bir ishning qonuniy yechimini topish uchun sudyada yetarli vaqt va imkoniyat paydo bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, sud qarorlarining sifatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi.

Darhaqiqat, mustaqillik xalqimizga barcha munosabatlarda tenglik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mavjud moddiy boyliklarni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tasarruf qilish va ma'naviy boyliklardan to‘liq faxr hissini tuygan holda foydalanish huquqini berdi. Shu bilan birga, jamiyatda qaror topgan yangi iqtisodiy munosabatlar, yangi qonuniyatlar o‘z shartlarini ham kun tartibiga qo‘ydi.

Iqtisodiy munosabatlarda o‘rnatilgan yangicha tartib barcha mulk shakllarining huquqiy jihatdan tengligini, daxlsizligini va qonun orqali himoyalanishini kafolatladi. 

Faqat buning bitta sharti bor — iqtisodiy munosabat ishtirokchilaridan yuksak huquqiy madaniyat talab etiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning faoliyati tahlil qilinganda, fuqarolar murojaatlarining yil sayin o‘sib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu, o‘z-o‘zidan, yurtdoshlarimizning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligi muttasil yuksalayotganidan, shu omil bilan hamohang ravishda ularda o‘z huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan intilish tobora ortib borayotganidan dalolatdir.

Ayni chog‘da, sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlamay turib fuqarolarning huquq va erkinliklarini tom ma'noda muhofaza qilish mumkin emas. Shu bois yangi qabul qilingan qonun hujjatlarida, xususan, Prezidentimizning yuqorida tilga olingan farmonlarida sud hokimiyati mustaqilligini amalda ta'minlash, sud ishiga har qanday aralashuvlarga butkul barham berish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. 

Jumladan, umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash sohasida adliya organlarining vakolati va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakolatiga o‘tkazildi. Bu ham sudlarning ijro hokimiyati tizimidan chiqib, mustaqilligi yanada ta'minlanganini ko‘rsatadi.

Tizimda kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilishni takomillashtirish, yuksak axloqiy va kasbiy fazilatlarga ega bo‘l-gan, sud-huquq sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta'minlashga o‘z hissasini qo‘shadigan kadrlar zahirasini shakllantirish masalasiga ham katta e'tibor berilmoqda. 

Qonunda sudyalik lavozimiga tayinlash va saylash muddatlariga aniqlik kiritilib, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba o‘n yilga, so‘ng muddatsiz tayinlanishi sudyalardan o‘z kasbiga bo‘lgan mas'uliyatni yanada oshirishlarini talab etadi. Shu bilan birga, bunday yondashuv sudyalarning yoshi, malakasi, kasb-mahorati inobatga olingan holda uzoq muddat fidoiylik bilan faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi. 



Qisqacha aytganda, keyingi davrda sud-huquq tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar aholining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishi bilan birga, sudyalarning uzoq yillar davomida o‘z ishini sidqidildan bajarishi uchun zarur sharoitlar yaratmoqda.
Download 51,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish