Senga aziz mehribon, oq sut bergan onadir Yotsang, tursang soyabon, parvonang ham onadir. Kasal bo’lib qolsang gar,da’voying ham onadir



Download 16,68 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi16,68 Kb.
#562054
Bog'liq
She\'rlar


1-O’quvchi:
Senga aziz mehribon, oq sut bergan onadir
Yotsang, tursang soyabon, parvonang ham onadir.
Kasal bo’lib qolsang gar,da’voying ham onadir
Dunyoda eng suyganing ,yarim joningonadir .


2-O’quvchi:
Yaxshi yomon kuningda, peshonadan suyuvchi
Holing ko’rib, bolam deb,ham quvonib kuyuvchi.
Shu onadir unutma,ta’zimda bo’l eg boshing,
Bir kun qo’ldan ketganda,befoyda to’kkan yoshing.


3-O’quvchi:
Onajon qarzdorman,bugun qoshingda,
Senga iliq so’zlar baxsh etgum kelar,
Eng nafis gullarni to’kib boshingdan
Mehring yuragimda naqsh etgum kelar.


4-O’quvchi:
Onam mening baxtim,mening hayotim,
U mening borlig’im, ko’kdagi oyim.
Yuragimda o’chmas mangu bayotim
Xudoyim onamni asragin doim.


5-O’quvchi:
Tongda turib menga taxtlar tilagan
O’tirsa tursa ham baxtlar tilagan
Yig’lasam yupatib boshim silagan
Xudoyim onamni asragin doim.


6-O’quvchi:
Hursand bo’ldim-nigoh soldim, olamga deb
O’ynab kuldim, mung yarashmas nolamga deb,
Avvallari so’ramabman, o’zimdan hech,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


7-O’quvchi:
Mehri bilan murg’ak jonim o’sar edi,
Menga kelgan balolarni to’sar edi.
Yuragimni ming bir armon kesar edi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb
8-O’quvchi:
Bol totmadim alla aytgan so’zi kabi,
Vafodor yo’q zor-intizor ko’zi kabi
Topolmadim bir mehribon o’zi kabi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


9-O’quvchi:
Qator-qator uylar soldim, to’ylar qildim
Alvon-alvon kimlargadir gullar terdim,
Ulguraman hali vaqti bo’lar dedim,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


10-O’quvchi:
Omad so’rab olgan edim duosini
Topdim katta dunyolarning dunyosini
Ammo netay pushaymon dil nidosini
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


11-O’quvchi:
Jon bo’lmadim jondardlar tuyganida
Jigarimni dog’i bilan kuyganida
Ojiz qoldim ajal uni suyganida,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


12-O’quvchi:
Kechroq qolsam ilhaq bedor kutar edi,
Suv so’rasam darrov choylar tutar edi,
Goh koyisam-ichlariga yutar edi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


13-O’quvchi:
Mening g’amim mayus qildi ko’zlarini
Sochini oq, ajin bosdi yuzlarini,
Endi yig’lab, izlab qoldim izlarini,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


14-O’quvchi:
Achchiq- achchiq ko’z yosh aylar ho’l diydamni
Men o’zimga o’zim topdim shul sitamni,
Axir-axir sog’inaman volidamni
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


15-O’quvchi:
Onangiz gar bor bo’lsalar, mador bo’ling
G’animat deb xizmatida tayyor bo’ling,
So’ng men kabi o’rtanmang, hushyor bo’ling,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
1-o’quvchi: Onaning bir qo’li beshikni
Ikkinchi qo’li dunyoni tevratadi.

2-o’quvchi: Ona quyosh uning mexr tafti
Xech qachon so’vimaydi.

3-o’quvchi: Onaning dili ogrisa yer titiraydi.

4-o’quvchi: Onaning achchiq so’zi
Farzandning aql ko’zini ochadi.

5-o’quvchi: Dunyo tor bo’lganda xam onaning bag’ri keng bo’ladi.

6-o’quvchi: Ona bilan bola gul bilan lola.

7-o’quvchi: Bolaning barmog’i ogrisa
Onaning yuragi achishadi.

8-o’quvchi: Ona ko’nglini olmoq
50 marta xaj qilgandan avzal.

9-o’quvchi: Uyqizda yo’q xalovat, tilarsiz baxt – saodat
Doyim bo’ling salomat, onajonim jon onam.

10-o’quvchi:Bizlar uchun qayg’urib, jon kuydirib, jon berib
O’stirgan moxtobim onajonim, jon onam.
Download 16,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish