Sening o‘g‘ling ham ancha ulg‘ayib, kap-katta yigit bo‘lib qolibdi



Download 0,9 Mb.
bet4/84
Sana29.05.2022
Hajmi0,9 Mb.
#617679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
она тили адабиёт

shayladi, o'q-anjomin boyladi.
412. Qaysi qatordagi gapda xursand so‘zining sinonimi turg‘un birikma orqali ifodalangan? \\\***/// Abrorjon og‘zi qulog‘iga yetib, uydan otilib chiqdi.
413. Qaysi qatordagi lug‘aviy birlik frazeologiyada o‘rganiladi? \\\***/// ko‘ngli bo‘sh
414. Qaysi qatordagi lug‘aviy birlik frazeologiyada o‘rganiladi? \\\***/// qamchisidan qon tomadi
415. Qaysi qatordagi lug‘aviy birlik frazeologiyada o‘rganiladi? \\\***/// do‘ppisi yarimta
416. Qaysi qatordagi so'zlar ikki xil so'z turkumi vazifasida kelishi mumkin? \\\***/// boyi, oqish
417. Qaysi qatordagi uslubiy xato paronimlarni qo’llash bilan bog’liq? \\\***/// Tanbalga ish buyursang, otangdan yaxshi maslahat beradi.
418. Qaysi qo’shma gapdagi yasama so’z paronimiga ega? \\\***/// Atrof jimjit, go’yo borliq uyquga ketgan.
419. Qaysi qo'shma gapda ko‘chma ma’noda sinonimlik hosil qilgan so’zlar mavjud? \\\***/// Meni yomon ranjtiding, sendan qattiq xafaman.
420. Qaysi so‘zlar ham metafora, ham vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’noda qo‘llana oladi? \\\***/// chiroq, quloq, etak
421. Qaysi so’zlarda ikki o’rinda til orqa undoshi qatnashgan? \\\***/// ko’ngil, go’llik
422. Qaysi so'zlar ham ko‘chma ma’no, ham shakldoshiga ega? 1) ko‘z; 2) oltin; 3) og'iz; 4) tom; 5) uch; 6) oq \\\***/// 4, 5, 6
423. Qaysi so'zlar ham metafora, ham vazifadoshlik asosida ko'chma ma’noda qo'llana oladi? \\\***/// chiroq, quloq, etak
424. Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan? \\\***/// Do‘sting ming bo‘lsa ham oz, dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p.
425. Qismlari yasama so’zlardan tashkil topgan antonim juftliklarni belgilang. 1) katta-kichik; 2) yaxshi-yomon; 3) issiq-sovuq; 4) mehnatkash-ishchan; 5) so’zladi-gapirdi; 6) achchiq-chuchuk \\\***/// 3, 6
426. Quyida berilgan birikmalarning qaysi birini so'z birikmasi va turg'un bog'lanma sifatida qo'llab bo'lmaydi? \\\***/// ko'ngli joyiga tushdi
427. Quyida berilgan birliklarning qaysilari ham so'z birikmasi, ham turg'un birikma sifatida qo'llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog'iga quymoq; 3) o'z yog'iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko'rmoq; 6) to'nini teskari kiymoq; 6) ko'nglidan o'tkazmoq \\\***/// 1, 2, 3, 4, 5
428. Quyida berilgan gapda ma’no ko'chishining qaysi turi mavjud? Bir kosani simirdim. \\\***/// metonimiya
429. Quyida berilgan gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z ma’nosi qaysi usulda ko'chgan? Bo‘ston qishlog'iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. \\\***/// metafora
430. Quyida berilgan gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda ma’no ko'chishining qaysi turi mavjud? G‘amgin qoyalar qilib qo‘ygan gunohidan o‘zi qo‘rqib ketganday ingrab yubordi. \\\***/// metafora
431. Quyida berilgan gapdagi ajratib ko'rsatilgan so'z ina’nosi qaysi usulda ko'chgan? Tumanlik qo'ynida jimgina mudragan tonglar, ilk sovuq og'ushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi. \\\***/// metafora
432. Quyida berilgan gapdagi ajratib ko'rsatilgan so'z ma’nosi qaysi usulda ko'chgan? Havoda ananas hidi aralash yong'oq xazonlarining o'tkir hidi gurkiradi. \\\***/// metafora
433. Quyida berilgan gaplarda qo‘llangan iboralarning sintaktik vazifasi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? 1. Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 2. Shu payt ko‘cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib Alijon kirib keldi. 3.Mehmon joyiga o‘tirdi-yu, ammo ko‘ngli joyiga tushmadi. 4.
Chol asta cho‘kkaladi-da, sharti ketib, parti qolgan itning boshini siladi. 5. Og'ziga talqon solganday jim o‘tirdi. 6. Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po‘stagimni qoqishgandi. kesim; b) aniqlovchi; c) ravish holi \\\***/// 1,4- b; 2, 5 - c; 3, 6 - a
434. Quyida berilgan gaplardagi qirq so‘zi haqidagi to‘g’ri hukmni aniqlang. 1. Andozani aniq qilib qirq. 2. Go‘ro’g‘lining qirq yigiti bor edi. 3. Motam marosimlari uch, yetti, qirq, yil kabi turlarga bo‘linadi. \\\***/// 1-gapda fe’l, 2-gapda son, 3-gapda ot
435. Quyida berilgan she’riy parchadagi ajratib ko’rsatilgan so‘zlarda ma’no ko’chishiuing qaysi turi mavjud? Lermontovni tashlamadim hech, So‘ngra qo‘lga oldim Hofizni. \\\***/// metonimiya
436. Quyida berilgan she’riy parchadagi ajratib ko'rsatilgan so‘zda ma’no ko'chishlning qaysi turi mavjud? Tong otar chog‘ida juda sog‘inib, Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob. (G‘.G‘ulom) \\\***/// metonimiya.
437. Quyida berilgan so’zlardan qaysilari ham omonimlik, ham polisemantik xususiyatga ega? 1) tor; 2) tomoq; 3) yengil; 4) bel; 5) gul; 6) o’ch; 7) dunyo \\\***/// 1, 2, 4, 6,
438. Quyida berilganlar orasidan barcha omonim so‘zlarni ko'rsating. 1) ivimoq; 2) qiyiq; 3) bog‘li; 4) zarb; 5) gul \\\***/// 2, 3, 4
439. Quyida berilganlardan ham omonimlik, ham ko’pma’nolilik xususiyatiga ega bo’lgan barcha ko’rsatilgan javobni toping. 1) yosh; 2) tom; 3) bel; 4) tor; 5) gul; 6) quloq; 7) to’la; 8) nafis \\\***/// 1,2,4,7
440. Quyida berilganlarning qaysilarida sinekdoxa usuli bilan ma’no ko‘chishi mavjud? 1. Besh qo‘lini og'ziga tiqmoq; 2. Besh qo‘l barobar emas. 3. Ko‘zlar, yuzlar boqar edi biz tomon. 4.Keling, mehmon, eshikka kiraylik. \\\***/// 1, 2
441. Quyidagi baytda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turi mavjud? Visoli lazzatidan zavq topmoqliq erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur. \\\***/// zid ma’noli so‘z
442. Quyidagi birikmalardagi tutmoq so'zining shakl va ma’no turini aniqlang. 1) qochoqni tutmoq; 2) parda tutmoq; 3) ro'za tutmoq; 4) suv tutmoq \\\***/// 1, 2, 3 — ko'p ma’noli so'z; 4 — shakldosh so'z
443. Quyidagi birliklarning qaysi birida har ikkala so‘zning ham shakldoshi mavjud? \\\***/// o‘t och
444. Quyidagi gapda bosh so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odam ko'rki bosh bilan. \\\***/// aql
445. Quyidagi gapda ko'chma ma’nodagi so'zni aniqlang. Mungli kuy yurakni tirnaydi. \\\***/// tirnaydi
446. Quyidagi gapda ma’no ko'chishning qaysi turi mavjud? Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko'yga solardi. (A.Qahhor) \\\***/// metafora
447. Quyidagi gapda qanday ma’no ko'chishi mavjud. Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. \\\***/// metafora
448. Quyidagi gapda qo'llangan ko‘lanka so'zining ma’nodoshini toping. Abduvahob ayvondagi ko‘lankaga o'tirdi, o‘g‘ilchasini tizzasiga olib peshonasidan o‘pdi. \\\***/// soya
449. Quyidagi gaplarning qaysi birida so'z qo'llashga oid uslubiy xato mavjud? \\\***/// Go'zal qiz Oysuluvning basharasida ter ko'rindi.
450. Quyidagi juftliklardan qay birini o‘zaro bir- biridan farqlamaslik, so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatoga olib keladi? 1. borlik-borliq, 2. kabutar-kaptar, 3. baravar-barobar, 4. qism-qisim, 5. obro‘talab-obro‘ytalab \\\***/// 1,4
451. Quyidagi qaysi gapda sinekdoxa asosida ma’no ko‘chgan so‘z mavjud? \\\***/// Eshikka kiring, aka, choy-poy ichib keting.
452. Quyidagi so‘zlarning qaysi birida shakldoshlik (omonimlik) ot va fe’l turkumi o‘rtasida
vujudga kelmaydi? \\\***/// to‘r
453. Quyidagi so'zlardan qaysilarida paronimlik ot turkumi doirasida yuzaga kelgan? 1) dars-darz; 2) barmoq-bormoq; 3) yod-yot; 4) sut-sud; 5) urish-urush; 6) qars-qarz; 7) da’vo-davo; 8) sof-sop; 9) palak-falak; 10) sa’va-sava? \\\***/// 1, 4, 7, 9
454. Quyidagilardan metonimiya asosida ma’no ko'chgan birliklarni aniqlang. 1) olmaning afrosiyob navi; 2) rentgen apparati; 3) elektr chirog'i; 4) stol oyog'i; 5) Hojimatov damlamasi; 6) Bedil asari \\\***/// 1, 2, 5, 6
455. Rahim amakining uyi olti tomdan keyin joylashgan. Ushbu gapdagi tom so'zida qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? \\\***/// sinekdoxa
456. Rahmi kelib bulutning Yig‘lab to'kar yoshini. Qushlar qochar, majnuntol Ko'taradi boshini. (E.Vohidov) Ushbu misralarda ma’no ko'chishining qaysi turi mavjud? \\\***/// metafora
457. Rentgen apparati, volt, amper kabi so'z va so'z birikmalarida ma’no ko'chishining qaysi usuli mavjud? \\\***/// metonimiya
458. Rost aytasiz, Maxsum aka, men axir maktabda ishlayman, boshlang‘ich sinflar uchun “G’uncha” yaxshi. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi qo‘llangan? \\\***/// metonimiya
459. Sabo lutf et, mengo ul yor payg’omin ravon keltur, Visoli mujdasidin notavon jismimg’a jon keltur. (Amiriy) Ushbu baytda so’zlarning ma’no va shakl jihatdan qaysi turi ishtirok etgan? \\\***/// ma’nodosh so’zlar
460. Saida o‘n yillikni bultur tugatgan edi. Ushbu gapdagi ma’no ko‘chishini aniqlang. \\\***/// metonimiya
461. Sarvixon daromadning buromadini eshitib gangib qoldi gapidagi buromad so‘zining lug'aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? \\\***/// sarf, chiqim
462. Shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra darra- dara so‘zlari o‘zaro qanday so‘zlarga mansub? \\\***/// paronimlar
463. Shakldosh (omonim) so'zlar berilgan qatorni toping. \\\***/// adash, to'q, dasta
464. Shakldosh (omonim) so'zlar berilgan qatorni toping. \\\***/// yot, yoq, yon
465. Shartmi ichmak har bir qadahni yo'q demay.Ushbu gapdagi ma’no ko'chish turini aniqlang. \\\***/// metonimiya
466. Shaxs va predmet nomi o‘rnida biror a’zo, bo‘lak orqali o‘sha tushunchaning berilishi nima deb yuritiladi? \\\***/// sinekdoxa
467. Shaxs yoki predmetni unga bog‘liq bo‘lgan boshqa bir nom bilan ifodalash nima deb yuritiladi? \\\***/// metonimiya
468. Shunday qilib majlis qaror qabul qildi. Ushbu gapdagi ma’no ko'chish turini aniqlang. \\\***/// metonimiya
469. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so'z qatnashgan gapni aniqlang. \\\***/// Yig'ilishga mo'ylovni ham chaqirib kelishdi.
470. Sinonimlar qatoridan shakl belgisidan tashqari xususiyat belgisini ham ifodalaydigan so'zlarni belgilang. 1) katta; 2) ulug‘; 3) ulkan; 4) buyuk; 5) gigant. \\\***/// 2, 4
471. So‘z ma’nosi vazifadoshlik asosida ko‘chgan so‘z birikmasini belgilang. \\\***/// samolyot dumi
472. So‘z nutq tarkibidan ajratilganda uning qaysi ma’nosi anglashiladi? \\\***/// bosh ma'nosi
473. Sovuq qish, sovuq odam kabi birikmalardagi sovuq so‘zi ma’nosiga ko‘ra qanday so‘z? \\\***/// ko'p ma’noli so‘z
474. So'z ma’nosi metonimiya asosida ko'chgan javobni belgilang. \\\***/// Navbatim sumka

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish