Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Download 192,34 Kb.
bet7/33
Sana20.07.2022
Hajmi192,34 Kb.
#826022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
Тураев Р. диссертация

Yaqqol validlik— test qo’llanishi haqida sinalvchilarda yoki boshqa shaxslarda yuzaga keladigan uni qo’llanishi, natijasi va prognozlash xususiyati haqidagi ma'lumotlar.
Yaqqol validlik bu sub'ektlarni imtihon qilishga undaydigan omil bo'lib, test topshiriqlarini bajarish ishiga va psixolog tomonidan tuzilgan xulosalarga jiddiyroq va mas'uliyatli munosabatda bo'lishga yordam beradi.
Konstruktiv validlik — o'rganilayotgan psixologik konstruktsiyaning test natijalarida namoyon bo'lish darajasini aks ettiruvchi validlik turi. Konstruktiv validlik(inglischa construct validity) – testlashtirish obyektini psixologik tahlil qilishni taqozo etadi,ya’ni test natijalari o’rganadi. Masalan, o’zlashtirishning bo’lmagan indikatorlar, haqiqatdan ham o’quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo’qmi?[,76;39,114]
Kostrukti og'zaki aql, hissiy beqarorlik, introversiya, nutqni tushunish, diqqatni o'zgartirish va boshqalar bo'lishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, validlikni konstruktsiyasi test bilan o'lchanadigan psixologik hodisalarning nazariy tuzilishi sohasini belgilaydi..
Masalan, aql-zakovat kabi konstruksiyalarning inson faoliyatidagi namoyon bo‘lishi ularni tanlash nuqtai nazaridan rang-barang va noaniq bo‘lgani uchun validlik mezonlari yoki validlik mazmuniga nisbatan konstruktiv validlikni o‘rnatish tartibi ancha murakkab.
Testning konstruktiv validligini haqiqiylikni tavsiflashning o'ziga xos usullari orasida, birinchi navbatda, konstruktiv haqiqiylik uchun o'rganilayotgan testni konstruktiv mazmuniga ega bo'lgan boshqa testlar bilan taqqoslashni kerak. Yangi test va shunga o'xshash test o'rtasidagi bog'liqlikning mavjudligi ishlab chiqilayotgan testga mos savollar bilan taxminan bir xil xulq-atvor, qobiliyat va shaxsiy sifatni "o'lchaganini" ko'rsatadi.
Konstruktiv validlikni tahlil qilganda, ishlab chiqilayotgan test nazariy jihatdan ma'lum bo'lgan yoki taxmin qilingan test bilan bog'liq bo'lgan konstruktsiyalarga qaratilgan keng ko'lamli boshqa testlar bilan qanday bog'liqligi haqida farazlar to'plamini shakllantirish odatiy holdir. Shu bilan birga, konstruktiv validlik nafaqat sinovdan o'tgan testning chambarchas bog'liq ko'rsatkichlar bilan bog'lanishi bilan, balki gipotezaga asoslanib, muhim aloqalar kuzatilmasligi kerak bo'lganlar bilan ham tavsiflanadi. Ushbu yondashuvlar konvergent (to'g'ridan-to'g'ri yoki teskari aloqa munosabatlarining yaqinlik darajasini tekshirish) va diskriminant (munosabatlar yo'qligini aniqlash) tasdiqlash sifatida belgilanadi.[48].
Nazariy jihatdan kutilgan munosabatlar to'plamini tasdiqlash konstruktsiyaning haqiqiyligini isbotlashning muhim sohasini tashkil qiladi.vIngliz tilidagi psixodiagnostikada konstruksiya haqiqiyligining bunday operativ ta'rifi "assumed validlik" (taxmin qilingan haqiqiylik) deb ataladi
Reprezintativ tanlanma - bu metodologiya bo'yicha statistik ma’lumotlar yig’iladigan sub’ektlar guruhi. Metodikalarni moslashtirishda reprezintativ tanlanma uchun 50 nafar tanlanma meyor deb qabul qilingan. [41,42].
So’rovnomaning dastlapki shakli diskriminativlik indeksi natijalariga ko’ra saralanib validlikga ega savollar qoldiriladi. Saralangan savollar har bir shkala bo’yicha dastlapki so’rovnoma va kalit shakllantiriladi. Ayni shu natijalar asosida so’rovnomaning birlamchi baholash parametrlari hosil qilinadi. Birlamchi baholash psixometriyasidagi eng keng tarqalgan o'zgarishlar standart og'ishlar orqali markazlashtirish va normallashtirishdir.
Markazlash - bu o’lchangan xususiyat qiymatlarining chiziqli o'zgarishi, bunda taqsimotning o'rtacha qiymati nolga teng bo'ladi. [25,40].
Validlikni aniqlashda aniq bir yo’nalish ko’rsatilmaydi. Validlikni turi, turli xil tushunchalari mavjud. Validlikning asosiy turlari bu, mazmuniy validlik, konstruktiv validlik va mezonli validlik, pragmatik validlik va boshqalar.
Standartlashtirish bu- birlashtirish, tartibga solish, eksperimental faoliyatni va o'lchangan psixologik ko'rsatkichlarni yagona standartlarga etkazish jarayoni. Muayyan psixologik texnika yordamida olingan ma'lumotlarni standartlashtirish standart test shkalalarini yoki standartlashtirilgan shkalalarni yaratish jarayonidir. [9,10,14,17].
Stantartlashtirishni ikki xil shakli mavjud. Birinchisi, bu eksperiment o'tkazish tartibini tartibga solish, subektlarni tekshirish, ma'lumotlarni qayta ishlash, ko'rsatmalarni birlashtirish, natijalarni qayd etish usullari, tadqiqot o'tkazish shartlarini standartlashtirish, subektlar kontingentining xususiyatlarini va boshqalar. Ikkinchi, standartlashtirish oddiy test shkalasini yangi shkalaga aylantirish funktsiyasini bajarishi mumkin, yani bunda sinaluvchilarning dastlapki ballini reprezintativ tanlanmadagi ballarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.[10,12,13,51,71].
Sandartlashtirilgan psixodiognostik test va metodikalar turli sinovlardan, topshiriq, savollar, vaziyatlar va boshqa iborat bo’ladi. Ayni shu topshiriqlar shaxsning individual psixologik xususiyatlari rivojlanish darajasi, qobilyatlari, erishgalik darajasi va boshqalarni aniqlab beradi. Standartlashtirish butun psixodiagnostik tadqiqodning yagona normalariga olib kelish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, test, so’rov o’tkazish va natijalarni baholash uchun talablarning bir xilligiga olib kelishdan iborat komples jarayonlarni o’z ichiga oladi.
I.Noss testlarni moslashtirish—bu yangi madaniy va ijtimoiy muhitda foydalanilganda diagnostika imkoniyatlarini saqlab qolgan holda texnikani moslashtirish yoki o'zgartirishdir.[29,38].
N.A.Baturin testlarni moslashtirish masalasiga ikki xil usulni ko’rsatadi. “Moslashtirish adaptatsiya-lot, tuzish, sozlash testni yangi muhitda foydalanish uchun uni adekvatligini taminlovchi jarayon” deb, testni moslashtirish huddi uni qayta tamirlashga o’xshatadi. Bunda testni til, ijtimoiy madaniy muhitga moslashganligi muhim. Test modifikatsiyasida esa, testga kattaroq o’zgartirish kiritishni, test obektini boshqasiga o’zgartirishni nazarda tutadi. Masalan, xarbiy hizmatchilar psixologiyasini o’lchavchi testni jinoyatchilar psixologiyasini aniqlovchi testga aylantirish, testni yangi porollel shaklni yaratish Kettell 16F so’rovnomasi 5 formasi, MMPI va MMPI-2 formalari mavjud, Ayzenkni testini bolalar va kattalar shakli mavjud, yoki testlarni kompyuterlashtirish. Xalqaro test komissiyasi 1982-yil testlarni moslashtirish bo’yicha o’z takliflarini beradi. Bunda 1-testni lingvistik tarjimasini to’g’ri tashkil etish bosqichi, 2-adaptatsiya bosqichi, madaniy muhitga to’liq moslashganligi va psixometrik o’lchovlarni aniqlash, 3- qayta test o’tkazish va natijalar interpretatsiyani to’g’riligini aniqlash [15. 2-7 ].
Moslashtirilgan test yangi muhitda ayni shu o’lchov xususiyatlarini aniqlovchi testlar bilan bir xil psixometrik o’lchovga ega bo’lishi kerak. Moslashuv ishlarining hajmi yangi testni yaratishga va moslashish jarayoni original testni ishlab chiqishga o'xshaydi. Psixodiognostikada horij testlari moslashtirilganda albatta o’zgartirish kiritiladi. Quyidagi bosqichlarda moslashtiriladi:

  • muallif tomonidan ilgari surilgan nazariyasi tahlili ko’rib chiqiladi;

  • test va qo’llanma tarjima qilinib, haqiqiy test bilan mosligi ekspert baholashdan o’tkaziladi;

  • test psixometrik talablar muvofiq validlik va ishonchliligi tekshiriladi;

  • belgilangan talablar asosida test standartlashtiriladi;[11,31,34].

Turli so’rovnomalar, verbal tetslar, ayrim intelekt testlari moslashtirishda muommolarni keltirib chiqarishi munkin. Asosiy muommo xalqlar o’rtasidagi til, ijtimoiy-madaniy muhitidagi farqlar bog’liq.
1.Metodikani yangi muhitga qo’llash. Qaysi bir olim tomonidan ishlab chiqilgan metodika o’sha muhit, ijtimoiy-madaniy, til normalariga mos tarzda tuzuladi va qo’llanish strukturasiga ega bo’ladi.
2.Moslashtirish adaptatsiya. Qo’llanilayotga test o’zining test normalariga ishonchlilik va validlik meyorlariga ega bo’ladi. Moslashtirish masalasi esa shu testni yangi muhit uchun yangi test meyorlari, o’lchovlarini ishlab chiqish o’z ichiga oladi.
3. Testni tiklash, konstruksiyalash. Psixologik xususiyat haqida nazariya mavjud, lekin uni shu muhitga, vaqtga, tahlilning sifatliligiga va boshqa talablarga muvofiq bo’ladigan o’lchash vositalari cheklangan. Aynan shunda ishonchlilik, validlik meyoriga ega testlarni muhitga moslashtirib foydalanish samaraliroq bo’ladi.[14,18,20,78].
Ma'lumki, ma'lum diagnostika muammolarini hal qilish uchun tavsiya etilgan test haqida ma'lumot kamida quyidagilardan iborat bo'lishi kerak:[9,10,101]

    • o'lchov vositasi tarkibining batafsil tavsifi;

    • natijalarni o'tkazish va qayta ishlash tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar;

    • normalarning tavsifi;

    • ishonchlilik ma'lumotlari;

    • haqiqiyligi to'g'risidagi ma'lumotlar.

Testning yosh yoki kasbiy va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bo’yicha standartlashtirish namunasidan farq qiladigan yangi populyatsiyaga “ijtimoiy-madaniy o’tkazish” holatiga o’zgarishi psixolog oldiga alohida vazifalarni qo’yadi. Bunday holda, bu zarur:
1. Agar uning mazmuni o’ziga xos yoki mintaqaviy xususiyatga ega bo'lsa, uning validlik meyorlari tekshirilishi lozim.
2. Testning standartlariga meyorlarga muvofiqligini tekshirish. Bu jarayonda faqat elemental psixologik xususiyatlar (masalan, nerv sistemasi xususiyati, jismoniy holat, senso-mator o’lchovlar, elemental kognitiv jarayonlar, psixologik faoliyatning strukturaviy-dinamik xarakteri) va obektiv vositalardan foydalanish (psixofiziologiya, jismoniy mashqlari mavjud testlar)noqulaylikga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga test o’tkazishda shaxs psixologik xususiyatlari itegratsiyasi va individual bilimi (xususiyatlari, motiv, ustanovka, o’z o’ziga bahosi, qiziqishlari, alohida qobilyatlari, muloqot uslubi, qadriyatlari yo’nalganligi va boshqa), test jarayonida foydalanilgan har qanday lingvistik vositalar bularning barchasi moslashtirish jarayonida test normalarini olish orqali bartaraf etiladi.



Download 192,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish