Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Xorijiy testlarni moslashtirishning nazariy va amaliy masalalari



Download 192,34 Kb.
bet8/33
Sana20.07.2022
Hajmi192,34 Kb.
#826022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Тураев Р. диссертация

1.2 Xorijiy testlarni moslashtirishning nazariy va amaliy masalalari

Tadqiqodlarda foydalaniladigan psixodiognostik testlar tadqiqot sifatini taminlovchi mezonlarga ega bo’lishi lozim. O’tgan asrning 70-80 yillaridan xorij olimlari testlarini mahaliylashtirish ishlari jadal rivojlana boshlandi.


Psixometrik o’lchovlardan yana biri bu ishonchlilik. Ishonchlilik –bu psixodiagnostik o'lchovlarning to’g’riligini, shuningdek, ushbu texnikadan foydalangan holda olingan natijalarning tashqi tasodifiy omillar ta'siriga barqarorligi yoki o’zgarmasligini aks ettiruvchi psixodiagnostika texnikasining o'ziga xos xususiyati. Shuningdek ishonchlilik - testning obektdagi o’zgarishlarga sezgir bo’lmaslik qobiliyatidir. Test ishochliligi uzoq vaqtgacha saqlanadi. Ammo intelekt testlari yoki topshiriqlari insonning aqliy rivojlanishiga ko’ra o’zgartitilishi mumkin.
Relyativ tashqi mezon bilan korrelyatsiyalarni tahlil qilish. Adaptatsiyaning ushbu bosqichi, agar test dastlab mezon va mo’ljalga asoslangan holda ishlab chiqilgan bo’lsa, ya’ni ob’ektlarni tanlash ularning validlik mezonlari bilan bog’liqligi asosida amalga oshirilgan bo’lsa, mutlaq zarurdir. Misol uchun, xuddi shunday ish F. B. Berezin jamoasi tomonidan MMPI ning qisqartirilgan, o’zgartirilgan modifikatsiyalangan versiyasi uchun amalga oshirildi.[17,18,22].
R.S.Nemov ta’kidlashicha, standartlashtirilgan test har qanday holatda, turli omillardan qat’i nazar, bir xil tarzda qo’llanilishi. Bu barcha jihatlarga taalluqlidir: diagnostika holati, shartlar, ko’rsatmalar, ishlatiladigan materiallar, ma’lumotlarni ro’yxatga olish va natijalarni qayta ishlash usullari ballarni xisoblash, interpretatsiya qilish. Shunday qilib, standartlashtirish diagnostika natijalarini amalga oshirish, qayta ishlash va taqdim etishning bir xilligini nazarda tutadi.
Reprezintativ tanlanma — (fransuscha. representatif — eksponentsial) — populyatsiya xususiyatlarini o’zida ifodalash kichik guruh. Umumiy tadqiqot guruhlarning xususiyatiga ega ekpremental kichik tanlanma guruhi bo’lib, reprezentativlik eksperimental namunaning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini o‘rganilayotgan populyatsiya xususiyatlari bilan solishtirib, ularning bir xilligini aniqlash yo‘li bilan topiladi. Sifat miqdori o’rnida ijtimoiy-demografik, o'ziga xos, intellektual(ta'lim), kasbiy va boshqa xususiyatlari bo’lishi mumin. Miqdor sifatida eksperimental guruhning miqdoriy xarakteristikasi uning minimal hajmi bo'lib, ayni paytda umumiy populatsiya xususiyatlarini saqlab qoladi. Metodikalarni moslashtirish masalasida reprezintativ tanlanma sifatida sinaluvchilar soni minimal 50 ta tashkil etadi. Klinik so’rovnomalarda 30 ta deb belgilangan [43,183].
Test normasini restandartlash. Yaqin vaqtgacha testlarni moslashtirish bo’yicha ishning faqat ushbu bosqichi barcha psixologlar tomonidan zarur deb tan olingan. Ammo bu holatda ham, olingan test ballarini namunaga ko’ra taqsimlash, barqarorligi va chidamliligini tekshirish uchun zarur statistik ish har doim ham takrorlanmagan.
Psixodiognostikdagi tadqiqotlar psixometrika va metematik texnologiyalari ma’lum bir bosqichlarda qo’llanilib kelinmoqda. Ushbu bosqichlar esa, testlarning ishonchlilik, validlik va standartlashtirish mezonlariga solish orqali amalga oshiriladi.
Validlikga xos muhum sifati hisoblanib quyidagilar:
1. O’rganilayotgan shaxsning test natijalari turli manbalardan olingan boshqa ma'lumotlarga muvofiqligi to'g'risidagi ma'lumotlar solishtiriladi nazariy taxminlar, kuzatish, ekspert baholari, ishonchliligi aniqlangan boshqa metodlarning natijalari va boshqalar.
2. O’rganilayotgan xususiyatning rivojlantirish prognozining to'g'risidagi ma’lumotlar;
3. O’rganilayotgan xulq-atvor yoki shaxsiy xususiyatlarning ma'lum psixologik konstruktsiyalar bilan mosligi;
4. Maxsus testlarma’lum yoshdagi shaxslar uchun, ma’lumot darajasi uchun, ijtimoiy-madaniy qatlam uchun test va boshqa.
5. Ma’lum bir holatlarda qo’llaniladigan testlar va boshqa.[9,23,32].
Validlikga ega testlarga kiritilgan topshiriqlarning subtestlarning o’rganilayotgan psixologik xususiyat bilan adekvatligi, test natijalarini miqdoriy baholash psixologik xususiyatga mosligini ko’rsatadi. Validlik test natijalarining asosliligi, ahamiyati, testning o'lchovini maqsadlariga muvofiqligi (ya'ni, test qo’yilgan maqsadga javob beradi: topshiriqlar mualliflari xohlagan narsani o'lchaydimi yoki yo’q). Tadqiqodlar uchun testni tanlashning to’rtta tayanch usuli mavjud: testning mazmunini tadqiqod mavzusi uchun mos bo’lishi kerak; test korrelyatsiya tahlilga ega bo’lishi kerak; test turli eksperimental tadqiqodlarda qo’llanilgan bo’lishi kerak; bir qator nazariy va eksperimental asosga ega bo’lishi kerak.
1. Metodikaning validligini tekshirish, agar metodika o’z mazmuniga ko’ra kasbiy yoki hududiy xususiyatlarga ta’siri bo’lsa qayta ko’rib chiqiladi0 .Buning uchun validlikni tekshirishning eng iqtisodiy jihatdan kamharj usulini tanlash kerak. Validlikni tekshirish eksperimentida namunalar o’lchami shunday bo’lishi kerakki, test ko’rsatkichi va validlilik mezoni o’rtasida statistik jihatdan ahamiyatli munosabatlarga erishishga umid qilish mumkin.
Test standartlariga muvofiqligini tekshirish. Faqatgina validlikni tekshirishda ijobiy natijadan keyin test ballarini qayta baholanishiga tavsiya etiladi. Ushbu taqsimotning miqdorlarini me’yoriy taqsimotning kvantlari bilan solishtirish kerak: agar nomuvofiqliklar ahamiyatsiz bo’lib chiqsa masalan, ular o’lchov xatolaridan oshmasa, unda biz universal test normalari ushbu populyatsiya uchun qo’llanilishi mumkin degan xulosaga kelishimiz mumkin. Biroq, amaliyotda ko’pincha sezilarli farqlar paydo bo’ladi. Bunday holatda psixolog “xususiy” test normalarini yaratishi kerak.
Biz shuni ta’kidlab o’tishimiz joizki, odatda “qo’llanilish” holatlari sifatida qaraladigan vaziyatlarning aksariyati aslida ko’proq yoki kamroq darajada jiddiy “madaniy o’zgarish” holati hisoblanadi. Aynan shu holatlar psixometrik-psixologlarning psixometrik tayyorgarligiga qo’yiladigan yuqori talablarni oldindan belgilab beradi. [55,123].
Yangi diagnostika usullarini yaratishda psixologning metodologik yo’nalishi va statusi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bu holda status ilmiy-tadqiqot muassasasida ishlaydigan psixologning faoliyati mahsulotiga qo’yiladigan normativ ish jarayoning ko’rsatmalarida belgilangan talablardagi sezilarli farqlarni anglatadi; va amaliy muassasada ishlaydigan psixolog ham bundan mustasno emas.
Agar birinchi holatda, psixolog tuzilgan metodologiyaning intrapsixologik validizatsiyani o’zining “yakuniy mahsuloti” deb hisoblashga haqli bo’lsa, ikkinchi holatda, u, qoida tariqasida, o’zining psixodiagnostika dasturining amaliy samaradorligini ta’minlashi shart - diagnostika natijalari bilan ba’zi bir ijtimoiy qimmatli ko’rsatkich mezonlarning qiymati o’rtasidagi statistik jihatdan ahamiyatli munosabatni ko’rsatish va undan so’ng ushbu bog’liqlik asosida vaziyatni kerakli darajada o’zgartirish uchun “aralashuv” psixologik tushunchasini yaratishi kerak.
Tadqiqotchi o’z statusida xilma-xil bo’lgan ko’plab validlilik mezonlarini ta’minlash uchun yetarli resurslarga ega - biriktirilgan kuzatuvchilarning validliligini sub’ektiv baholashdan Kettell bo’yicha L-ma’lumotlari o’lchangan xususiyatning namoyon bo’lishining real vaziyatlarini eksperimental modellashtirishgacha Kettell bo’yicha T - ma’lumotlar deb belgilangan.[12,13,15,18;]
Agar amaliyotning barcha talablarini oldindan ko’rib chiqish va oqilona rejalashtirish, tegishli dalillarga asoslangan diagnostika mualajalarini tayyorlash mumkin bo’lsa, bu hodisa mavjud bo’lmaydi. Ammo bunday bashorat har doim faqat ma’lum darajada amalga oshirilishi mumkin - real amaliyot abstraktsiyalar tekisligidagi deduktiv harakatdan farq qiladi, bu har doim yangi va kutilmagan hodisalar bilan to’qnashuvga olib keladi, bu ham o’z navbatida yangi metodikalarning paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
4. Ushbu test uchun vaqt chegaralari. Masalan, katta yoshli respondentga IQ testini bajarish uchun 30 daqiqa vaqt beriladi.
5. Ushbu testni bajarish uchun standart shakl. Standart shakldan foydalanish ishlov berishni osonlashtiradi.
6. Vaziyat o'zgaruvchilarning jarayon va test natijalariga ta'sirini hisobga olish. O'zgaruvchilar sinov ob'ektining holatini (charchoq, ortiqcha kuchlanish va boshqalar), nostandart sinov sharoitlarini (yomon yorug'lik, ventilyatsiya etishmasligi va boshqalar), sinovning uzilishini anglatadi.
7. Diagnostikaning xulq-atvorining jarayonga va tekshirish natijasiga ta'sirini ko'rib chiqish. Masalan, sinov paytida eksperimentatorning ma'qullovchi va rag'batlantiruvchi xatti-harakati respondent tomonidan "to'g'ri javob" ga ishora sifatida qabul qilinishi mumkin.
8. Respondentning test o'tkazish tajribasining ta'sirini hisobga olish. Tabiiyki, test jarayonidan birinchi marta o‘tayotgan respondent noaniqlik tuyg‘usini yengib o‘tdi va test vaziyatiga nisbatan ma’lum munosabatni shakllantirdi. Masalan, agar respondent allaqachon IQ testini topshirgan bo'lsa, unda siz uni ikkinchi marta taklif qilmasligingiz kerak.
Samarali axborot bazasini, ushbu tizimning bo’g’inlari o’rtasidagi axborot aloqasining operativ shakllarini ham uslubiy, ham amaliy ta’minlashda, testlarning har qanday amaliy qo’llanilishi bir vaqtning o’zida ikkala tomondan usullarning yangi, psixometriya va nazariyalar tomondan qayta ko’rib chiqilgan variantlarni loyihalash bo’yicha ulkan ishlarga aylanadi.
Tadqiqotning axborot bazasini shakllantirish. Testni yaratish uchun axborot bazasini shakllantirish - bu xususiyatlar tizimini o’lchanadigan ruhiy fenomenni tavsiflovchi ajratib ko’rsatish, ular asosida testning “test” variantini yaratish va u yordamida tajriba o’tkazishni anglatadi.
Shu bilan birga, ushbu bosqichning eng murakkab va shakllantirilishi qiyin bo’lgan qismi bu dastlabki xususiyatlar tizimini aniqlashdir, chunki o’lchov predmeti dastlab, qoida tariqasida, ancha umumiy shaklda aniqlanadi.
L. T. Yampolskiy ta’kidlaganidek test predmetini mazmunli rivojlantirish uchun eng yaxshi asos bu - yaxshi rivojlangan psixologik nazariyaning mavjudligidir bu psixologiyada juda kam uchraydi [13]. Shu munosabat bilan, mazmunli tahlilning yakuniy natijasi, tahlil qilinadigan konstruktsiyaning aniq verbal ta’rifi va uning tarkibiy qismlarga bo’linishi bo’lishi kerak.
Shundan so’ng ular konstruktning asosiy mazmunini relevant tarzda aks ettiruvchi xususiyatlar tizimini izlashga kirishadilar. Xususiyat tizimi quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
- tavsifning to’liqligi - tizim o’lchangan tushunchaning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak;
- tavsifning samaradorligi - vaqt cheklovlari, katta ma’lumotlar massivlarini yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilishdagi qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lgan talab;
- belgilar tizimining aniq tuzilishi - belgilar o’lchanadigan tushunchaning oldindan aniqlangan jihatlariga nisbatan teng ravishda guruhlanishi kerak;
- tanlangan xususiyatlarning miqdoriy aniqligi - xususiyatlar keyinchalik rasmiylashtirish matematik ishlov berish imkonini berishi kerak.
Ushbu talablardan kelib chiqib, topshiriqlar punktlar ro’yxatini tuzish va testning dastlabki variantini yaratish kerak.
Alohida topshiriqlarning savollar, ta’kidlar sifati butun so’rovnoma uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lganligi sababli, biz vazifalarni shakllantirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni, shuningdek, har xil turdagi vazifalarning afzalliklarini ko’rib chiqamiz.
Shaxs so’rovnomalari uchun topshiriqlarni ishlab chiqishda quyidagi muammolarni hisobga olish kerak, agar ularning oldini olishning imkoni bo’lmasa, muqarrar ravishda test validliligining past darajasiga olib keladi
1. Fikrga qo’shilish rozilik olish ustanovkasi.
Bu sinaluvchining so’rovnomaning tarkibidan qat’iy nazar, ta’kidlarga rozi bo’lish yoki savollarga “ha” deb javob berishga moyillik oshishi. Ko’pincha bu savollar noaniq va mavhum bo’lganda o’zini namoyon qiladi.
2. Jamiyat tomonidan qabul qilingan javoblar ustanovkasi.
Bu sinaluvchilarning test savollariga “ijtimoiy ijobiy” ko’rinadigan tarzda javob berish tendentsiyasidir: agar “ijtimoiy ma’qul” javob berishning imkoni mavjud bo’lsa, sinaluvchilar bunday javob berishlarining ehtimoli katta. Ushbu ustanovka, xususan, MMPI testi natijalariga ta’sir qiladi.
3. Noaniq yoki o’rtacha javoblar uchun ustanovka.
Agar so’rovnomada qat’iyatsizlik yoki javobga bo’lgan ishonchsizlikni aks ettiruvchi masalan, “ishonchim komil emas”, “bilmayman” yoki “javob berish qiyin” javoblarning o’rta kategoriyasi taqdim etilsa, unda ko’plab sinaluvchilar xavfsiz kelishuv kabi aynan ushbu javobga murojaat qilishadi. Bu o’z navbatida vazifalar validliligini pasayishiga olib keladi, chunki savollarni tahlil qilish metodlarining aksariyati ko’rsatkichlarning ekstremal qiymatlariga asoslanadi. [41,42].
D. Kempbell testlarni tarjima qilishning ikki xil usulini ajratib ko’rsatadi -simmetrik va assimetrik”,bunda testlarni standart tarjima qilishda asl test nusxasiga o’xshash test ishlab chiqishga kirishib, noodatiy egzotik test xosil qilish mumkin. Bunga sabab, iboralar o’rtasidagi farq bo’lib, asl testdagi iboralarni boshqa tildagi iboralarga almashtirishda savollarning o’zaro bir-biriga o’xshashligi saqlanib qolinadi. Shaxsiy so’rovnomalarning moslashuvining lingvistik jihati so’z va grammatikani ushbu aholining yosh va ta’lim tuzilishiga moslashtirishni anglatadi, til birliklari va toifalarining mazmunli ma’nosini hisobga olish lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday so’rovnomaning tarjimasi nafaqat murakkab lingvistik vazifa. Test yaratilgan jamiyatning madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari doimo aks ettirilgan. Simmetrik tarjima deb ataladi, unda odatiy suhbat kabi ma’no saqlanadi — asimmetrik tarjimada esa, ikkita tildan bittasini asos qilib olinadi, odatda asl test yaratilgan til ma’nosi saqlanib qolinadi.
Ushbu tahlil ba’zi aynan qaysiligi hali noaniq “barcha empirik ko’rsatkichlar chorrahasida yotgan” umumiy diagnostik xususiyatlarni, haqiqatan ham mavjudligini ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
Bunday tahlil faktorli tahlil yordamida olingan barcha test shkalalariga, masalan, Ayzenkning EPI va 16PF Kettelning test-anketalariga nisbatan majburiydir. Shu bilan birga, ichki izchillik talabini “lokus nazorati” so’rovnomasiga yoki ko’plab asosiy klinik MMPI shkalalariga qo’llash shart emas, chunki bu shkaladagi punktlar tashqi mezon bo’yicha tanlangan va bir omil bilan bog’liq emas. Ichki izchillik tahlili bir o’lchovli va ko’p o’lchovli testlarga qo’llanilishi mumkin.



Download 192,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish