«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/80
Sana01.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#305710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
o'zbek xalq maqollari (2005)

BBK  8 2 .3 (5 U )

©  «Sharq»  nashriy ot-m at baa   aksiyadorlik  kompaniyasi 

Bosh  tahririyati,  2005.



SO  ZDAN  SO  ZNING  FARQI  BOR

Til,  falsafa  va  badiiy  ijodning  o £ziga  xos  hodisasi  sifatida 

yuzaga  kelgan  xalq  maqollari  folklorning  ixcharn shakl,  ammo 

teran  mazmunga  ega  bo‘lgan  bir  janridir.  H ar  biri  tilimiz 

ko£rkini,  nutqimiz  nafosatini,  aql-farosat  va  tafakkurimiz 

mantiqini  hayratomuz  bir  qudrat  bilan  namoyish  etgan  va 

eta  oladigan  bunday  badiiyat  qatralari  xalqimizning  ko'p 

asrlik  hayotiy tajribalari  va  maishiy  turmush  tarzining bamisoli 

bir  oynasidir.  Bu  badiiy  oynada  uning  hayotga,  tabiatga, 

inson,  oila  va  jam iyatga  m unosabati,  ijtim oiy-siyosiy, 

m a’naviy-m a’rifiy,  axloqiy-estetik  va  falsafiy  qarashlari, 

qisqasi,  0 ‘zi  va  0 ‘zligi  to kla  namoyon  bo‘lgandir.  Shuning 

uchun  ham  maqollar  g‘oyatda  keng  tarqalgan  bo‘lib,  asrlar 

davomida jonli  so£zlashuv  va  o £zaro  nutqiy  munosabatlarda, 

badiiy,  tarixiy  va  ilmiy  asarlarda,  siyosiy  va  publitsistik 

adabiyotda doimiy  ravishda  qo‘llanilib  kelgan va  qo£llanmoqda. 

Yillararo,  davrlararo  ularning  yangilari  yaratilib  turgan, 

eskilarining  — jonli  muomalada,  tilda  mavjudlarining  m a’no 

doirasi  kengayib  yoki  torayib  borgan.  Hatto  ularning  muayyan 

qismi  unutilib  ketgan.  Chunki  o £zbek  xalqining  bunday  ulkan 

folklor  m erosi  folk lo ristiк  nuqtayi  n azardan  keyingi 

asrlargacha  deyarli  to£planmay  va  o£rganilmay  kelgan.  Bundan 

xalq  m aqollari  o £tm ish  adiblari,  shoirlari,  tarixchilari 

e ’tiboridan  mutlaqo  chetda  ekan,  degan  xulosa  chiqarmasligi- 

miz  kerak.  Maqolga  adabiy  nuqtayi  nazardan  qiziqish,  asar 

badiiyligini  oshirish  va  badiiy  til  ravonligini  ta’minlash  uchun 

undan  foydalanish  hamm a  zamon  so£z  san’atkorlarining 

diqqat  markazida bo‘lgan.  Yusuf Xos  Hojib,  Ahmad  Yassaviy, 

Rabg£uziy,  Lutfiy,  Alisher  N avoiy,  Bobur,  Abulg'ozi 

Bahodirxon,  Munis,  Ogahiy,  Nodira,  Muqimiy,  Furqat, 

Avaz,  Hamza.  Sadriddin  Ayniy,  Fitrat,  C h o lp o n ,  Abdulla 

Q o d iriy ,  O ybek,  G £afu r  G u l o m   va  bo sh q a  o ‘n!ab 

ijodkorlaming  asarlari  sinchiklab  o'rganilsa,  ularning  tarkibida 

qanchadan  qancha  maqollar  ba’zan  aynan,  ba’zan  o £zgargan 

holda  mavjudligiga  ishonch  hosil  qilamiz.  Tariximizda  hatto 

maqolga  maxsus,  agar  ta'bir  joiz  bo'lsa,  folkloristik  nuqtayi 

nazardan,  garchi  epizodik  xarakterda  bo£lsa-da,  munosabatda 

bo£lingan  hollarga  ham  duch  kelamiz.  XI  asrning  ulkan




tilsh u nos  o lim i,  fo lk lo rsh u n o s  va  e tn o g ra f  M ah m u d 

Koshg‘ariyning  to'plovchilik  faoliyati  va  uning  «Devoni 

lug‘otit  turk»  asari  bunga yorqin  miso]  bo‘la  oladi.  «Devon»da 

turli  munosabatlar  bilan  turkiy  xalqlar  orasida  keng  tarqalgan 

400  ga  yaqin  maqol  va  matallar  ham  keltiriladiki,  ulaming 

aksariyati  bugun  ham  ayrim  o ‘zgarishlar  bilan  tilimizda 

muvaffaqiyatli  ravishda  ishlatilmoqda.  Bu  o ‘rinda  adabiyotimiz 

tarixida  maqollar  asosida  yaratilgan  asarlar  ham  mavjudligini 

t a ’kidlab  o ‘tish  zaru r.  M asalan ,  M u h a m m a d   S h a rif 

Gulxaniyning  «Zarbulmasal»  asari  tarkibida  300  dan  ortiq 

maqol  bor.  Yoki,  Sulaymonqul  Rojiy  o ‘zining  «Zarbulmasal» 

asarida  400  dan  ortiq  maqolni  she’riy  vaznga  solganligi  ham 

e'tiborga  loyiq  hodisadir.

0 ‘zbek  xalq  maqollariga  muayyan  bir tartib berib,  maimua 

va  xrestomatiyalarga  kiritish,  ulardan  maxsus  to ‘plam lar 

tuzish  ishlari  esa  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlandi. 

Masalan,  venger olimi  H.Vamberining  1867-yilda  Leypsigda 

nashr  etilgan  «Chig‘atoy  tili  darsligi»  xrestomatiya-lug‘atiga 

o ‘zbek  folklori  va  adabiyotining  ayrim  namunalari  qatori 

112  ta  maqol  kmtilgan  bo‘lib,  ularning  nemis  tiliga  taijimasi 

ham  berilgan.  Shundan  keyin  birin-ketin  N.  Ostroumov 

(18 9 5),  B.  R a h m o n o v   (1 9 2 4 ),  Sh.  J o 'ra y e v   (1 9 2 6 ), 

H.Zarifov  (1939,  1947),  B.  Karimov  (1939),  Sh.  Rizayev, 

0 ‘.A z im o v ,  0 ‘.  X o lm a to v   (1 9 4 1 ), 

M.  A fz a lo v , 

S.  Ibrohimov,  S.Xudoyberganov  (1958,  1960,  1965,  1978), 

R.  Jumaniyozov  (1964,  1967,  1970),  E.  Siddiqov  (1976, 

1986),  B.  Sarim soqov,  I.  H aqqulov,  A.  M usoqulov, 

R.  Z arifo v   (1 9 7 8 ),  B.  S a rim so q o v ,  A.  M u so q u lo v , 

M.  M a d ra h im o v a   (1981 ,  1984),  Sh.  S h o m a q su d o v , 

Sh.  S h orah m edo v   (1987,  1990,  2001),  T.  M irzayev,

B.  Sarimsoqov,  A.  Musoqulov  (1989)  kabi  folklorshunoslar, 

fan  va  m adaniyat  xodim lari  to m o nidan  tuzilgan  turli 

xarakterdagi  va  turli  hajmdagi  maqollar  to ‘plamlari  nashr 

etildi.  M.  Abdurahimov,  X.  Abdurahmonov,  M.  Sodiqova, 

H.  Karomatov,  K.  Karomatova,  H.  Berdiyorov,  R.  Rasuiov 

kabi  olimlaming  tilshunoslik va taiiimashunoslik yo‘nalishidagi 

to lplamlari  yuzaga  keldi.  Shumngdek,  Y.  Chemyavskiy, 

V.  R o ‘zim atov  (1959),  N.  G atsu n ay ev   (1983,  1988), 

A.  N aum ov  (1985)  kabi  tarjim onlarning  m ehnati  bilan 

o ‘zbek  xalq  maqollari  rus  tilida  ham  ayrim-ayrim  to ‘plamlar 

sifatida bosilib  chiqdi.

Turli  davrlar,  turli  yillarda  bunday  to ‘plamlaming  nashr 

etilishi  xalq  maqollarini  to'plash,  ularga  muayyan  bir  tartib 

berish,  ulardagi  umuminsoniy  gkoyalami  targ‘ib  qihshda  katta

4



ahamiyatga  ega  b o id i.  Bu  to ‘plamlardagi  faktik  materiallar, 

asosan,  b ir-b irin i  takrorlaydi.  Shunga  qaram ay,  ular 

materialning hajmi,  tanlanishi,  mavzularga  ajratilishi jihatidan 

bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan,  M.  Afzalov  boshchiligida 

tayyorlangan  to ‘plamning  keyingi  nashriga  2500  dan  ortiq 

maqol  34  mavzuga  b o iib   berilgan  b o isa ,  R.  Jumaniyozov 

to'plam ining  so‘nggi  nashrida  1047  maqol  22  mavzu  ostida 

jamlangan.  Yoki  B.  Rahmonov  to kplamiga  564,  Sh.  Jo lrayev 

to kplamiga  711  maqol  kiritilgan,  xolos.

0 ‘zbek  xalq  m aqollarini  to 'p la sh   va  o krganishdagi 

shubhasiz  katta  yutuq  ulam ing  ilmiy-akademik  nashrini 

tayyorlash boidi.  1987—1988-yillarda  ikki jildda  nashr etilgan 

bu  to kplam  o‘n  uch  mingga  yaqin  xalq  maqolini  o ‘z  ichiga 

oladi.  Qoiingizdagi  to ‘plam  folklorshunoslikda  to ‘plangan 

xalq  maqollarini  to ‘plash va  o‘rganishdagi  boy  tajriba  asosida 

tuzildi  hamda  hozirgacha  mavjud  m ateriallam i  nisbatan 

to ia ro q   qamrab  olishga  harakat  qilindi.  T o ‘plam  keng 

kitobxonlar  ommasiga  moijallanganligi  uchun  ham  bu  yerda 

maqollaming  ilmiy-badiiy  tahliliga  keng  o‘rin berishga  zarurat 

y o ‘q.  Am m o  t o kplam dan  foydalanishni  o sonlashtirish 

maqsadida  maqolga  xos  b o ig an   ayrim  jihatlam i  alohida 

ta ’kidlab  o ‘tish  zarur.

M aqollar  ko‘p  asrlik  hayotiy  tajribalar,  doimiy  kundalik 

kuzatishlar  xulosasini  tugal  fikr  tarzida  qat’iy  qutbiylikda 

ifodalar  ekan,  ularda  har  bir  so‘zning  m a’no  xilma-xilligi, 

iboralarning  turgiinligi,  shakliy  barqarorlik  ustunlik  qiladi. 

Ammo  qoilanish o ‘miga qarab  ularning  m a’no  doirasi  doimiy 

ravishda  kengayib  boradi.  Shuning  uchun  ham  maqoldagi 

har  bir  so‘zga  alohida  e ’tibor  berish  kerak.  Ularda  shunday 

sokzlar  borki,  bu  so‘zlar  tarixan  butunlay  boshqa  m a’nolarni 

anglatgan.  Masalan, 


Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish