«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


«Bulbul  chamanni  sevar,  Odam  —  Vatanni»



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/80
Sana01.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#305710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
o'zbek xalq maqollari (2005)

«Bulbul  chamanni  sevar,  Odam  —  Vatanni»

 

maqolini  bulbul  cham anni  sevganday,  odam  vatanni  sevar 



yoki 

«Dehqon  bo‘lsang,  shudgor  qil,  Mulla  boisang,  takror

 

qil» 

maqolini  dehqon  shudgor  qilganday,  mulla  bo‘lsang 

takror  qil  deb  ko‘raylik-chi,  butunlay  m a’nosizlik  yuzaga 

keladi.  Keyingi  paytlarda  matbuot  sahifalarida  maqolning  ana 

shu  xususiyatini  hisobga  olmay,  o ‘zgartirib  q o llash   hollariga 

duch kelmoqdamiz.  Masalan, 

«Ustoz  otangdan  ulug‘» 

maqoli 


«Ustoz  otangday  ulug‘» 

tarzida  buzib  qo‘llanmoqda.  Bunda 

otani  kamsitish  holati  yo‘q,  shunday  bo‘lganda  xalq 

«Ota

 

rozi  —  xudo  rozi» 

degan  maqolni  yaratmas  edi.  Bu  yerda 

ustoz  hurmatini  bo‘rttirish  bor.  Qolaversa,  xalqda  barcha 

odamzodning  birinchi  yakka-yagona  ustozi  Ollohdir,  degan 

tu sh u n c h a lar  ham   bor.  Ik k in ch id an ,  ustoz  bilan  ota 

tenglashtirib  qo‘yilsa,  maqol  mazmuni  butunlay  o ‘zgarib, 

xalq  qarashlariga  zid  b o lib   qoladi.  T o‘g‘ri,  ko‘p  variantlilik 

maqollar uchun  xos  hodisa.  Ammo  bu  maqollarni  istagancha 

o'zgartirish  mumkin  degani  emas.  Variantlilikning  ham  o ‘ziga 

xos  tabiiy  qonuniyatlari  bor.

Maqollar  ketm a-ket  kelganda,  biri  ikkinchisini  inkor 

etgandek,  bir-biriga  ziddek  tuyulishi  mumkin.  Aslida  esa 

q o llan ish   vaziyatga  qarab  turli-tum an  m a’no-m azm unni 

ifodalaganligini  unutmaslik  kerak.  Quyidagi  maqollarga e ’tibor 

qiling:


K o‘pni  yomonlagan  ko‘muvsiz  qolar.

Ko‘pni  yomonlagan  ko‘milar.

Yoki:

Hisoblashgan  do‘st  emas.



Hisobli  d o ‘st  ayrilmas.


Keltirilgan  m aqollar  bir-biriga  zid  emas.  Yoki  biri 

iJkkinchisinmg  buzilgan  varianti  ham  emas.  Ular o‘z  m a’nosiga 

ega  mustaqil  maqollardir:

Ко ‘pni yomonlagan  ко 'muvsiz  qolar.

M a ’lum ki,  xalqim iz  m arhum larga  alohida  hurm at 

ko‘rsatadi.  Tirikligida  qanchalik  yomon  bo‘lishmasin,  ular 

haqida  yomon  so‘z  aytishdan,  garchi  to ‘g‘ri  bo‘lsa  ham, 

tiyiladi.  Maqolda  esa  bunday  kishilaming  azasiga  ham  kishilar 

istar-istamas  kelishi,  tilida  aytmasa  ham,  dilida  ulaming  aslida 

kim  boiganini  unutmasligi  o ‘z  ifodasini  topgan.  Bunday 

qat’iy  hukmda  o ‘ziga  xos  ogohlantirish  holati  tasvirlangan.



К о'pni yomonlagan  ко ‘milar.

Bu  yerda  halok  bo‘lar,  el  nazaridan  qolar  degan  m a’no 

ifodalangan.

Hisoblashgan  do ‘st  emas.

Ba’zi  kishilar  arzimas  xizmatlarini  ham  do‘stga  minnat 

qilishadi.  Bu  yerda  so‘z  o ‘sha  haqda  ketmoqda.

Hisobli  do ‘st  ayrilmas.

Bu  maqolda  esa  do‘st  kishi  d o ‘stning  yaxshiliklarini 

unutmasligi,  doim o  yodda  tutishi  kerak,  degan  m a’no 

ifodalanmoqda.

M aqollarning  jonli  jarayonda,  vaziyatga  qarab  qo ll- 

lanilishidan  mazkur  to ‘plamga  xos  yana  bir  xususiyat  kelib 

chiqadi,  ya’ni  b a ’zi  m aqollar  misralar  o ‘rni  almashgan 

holda  mavzularda  takrorlangan.  Bu  to ‘plam  hajmini  sun’iy 

ko‘paytirish  uchun  tuzuvchilar  o ‘ylab  chiqqan  narsa  emas. 

To‘plamdagi  barcha  maqollar  xalqdan  yozib  olingan  va  ular 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  Til  va  adabiyot 

institutining  folklor  arxivida  saqlanadi.  Ana  shu  qatorlar 

almashuvi,  hatto  so‘zlar,  iboralaming  o'rin  almashuvida 

ham  m a’no  o ‘zgachaligi  yuzaga  keladi.  Masalan,  sokz  isrofgar 

xotin  haqida  ketayotgan  bo‘lsa,  maqolni 


Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish