Shaxs qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi



Download 42,5 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2022
Hajmi42,5 Kb.
#701148
  1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya



SHaxs - qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi.
«Individuallik» - konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Temperament- insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Temperament kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko‘rinadigan individual xususiyatdir.
Har qaysi kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil bo‘ladi. Bir xil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo‘zg‘aladi va barqaror bo‘ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo‘zg‘alish sust, zaif bo‘lib, uzoqqa bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alishlari bilan birga, organizmning atrofdagi muhit ta’siriga javoban ko‘rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol ko‘rinadi.
Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har xil beixtiyor ish-harakat va imo-ishoralarida ko‘rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aql va jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi.
Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir xil odamlarni «tez», «betoqat», «serg‘ayrat», «jo‘shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.
Temperament lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas «qora», chole «o‘t»), balg‘am (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:
o‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir;
qonning xususiyati issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir;
qora o‘tning xususiyati namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir;
balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovitib turishdan iboratdir.
Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy aktivligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga), o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.

Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish