Shaxsni kamol toptirishda tarbiya



Download 93,07 Kb.
bet1/18
Sana20.07.2022
Hajmi93,07 Kb.
#828605
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi fanidan savolarga javoblar


1.Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar(Jamiyat,munosabat , faoliyat) Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog’liq.Muhit – bushaxsningshakllanishigata’siretuvchitashqivoqeahodisalarajmuyi. «Muhit» tushunchasio‘zigageografik-hududiy,ijtimoiyvamikromuhit (oila) xususiyatlarini ifodaetadi.Mikromuhito ‘zidaqisman ijtimoiymuhitqiyofasini aksettiradi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali arnalga oshiriladi.Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda, shaxs rivojlanishiga ta’sir etadi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’èirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi: Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi, axloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o ‘zgarib boradi va ular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirib boriladi. Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kunlik harakat zarur. Faoliyat yordamida bola atrofmuhit bilan munosabatda bo’ladi, shu orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, tafakkur qilish darajasi yuksaladi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi.Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o ‘zaro bogiqligi Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan shqarida boMmaydi. Shu sabbli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat – o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
2.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning psixologik xususiyatlari(kognitiv jarayonlar,emotsional motivatsion sohasi)Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10 (11) yoshgacha bo’lgan boshlang’ich sinf (I-IV) o’quvchilari kiritiladi. Lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat’iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta’limi tizimida yuz beradigan ayrim o’zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o’z ta’sirini o’tkazadi. Jumladan, bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko’ra boradi, buning uchun u, dastavval ta’lim-tarbiya tomonidan o’quvchi shaxsi oldiga qo’yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologik - jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog’ligi va qolaversa nuqsonlarini hisobga olish o’qishning muvaffaqiyat garovidir. Boshlang’ich sinf o’quvchisi biologik jihatdan nisbatan bir tekis taraqqiy etadi, uning bo’yi va og’irligi, o’pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. Biroq o’quvchining suyak tizimi (ko’krak qafasi, tos, qo’l suyaklari), umurtqa pog’onasida hali tog’aysimon to’qimalar uchraydi, bu esa mazkur tizimning yetarli darajada takomillashib bo’lmaganligidan darak beradi. Yurak muskullari ularda tez o’sadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo’ladi, miyaning og’irligi boshlang’ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya po’stining analitik-sintetik faoliyati takomillashadi, ko’zg’alish bilan tormozlanish o’rtasidagi o’zaro munosabat (muvozanat) o’zgaradi, lekin qo’zg’alish nisbatan ustunlikka ega bo’ladi, shuning uchun o’quvchining to’g’ri o’sishiga g’amxo’rlik qilish, toliqishning oldini olish zarur, o’qish va dam olish rejimiga qat’iy rioya qilish ma’qul.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni to’g’ri tarkib toptirish uchun o’qituvchi bola tafakkurining rivojlanishi xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini puxta anglab olgan bo’lishi kerak. Fikr yuritish operasiyalarining psixologik asoslari va mexanizmlarini bilmasdan turib, u bularni o’quvchilar ongiga singdira olishi mumkin emas.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama yetuk, go’zal axloqli, xush odobli inson qilib kamol toptirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki, bu narsa milliy qadriyat va ruhiyatni tiklash jarayonida ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirish masalasidan kelib chiqadi. Mazkur muammoni o’rganishda psixologlar oldida turgan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshlang’ich ta’limni ilmiy asosda to’g’ri yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarur.Ma’lumki, o’quvchi shaxsini shakllantirish faoliyatini namunali yo’lga qo’yish uchun dastavval ularning xarakter xislatlarini va shaxs fazilatlarini maqsadga muvofiq tarkib topganligi darajasini aniqlash ayni muddaodir. Har bir o’quvchini axloqiy jihatdan aniqlagandan keyin alohida olingan subyekt bilan induvidual munosabatda bo’lishi imkoni vujudga keladi.8-10 yoshli boshlang’ich sinf o’quvchilarining shaxsiy fazilatlari beqaror, dunyoqarashi sodda, tashqi taassurotlarga tez beriluvchilardir, Buyuk allomalarning ta’kidlaganlaridek, kishining xarakteri hammadan ko’ra ko’prok uning hayotining dastlabki bilimlarida tashkil topadi va mazkur xislatlarida namoyon bo’lgan sifat juda mustahkam o’rnashadi va bolaning ikkinchi tabiatiga aylanadi.Bolaning ikkinchi tabiatida ijobiy his-tuygularni, shaxs fazilatlarini tarkib toptirishda, yuksak axloqiy sifatlarni ularda shakllantirishda barcha mas’uliyat boshlang’ich sinf o’qituvchining zimmasiga tushadi. O’quvchining ushbu yosh davrida o’qituvchining har bir aytgan so’zi, har bir xatti-harakati, ta’sir o’tkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni rolini o’tadi. Chunki, o’quvchilar o’z o’qituvchisiga juda qattiq ishonadilar, uning fikr va mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik nazokatdan (taktdan) o’ta ta’sirlanadilar, qo’ygan talablariga hamisha amal qiladilar. Ana shu boisdan pedagog tomonidan berilgan barcha vazifalar, yaratilgan muammoli vazifalarni bajarishga intiladilar, ularni o’z vaqtida ado etishga harakat qiladilar. O’qituvchiga yuksak ishonch, unga bevosita taqlid insonni inson tomonidan idrok qilishni identifikasiya bosqichiga o’xshab ketadi.
3.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning maktabga moslashuvi (Bolaning maktabga tez moslashishi va muvafaqiyatli o’qishi) Maktabning moslashuvi- bu maktab yoshidagi bolaning ta'lim muassasasi sharoitlariga moslashuvining buzilishi bo'lib, unda o'quv qobiliyati pasayadi, o'qituvchilar va sinfdoshlar bilan munosabatlar yomonlashadi. Ko'pincha bu kichik maktab o'quvchilarida uchraydi, lekin o'rta maktabdagi bolalarda ham paydo bo'lishi mumkin. Bolaning maktabga kirishi uning sotsializatsiyasidagi burilish nuqtasi bo'lib, u o'zi bilan uning moslashish qobiliyatining jiddiy sinovlarini olib keladi.Deyarli hech bir bola maktabgacha yoshdagi bolalikdan maktabga silliq o'tmaydi. Yangi jamoa, yangi rejim, yangi faoliyat, munosabatlarning yangi tabiati chaqaloqdan yangi xatti-harakatlar shakllarini talab qiladi. Yangi sharoitlarga moslashish, bolaning tanasi adaptiv reaktsiyalar tizimini safarbar qiladi.Maktabga kirgan bola fiziologik va ijtimoiy jihatdan etuk bo'lishi, u ma'lum bir aqliy rivojlanish darajasiga yetishi kerak. O'quv faoliyati bizni o'rab turgan dunyo haqida ma'lum bilimlar zaxirasini, elementar tushunchalarni shakllantirishni talab qiladi. O'rganishga ijobiy munosabat, xatti-harakatlarni o'z-o'zini tartibga solish qobiliyati muhim ahamiyatga ega.
4.Taraqiyot psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari (Fan rivojlanish tarixi, maqsadi)Rivojlanish psixologiyasi — inson psixikasining ri­vojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to’g’risidagi fandir.Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida pred­met sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sosiogenetik (K.Le­vin), bixevioristik (E.Torndayk), psixoanalitik (3.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko’p. Ular to’g’risida keyingi sahifalarda batafsil to’xtalgan
5.O’qituvchi psixologiyasi (Jamiyatda o’qituvchi shaxsining o’rni)Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar. O’qituvchining o’rni va uning vazifalari, o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniklanadi. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbik etish jarayonida o’qituvchining yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib boravyeradi.Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga quyayottan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda tug`ri Hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog`liqdir.Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. o’qituvchi - sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qushimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari Hollarda Ham keraqli maslahatlar borishda bilimlar manbaidan biridir, Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo’lib Hisoblanadilar.Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun Ham ukituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yulga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mehanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O’qituvchi maktabning pedagog jamoa a'zosi sifatida maktab, Hayoti faoliyatini uyutirishda bevosita ishtiroq etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma'ro’zalar o’qib, suhbatlar olib borar ekan, dyemak, u pedagogik bilimlar targ`ibotchisi Hamdir, vazifalarning shu qadar ko’pligi uchun Ham jamiyatning o’qituvchilar oldiga qo’yadigan talablari tushunarlidir.Ma'lumki, pedagogik faoliyat - kishi myehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhim o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog`liq xislaglariga qaratilgan.
O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
- o’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni syevish, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o’z yurti, ona tili, o’z xalqining tarixi va uning madaniyatini syevishi, davlatining mustaqilligi g`oyasida yashashidan iboratdir;
- ijtimoiy javobgarlikni yoqsak darajada his etishi;
- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma'naviy pokligi, ma'naviyat va ma'rifat buyicha yoqsak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;
o’zini qo’lga ola bilish, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg`onish mafko’rasining hamda umuminsoniy boyliqlarning. Mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g`oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi;
- yosh va pedagogik psixologiya, ijgimoiy psixologaya va pedagogika, yosh fiziologayasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bulishi;
- o’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasi bo’yicha jaHon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi;
- ta'limda tarbiya metodikasini egallashi;
- o’z ishiga ijodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lishi;
- o’z bilimi va pedagogik maHoratini doimiy ravishda oshirib boriish,
Har bir o’qituvchi ana shu talablarga to`la javob bera oladigan bo’lishiga intilishi shart.O’qituvchi jamiyat tomondan quyilgan talablar bilan bir qatorda o’z faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma'muriyati, hamkasblari, o’quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.O’qituvchining o’z ishidan nimanidir ko’tayotganligining o’ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kuzatish, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta'limi bulimlari va maktab diryektorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta'limi bulimlarining mudirlari uquvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab diryektorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi uringa quyadilar. Shu bilan birga xalq ta'limi bulimlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota-onalar, maqtab hammasi bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e'tibor bermaydilar, maktab direktori esa bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar ichida birinchi uringa qo’yadilar.
.1.Chaqaloqlik davriga umumiy tavsif (Shartli va shartsiz reflekislar,ko’nikish hissi)Odatda chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi. Shart­siz tug’ma reflekslar bolaning tug’ilishi arafasida yetarli darajada yetilishi sababli unda qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, siydik chiqarish singari eng muhim vegetativ funksiyalar amalga oshadi. Masalan, qorni och chaqaloqning labiga biror narsa tegishi bilan unda emish harakati vujudga kelib, so’laklari oqa boshlaydi. Bu ovqatlanishning shartsiz refleksi deb ataladi.Chaqaloq tug’ilishi arafasida uning bosh miya katta yarim sharlarining og’irligi, hajmi va funksional jihati yetarlicha rivojlanmagan bo’lsa ham, u mavjud shartsiz reflekslar negizida atrof-muhit va boshqalar bilan munosabatga kirishish imkoniyatini beradigan oddiy shartli reflekslar hosil qila oladi. Masalan, hid, yorug’lik, harakat qo’zg’atuvchilarining ta’sirini natijasida oddiy shartli reflekslar vujudga kelishi mumkin.Chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridan boshlab tashqi muhit bilan munosabatga kirishish, aloqa bog’lash jarayonida unga mustaqil hayot kechirish imkoniyatlari tug’iladi. Ilmiy manbalarda ko’rsatilishicha, chaqaloq hayotining ilk davrida undagi reflekslar kuchsiz, zaif va beqaror bo’ladi. Chunki kuchli tashqi qo’zg’atuvchilar ta’sirida reflekslar tez izdan chiqadi va qayta tiklanish imkoniyati tobora kamayadiChaqaloqning asosiy xususiyatlaridan biri uning inson zotiga xos barcha xulq­atvor shakllarini va avlodlarning tajribalarini o’zlashtirish imkoniyatiga egaligidir. Tug’ma reflekslar chaqaloq hayotidagi yetakchilik rolini asta-sekin yo’qotib boradi. Kundalik tartib va tarbiyaning o’ziga xos sharoitida ehtiyojning boshqa ko’rinishlari, jumladan, taassurot olish, ta’sirlanish, harakat, muloqot kabi shakllari vujudga keladi. Mohiyati va maqsadi jihatidan yangi ehtiyojlar zamirida psixik rivojlanish amalga oshadi
2.Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglash.

Download 93,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish