She'riy san'atlar



Download 69,5 Kb.
bet4/8
Sana20.04.2022
Hajmi69,5 Kb.
#565948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
She\'riy san

Mulamma (talmi')-turli tillarda she'r yozish. Bunday she'rlar [ shir-ushakar] deyiladi.
Qochib ketdi machchoyilar aksari
Borib shulki yurtiga ta'kidladi:
Saroyeki u boshadash, zinhor,
Daranjo marav memuri, ey tabor. (Muqimiy)
Sifatlash(epitet)- voqelikning biror belgisini, sifatini ko'rsatish san'ati.
Suvsiz cho'lda mard Hasan
Yakka ketib boradi. (Ravshan" dostonidan)
Sallalari boshlarida oq savat,
Ko'rpacha tagda hamma vaqt uch qavat.
Birlari mo'ltoninamo, hiylagar,
Birlaridur kunda pix-u gavda xar. (Muqimiy "Tanobchilar")
Ta'did- fikriy rivoj, ketma-ketlikni, tadrijiylikni anglatadi. (uyushiq bo‘laklarni qo'llash).Ta'did klassik poetika haqidagi manbalarda turli nomlar bilan yuritilgan.Masalan, "siyoqat-ul adod" ("Aruzi Humoyun", «Badoye us-sanoe‘ " "Latoyif at-tavoif" "Jamoi muxtasar", "Rahnomaiy adabiyoti forsiy") ta'zil ( "Badoye us-sanoe"),shumur ("San'athoyi bade'yi dar she'ri tojikiy" )e'dod, ta'did, te'dod ("llmi bade'dar-zaboni forsiy") shular jumlasidandir.
G'oz, o'rdak, oqqush havoda chunon
O'yinga berildi quvonib shodon. ("Qutadg'u bilig"dan)
Musofirman, g'aribman, bekas-u benavodurman,
Vujudim dardg'a to'ldi, emdi darmonimni sog'indim.( Uvaysiv)
Dardga to‘lding, g‘amga to'lding, telba bo'lding
Ishq dardini so'rsang hargiz darmoni yo'q. (Ahmad Yassaviy)
O'qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini,
Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo'lsa.
Ta'didda, asosan, sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam qo‘llanadi, shuningdek, bu vazifan sanoq va tartibni ko'rsatuvchi son,olmosh va ravish ham bajaradi. Ta' did grammatik o'zaro bog'lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin:
Ta'lim gulchehra nargis ko'zlilar bor,
Shakar dudog'li, shirin so'zlilar bor.
Nido-she'riy asarda shoirning murojaat qilgan obyektidir(undalma). Nido boshqa she'riy san'atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg'ulari po'rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga,o'zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Masalan,"Rustamxon" dostonida Sultonxon Rustamga "qo'zim"deb murojaat etadi:
Necha kun, necha tun orada o'tdi,
Rustamga Sultonxon u so'zni aytdi:
Quloq solgin xon otangning tiliga,
Qo'zim, ketayik-da Oqtosh eliga,
Boshqa bir g'azalda esa lirik qahramon yorga: "Ey Yusuf husn", - deya murojaat etadi. Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i. olgum» deb boshlanadigan g'azali oshiqona bo'lib, unda Suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko'radigan oshiq holati ifoda etilgan. Shoir o'z dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini«begim» so'zida mujassamlashtira olgan.
Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do'st
Shodlig'i ham mehnat-u g'amdur manga, ey do'st- (Atoyı)
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt,
Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. (Alisher Navoiv)
Sa'j -nasrdagi qofiya. "Har kim maydonga ot soladi, otini o'zdirgan odam oladi, har kimning o'z ko'ngli o'zidan qoladi" ("Alpomish" dostonidan).
Shunda bolalar kundan kun o'tib, oydan oy o'tib, birdan ikkiga kirib, ikkidan uchga kirib, ularning tili chiqib, elga enib, uchovini ham maktabga qo'ydi" (Alpomish" dostonidan).
Iqtibos - she'rda Qur'on oyatlari va payg'ambar hadislarini keltirish.
Onalarning oyog'i ostidadur
Ravza-u, jannat-u, jino bog'i. (Navoiy)
Tanosib- baytda, umuman, she'riy bandlarda fikrni bir-biriga aloqador, ma'no jihatdan yaqin, mazmuni uyg'un-tushunchalar orqali ifodalash usuli. Masalan, "bulbul» so'zi gul,bog', chaman, navo so'zlari bilan; «Ka'ba» esa haj,farz,Tangri, ziyorat so'zlari bilan mazmuniy bog'lanib, yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi. Bu san'at muayyan matnda o'zaro bir-biriga mutanosib, biri ikkinchisini mantiqan taqozo etadigan so'z va ifodalarni qo'llashni talab qiladi. Masalan, bir baytda «gul» so'zi ishtirok etsa, u o'z-o'zidan tikan, guliston, shabnam,bulbul kabi so'zlarning bo'lishini taqozo etadi.
Olma yanoqing ko'rgach, men bandi nechuk o'lmay?
Bodom ko'zi fitna, pista dahani nozuk. (Lutfiy)
Uzun sochingdin uzmasmen ko'ngulni,
Ayog'ing qanda bo'lsa boshim anda. (Atoyi)
Zulfung cheriki jamol mulkin
Oldi ko'zung ittifoqi birla (Atoyi)
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma'mur-u himmati, oliy.
Maylni qo'yki, yola-u zor ul,
Jon berib vasliga xaridor ul.

Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish