She'riy san'atlar



Download 69,5 Kb.
bet5/8
Sana20.04.2022
Hajmi69,5 Kb.
#565948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
She\'riy san

Talmeh (arab. "chaqmoq chaqishi", "bir nazar tashlash", "yengil. ishora" kabi ma'nolarni bildiradi) -she'rda biror tarixiy yoki afsonaviy shaxs, badiiy asar qahramonlarining nomlari, tarixiy voqea yoki joy nomlarini keltirish.
Yaqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz
Nuri basarim hoh inon, hoh inonma. (Lutfiy)
Filotun ishq darsida menga shogird erur lekin
Xatingni ramzidin ogoh emas xiradmandim.
Qani Shirin bila Layliki sendin nozo'rgansa,
Qani Farhod-u Majnunkim, alarga ishq o'rgatsam. (Bobur)
La'li shiriningni ta'rif aylab o'Imish shahd kom,
Anvari-yu Fazli-yu Hoqoniyi Masnad mudom. (Feruz)
Sulaymon saltanatlik podshosen,
Masih anfoslik, Yusuf liqosen. (Xorazmiy)
Solib borma meni, ey Yusuf husn,
Bukun Ya'qubtek bayt ul-hazanda. (Atoyi)
Ruju (arab. qaytish) - birinchi misrada-aytilgan fikrdan qaytib, ikkinchi misrada uni yanada kuchliroq ifodalash.
Vale yodig'a keldikim ul oy,
Demam oy oftobi olam oroy. (Farhod va Shirin")
Meni ishqdin man eturkim soda shayx,
Dema soda shayxkim, erur boda shayx.
Tadrij -adabiyotda fikr, holat yoki tushunchalarni darajalab, muttasil ravishda kuchaytirib borish.
Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G‘amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar. (Mashrab)
Istifhom-so'ramoq orqali ma'no va badiyatni kuchaytirish san'ati
Vah, muncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustima!? (Ogahiy)
Tazod (arabcha zid qo'yish degani) baytda qarama-qarshi ma'noli (antonim) so'zlarni qo'llash.
Podshoh yo'qlatsalar, nogoh gado deb axtaring,
Tutmang hargiz nomimi, baxtiqaro deb axtaring. (Muqimiy)
Boqib ko'z uchidin pinhon fosh etting tag' ofillar,
Yoq-u borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun.
Yaxshidur achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg'on yomon.(E.Vohidov)
Tarse'(arab."ipga chizilgan marjon") ikkala misraning to‘liq qofiyadoshligiga asoslangan she'riy san'at. Bunda baytda misralardagi ost-ust joylashgan so'zlar vazndosh ohangdosh vaqofiyadosh bo'lib keladi.
Qamar yuzingdan bo'lur munavvar,
Shakar so'zingdan kelur mukarrar.
Kitobat (harfiy san' at) - arab alifbosi harflari, yozuvi asosida o'ziga xos tashbeh (o'xshatish) yaratishni yoki aytilayotgan fikrni ifodalashni ko'zlaydigan she'riy san'at.
Ayn-u, shin-u, qofinga to bo'ldi ko'nglim mubtalo
Dol-u, ro-u, zol-u hajringdan dame erman judo.

Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish