Shlak va shlakli sementlar. Reja


Gil komponenti o‘rniga granullangan shlakni ishlatib shlakoportlandsement ishlab



Download 143,36 Kb.
bet3/7
Sana10.02.2022
Hajmi143,36 Kb.
#441310
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shlak va shlakli sementlar.

Gil komponenti o‘rniga granullangan shlakni ishlatib shlakoportlandsement ishlab chiqarish chizmasi:

1-maydalanish; 2,12-quritish barabani; 3-tegirmon; 4-aralashtirish silosi; 5-vintli oziqlantiruvchi; 6-aylanma pech; 7-siklon; 8-separator; 9-ko‘mir maydalash uchun tegirmon; 10-ventilator; 11- maydalagich; 13-klinker ombori; 14-trubali tegirmon; 15-sement siloslari; 16-qadoqlash mashinasi.
Tuyshni yengillashtirish uchun 1% gacha sifatiga ta’sir etmaydigan maxsus qo‘shimchalar qo‘shish tavsiya etiladi. Tez qotuvchi shlakoportlandsementni satxi yuzasi 4000 - 5000sm /g bo‘lganga tuyuladi. Shlakoportlandsementni faolligini oshirish uchun sementda shlakni ulushini kamaytirish va maydalik darajasini oshirish kerak. Oddiy shlakoportlandsementda asosiy granullangan shlaklar miqdori 50 - 60% nordon qo‘shimchalar 30 - 40% bo‘lishi kerak. Ayni vaqtlarda shlakni 8 - 10% miqdorini nordon kremniyni qo‘shish bilan (trepel, opoka va h.k.) almashtirish mumkin.
Shlakoportlandsementni qotish jarayonida ikkita komponent ishtirok etadi. Klinker va granullangan domna yoki elektrotermofosfor shlaki. Suv bilan ta’sirlashuvida birinchi navbatda klinker zarrachalari reaksiyaga kirishadi. Natijada Sa(ON)2 ajralib chiqadi va kalsiy gidrosilikatlar, keyinchalik shlak Sa(ON)2 ni yutganda, uning suyuq muhitda konsentratsiyasi kamayadi. Bir vaqtda gips alyuminat kalsiy bilan reaksiyaga kirishadi va 3SaO Al2O3 3SaSO4(30 - 32) N2O hosil qiladi reaksiya davom etganda SSN (II) S2AN8 larni hosil bo‘lishi kuzatiladi. Shlakoportlandsementni (80-1000S) qotishida yangi hosil bo‘lgan mahsulotlarni tarkibi oddiy haroratda hosil bo‘lgan mahsulotlardan farqi yo‘q. Faqat avtoklavlarda (174,5-2000S), to‘yingan bug‘ bosimi ostida (0,8 - 1,5MPa) gidrosilikat, gidrogranatlar hosil bo‘ladi.
Zichligi 2,8 - 3g/sm oraliqda tebranadi. Sochiluvchan (kukun) ko‘rinishidagi hajmiy massasi: 900-1200 kg/m, zichlashganda esa 1400-1700 kg/m mustahxamligi bo‘yicha 300, 400, 500 markalari mavjud.
Suvga talabchanligi 27 - 30% teng, tutib qolishi muddatlari 45 min oldin emas, oxiri - 10 soatdan kech emas. Shlakoportlandsementning faolligi shlakni kimyoviy mineralogik tarkibi, shlak va klinkerni nisbati bilan belgilanadi.
Olovga mustahkamlikni pasaytirimagan holda yuqori harorat (600 - 8000S) uzok vaqt ta’siriga bardosh beradi. Yumshoq, sulfat suvlar ta’siriga chidamli sovuqka chidamligi bo‘yicha mustahkamligi 50 - 100 siklarga teng.
Qo‘llanishi: asosan ulkan inshootlar uchun, shuningdek issiq sexlar, gidrotexnik qurilishlar uchun beton tayyorlashda qo‘llaniladi. Sulfat shlakli sement gidravlik bog‘lovchi modda va uni granullangan domna shlakini, gips yoki ishqoriy qo‘zg‘atuvchili angidrid bilan birgalikda to‘yish yo‘li bilan tayyorlanadi. Tarkibida 80-85% shlak, 10-15% angidrid yoki ikki suvli gips, 5% cha portlandsement klinker va 2% gacha ohak bo‘ladi. Bunday sementni tayyorlashda tarkibida oshirilgan miqdorda 10-20% atrofida giltuproq va pasaytirilgan miqdorda 3% gacha marganes oksidi bo‘lgan asosiy domna shlaklaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sulfatli - shlakli sement olish texnologiyasi quyidagicha: xom - ashyoviy moddalarni omborlarga joylash, tayyorlash, tozalash va barcha komponentlarni birgalikda tuyish tayyor sementni omborga joylash.
Qotishda giltuproq va kalsiy sulfati o‘zaro ta’sirlashib, kalsiy gidrosulfoalyuminat, past kalsiy gidrosilikatlar yuzaga keladi. Suv sement nisbati 0,5-0,6ga barobar, chunki gidratatsiya vaqtida sement suvni miqdorini bog‘lash hususiyatiga ega.
Boshlang‘ich davrdarda hosil bo‘lgan ettringit tuzi keyingi muddatlarda qisman bo‘linadi va sulfat shlakli sementni mustahkamligini o‘sishi kalsiy gidrosilikatlarga va gidroalyuminosilikatlar hosil bo‘lishi hisobiga o‘sadi. Xossalari: bog‘lovchini zichligi 2,9-3,1g/sm cha tebranadi.
Hajmiy massasi sochiluvchan holatda 200-1000, zichlantirganda 1500-1650k/m3 cha. Suvga talabchanligi 50-60% teng. Tutib qolish muddatlari boshlanishi 30min oldin emas, oxiri 10soatdan kech emas. Mustahkamligi 28 sut. so‘ng 30 - 40 MPa ni tashkil etadi. Agressiv muhitlarga (yumshoq sulfat suvlar) bardoshligi baland.
Qo‘llanishi: yer, suvosti inshootlar tayyorlashda foydalaniladi.



  1. Ohak shlakli bog‘lovchi moddalar, tarkibi, xossalari va qo‘llanishi.

Bu gidravlik bog‘lovchi uni so‘ndirilmagan ohak, granullangan domna yoki elektrotermfosfor shlakini va gips birgalikda to‘yish yo‘li bilan olinadi.
Ohak - miqdori shlakning sifatiga qarab 10 - 30% oraliqda o‘rnatiladi.
Ohak - shlakli bog‘lovchi moddalar ohak tarkibidagi qo‘zg‘atgich Sa(ON)2 ta’sirida qotadi. Bunda shlakoportlandsement shlak va suv o‘zaro ta’sirlashganda kechadigan jarayonlar sodir bo‘ladi.



Download 143,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish