Shoirning muhabbati



Download 24,23 Kb.
bet1/3
Sana10.06.2022
Hajmi24,23 Kb.
#649777
  1   2   3
Bog'liq
FarDU magistranti Gulandom


FarDU magistranti
Gulandom Qodirova Yolqinjon qizi
Abduqayum Yo‘ldoshevning “Shoirning muhabbati” qissasida jamiyat va ayol taqdiri
Har bir xalq, millatning go‘zallik haqida o‘z qarashlari bor; gulga, tabiatga, hayotga, insonlarga va albatta, AYOL shaxsiyatiga. Aynan shu mavzular adabiyotga kirib kelganda qarashlar yanada teranlashib, nigohlar o‘tkirlashadi. Barcha xalqlar adabiyotiga nazar tashlar ekanmiz, qadimdan ayol obrazi asosiy mavzu darajasida turganligini guvohi bo‘lamiz. Mashhur “Ming bir kecha ertaklari” dan tortib, zamonaviy adabiyotimizdagi Kumushbibi va Zaynablar, Zebiyu Ra’nolar qaysidir jihatlari bilan adabiyotimizda milliy o‘zligimizni ko‘rsatib turadigan asosiy obrazlar sifatida gavdalanadi.
“Insonshunoslik bo‘lmish adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik, ya’ni ayolni o‘rganish, inkishof etish ilmidir. Kuzatsak eng qadimgi asrlar ham ayolga bag‘ishlangan, ular konfliktini ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto, aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzusining badiiy tadqiqi, uning teranlasha borishi bilan chambarchas bog‘liq”1 ekanligi barcha davr adabiyotlari uchun xosligi oydinlashadi.
Ayol obrazining dunyo adabiyotida kuzatadigan bo‘lsak, Angliya adabiyotidagi Elezabet, yapon adabiyotidagi Malika Otkuba, rus adabiyotida Tatyana, Larina va Natasha Rostova, Amerika adabiyotidagi Skarlett Oxara, Fransuz adabiyotidagi Madam Bovarilar bugun shu xalqlar ayollarining timsoliga aylangan2.
“Bo‘lmasa ishq ikki jahon bo‘lmasun...” deydi hazrat Navoiy. Donishmandlar sevmagan odamni yashamagan insonga mengzashadi. Bu bejiz emas, albatta. Hayot mohiyati, shodlig-u quvonchi va hattoki, iztirob-alamlari aynan ishq-muhabbatda o‘z bo‘y-bastini namoyon qiladi. Sevgi har bir yurakda yangilanadi; har bir oshiq uning sira takrorlanmas yangi-yangi qirralarini kashf etadi, sezadi va his qiladi.
Biz tahlilga tortgan yana bir qissamiz aynan ishq mavzusida. “Shoirning muhabbati” deb nomlangan ushbu qissada Alloh qalbiga chin oshiqlikni joylagan Nozim hayoti tasvirlanadi. Bosh personaj liniyasida yana bir nechta obrazlar hayoti hikoya qilib beriladi. Qissa Abduqayum Yo‘ldoshev usuliga xos bo‘lgan “Men” nutqidan ya’ni hikoyachi qahramon tilidan hikoya qilinadi. Hikoyachi-qahramon bevosita asar kuzatuvchisi va ishtirokchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Nozimning hayoti uning jo‘rasi (asarda nomi keltirilmagan), Oltinoy, Munira, Abdunabi, Tolibjon, Asliddin, Oliya opa, Keldiyor aka, Salomat opa(talabalar yotoqxonasidagi navbatchi ayol) obrazlari yordamida yoritib beriladi. Asar tasviri mavhumlikdan boshlanadi. Qissa uzundan-uzoq muqaddima hamda asosiy qismi talabalar yotoqxonasidagi ikki yigitning muhabbat borasidagi qarashlari tasviri bilan boshlanadi. Biri bizning qahramonimiz Nozim va uning jo‘rasi bir xonada turishadi. Nozimning muhabbat qissasi xonadoshi ya’ni shu jo‘rasi tomonidan hikoya qilib beriladi. Talabalar yotoqxonasidagi bu ikki do‘stning muhabbat borasidagi fikrlari-yu o‘ylari turlicha edi. Ikkisi ham Texnika universitetida kontrakt orqali o‘qiydi va deyarli dars tugashi bilan ishlash, oilasiga kontrakt pul to‘lovi uchun yordam berish maqsadida biri qorovullik qilish uchun, Nozim esa eski kiyimlarini qo‘ltiqlaganicha qurilishga qarab yo‘l olar edi. Shanba-yakshanba kunlari esa mardikor bozoriga borib ishlashadi. Shundan ko‘rinib turibdiki, bu ikki o‘spirin yigitning bir-biri bilan suhbatlashadigan paytlari kam bo‘ladi, bo‘lsa ham albatta, muhabbat, qizlar mavzusida bahslashishadi.
Nozim kitobsevar, she’rlar qoralab turadigan, allaqachon jo‘rasi uni “Shoir” deb atardi. U uchun sevgi Alloh tomonidan qalbga bir martagina solinadigan pok tuyg‘u sanalsa, jo‘rasi uchun aksincha, u har bir chiroyli qizni sevib, “… olimlar aniqlashib, ilmiy isbotlab berishibdi. Bir odam umri davomida o‘rtacha sakkiz marotaba yaxshi ko‘rib qolarkan”3 qabilida ish tutadi.
Muhabbat sirli tuyg‘u. Nozim o‘zi aytganidek bir ko‘rishdagi sevgisini topdi. Bu qiz hali bizning qahramonimiz boshiga ne savdolar solishi sirligicha qolsin. Hozircha bu maftunkor sevgi farishtasi tuman markaziy shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlaydigan Oltinoy edi.
- Topdim, jo ‘ra…
Uchinchi marotaba aytilgan bu jumla asabimni o‘ynatib yubordi. Men Nozimning ko‘zlariga qattiq tikildim ba, ishonasizmi. Tuyqusdan, o‘zim uchun ham mutlaqo kutilmaganda nimanidir ilg‘aganday bo‘ldim.

Download 24,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish