Shoirning muhabbati



Download 24,23 Kb.
bet2/3
Sana10.06.2022
Hajmi24,23 Kb.
#649777
1   2   3
Bog'liq
FarDU magistranti Gulandom

Bu yonib, chaqnab turgan ko‘zlar faqat sevib qolgan yigitdagina bo‘lishi mumkin.

  • Bir ko‘rishda muhabbat, a, shundaymi?4

Qissada personaj hayotida nima bo‘lganligi, qanday ro‘y berganligi “she’r” detali orqali ishora qilinadi. Asarning barcha o‘rinlarida bu detal orqali muallif konsepsiyasi va qahramon ichki olamini ochish uchun xizmat qilgan. Ba’zi o‘rinlarda bosh qahramon ruhiy holatini yoritib bergan: “Menga tun oqshom emas, Nahor erta tong emas, Qoshingga uchib borgum, Sen istagan har nafas”.
Qissada konsentrik syujet yetakchilik qiladi. To‘g‘ri qolgan syujet elementlari ham mavjud, jumladan xronikali syujet elementlarini ko‘p o‘rinlarda uchratamiz. Biroq, asar konsentrik syujet asosiga qurilgan. Ya’ni “bu syujetda asar voqealari bitta asosiy voqea tegrasida aylanishi bilan xarakterlanadi. Xronikali syujetdan farq qilaroq, bunda voqealar orasida sabab-natija munosabati yetakchilik qiladi. Sababi, konsentrik syujet konflikt asosida syujetning shiddat bilan rivojlanishini, uning yechimga tomon intilishini taqazo qiladi. Syujetning bu turi badiiy asar qurilishining mukammal, asarning o‘qishli, qiziqarli bo‘lishiga imkon beradi”5. Masalan, asarda

barcha voqealar Nozim hayotini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Oltinoy turmushga chiqayotganligini eshitgach, qahramon hayotida tub burilish ro‘y beradi. Shu sababdan yurak hurujiga uchraydi, biroz muddatdan so‘ng kontrakt to‘lovini to‘lamaganligi uchun o‘qishdan chetlatiladi.


Asarda barcha voqealar sababchisi sifatida Oltinoy obrazi keltiriladi. U hikoyachi- qahramon tilidan shunday tasvirlanadi: “Sutga chayib olinganday oppoq chehra, bodomqovoqlar, qayrilma qoshlar, uzun-uzun kipriklar, oppoq qalpoq chekkasidan chiqib turgan qop-qora sochlar… Yo‘q bu go‘zallikni ta’riflab bo‘lmaydi”6. Bu qahramonimiz ko‘ngil qo‘ygan va favqulodda ajralib qolgan suyuklisi edi. Asarda Oltinoyning to‘satdan va tezlikda to‘yi bo‘lishi asar tugunini hosil qiladi.
Asar davomida Munira ismli qizning ham portreti hikoyachi-qahramon tilidan chiziladi. “Bu semizgina, ko‘zlari qisiq, qoshlari siyrak, go‘shtdorroq burunli, bir so‘z bilan aytganda, yigirma yoshlardagi xunukkina qiz”7. Bu qizga keyinchalik Nozim 31 yoshida uylanadi. Uylanganda ham:
“– O‘tirib qopti bechora… Baribir kimgadir uylanish kerak-ku…” qabilida to‘y bo‘ladi. Ular begonalardek turmush kechirishadi. U hikoyachi tomonida shunday hikoya qilinadi. Nozim hech qachon birov bilan yurak yozib suhbatlashmaydi. Tutingani yana oq qog‘oz. Qissa qahramonining o‘y-kechinmalari, ruhiy holati, yashash tarzi, sog‘inchi va armoni shu “she’r” detalida o‘z aksini topadi. “Avtolarda ezilib jismi; er yumishdan qaytarkan charchab… Loqaydgina kutib oladi; Kursigami cho‘nqaygan xotin.”8

Ayol xilqati darajama-daraja yuksalib boraveradi. U turmush o‘rtoq, do‘st, hamfikr, yostiqdosh, ona, rafiqa va boshqa-boshqa. Biroq, baribir u eng, avvalo, “ayol”. Qissadagi Munira obrazini tahlil qilaylik. To‘g‘ri, u xunukkina, lekin ayol-da. U turmush qurganidan so‘ng eriga yaxshilab razm soldimi? Nimaga ishdan bunchalik kech qaytishini bir bora so‘radimi? Yana nima sababdan tong sahardan ishga otlanasiz?, – deya so‘roqqa tutdimi? Yo‘q. U faqat yumshoq kresloga o‘tirvolib ertalabdan-kechgacha televizor ko‘rish bilan mashg‘ul. Ular nomigagina er-xotin, xolos. Er uchun “uy” borib dam oladigan, hordiq chiqaradigan maskan emas, balki og‘ir majburiyat. Ular qiz farzandli bo‘lishdi. Asarda bola obrazi oilani tutib turuvchi vazifasida emas. Nozim oilasiga hech qachon xiyonat qilmagan, tashlab qo‘yishi aslo mumkin emas. Munira shu harakatlarga “loyiq”ligi bu boshqa masala. Ayol har doim ozoda, saranjom-sarishta, mehribon, sevikli va suyukli bo‘lishga harakat qilishi kerak. Hayotning yozilmagan qonuni, ayollik pozitsiyasi shunaqa qilib belgilangan. Shu pozitsiyada tura olmadimi, Munira kabi ayollik maqomi xira tortadi. Asar davomida Munira bir marta ham eridan nolimaydi (e’tiborsizligidan – G.Q). U hech qayerda ishlamaydi, turlicha Meksika seriallarini ko‘rib bola emizadi, pishir-kuydir, kuni bir xillikda o‘tib boradi. Eng muhim va achinarli tomoni shundaki, u bunga hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydi, o‘ylamaydi.


Nozim obrazi asarda murakkab va pishiq qilib ishlangan. Og‘ir, vazmin, kitobsevar talaba maqomidan muhabbatiga o‘lgunigacha sodiq shaxsgacha ko‘tariladi. Asar davomida u suyuklisidan noma’lum sabab bilan ayrildi, uylandi va muhabbat azobidan o‘rtanib vafot etdi. Bizni e’tirozimiz Oltinoyga shunchlik ko‘gil bergan yigit (qiz ham uni sevishini biladi) nima sababdan bir bora qizning qishlog‘iga surishtirib bormadi. To‘g‘ri, u borayotganda yurak hurujiga uchrab yo‘lda kasalxonada qolib ketdi. U borganda ham faqat turmushga chiqayotganligi rostligini bilish uchun ketayotgandi. Tuzalgach borsa bo‘lardi-ku! Shu o‘rinda qahramonimiz xarakterida biroz sustlik ko‘rinadi. Turmushi mobaynida bir daqiqa

bo‘lsin Oltinoy ismini unutmadi (uylanganda ham). Biz uni yana yozgan she’rlaridangina anglab olamiz:


Garchand oramizda hamma narsa bor, Men asli gadoman qatra ishqqa zor.
Hayhot u sho‘rlikning uvoli ham bor, Faqat muhabbat yo‘q, muhabbat faqat”9.
Nozim hayoti qanday kechayotganligini taftish qila oladi. Uning xarekteridagi ko‘zga ko‘ringan jihat ham shunda. Bir o‘rinda umri ma’nosiz o‘tib ketayotganidan o‘kinadi ham. Yuqoridagi yurak dardini to‘kib solgan misralarida baxtsiz oshiq, ma’nosiz umr kechirayotgan, xotinini umrini sovurayotgan er ekanligini afsus bilan yozadi. U uyga kelgan maxal xotini bilan birga televizor ko‘rar, lekin bu mashg‘ulotdan tezda zerikib, gazeta o‘qishga tutinadi. U hech qachon xotinini haqorat qilmaydi, urishmaydi, biror narsani talab ham qilmaydi, u shunchaki sevmaydi (mana asl haqiqat).
Asarda quyuq chizgilar bilan berilgan obrazlardan biri Oltinoydir. U tuman markaziy shifoxonasida emlovchi hamshira sifatida bizga tanish. Qismatning Oltinoyga achchiq hazilimi yoki sinovi bir muhabbatga oshno etdi-yu, so‘ngra kimsasiz jarlikka uloqtirdi. Ha, u ham xuddi Nozim kabi baxtsiz va chorasiz. Biroq, Oltinoy hali hayotdan umidini uzgani yo‘q. Unga zo‘rlik va g‘alamislik qilib erishgan, 35ming so‘mga hayotini hal qilgan eri Abdunabi tomonidan har kuni ming xo‘rlig-u azob ko‘rsa ham, ayollik qat’iyatini yo‘qotmadi. Unda ertaga ishonch va yashab qolish maslagi kuchli. Ilk bor kasalxonada uchratib qolgan Nozim akasini oradan 9 yil o‘tib yana shifoxonada topdi. Bizning fikrimizcha, asarning kulminatsion nuqtasi shu yerda. Uchrashuv qismidan so‘ng, keskin voqealar rivoji boshlanadi. Nozim hayotida tub burilish yuz beradi. U Oltinoy baxtsiz ekanligini, chorasizlikdan turmush qilganini tushunib yetadi. Hatto, Oltinoy oldiga uchinchi

marta borganda (har doim uzoqdan ko‘rib qaytardi) ortiq bardoshi yetmay qoladi. Sababi, uning suyuklisi labi yorilgan, yuzi ko‘kargan ahvolda edi (bozorda sotuvchi bo‘lib ishlardi). Yuqorida Oltinoy qat’iyatli va hayotga muhabbati butunlay so‘nmaganini aytgandik. Misol tariqasida quyidagi suhbatni olaylik:


- Ajrashing! Tez ajrashing! – dedi Nozim xansirab.
- Harakat qilyapman, - ma’yus jilmaydi ayol. So‘ng birdan sergak tortdi. Lekin, Nozim aka, men ajrashganimda ham biron nima o‘zgarmaydi”10.
Oltinoy Nozimni uchratgani uchun eridan ajrashmoqchi ekan degan xulosaga kelish noto‘g‘ri. U erni zig‘ircha sevmaydi, hurmat ham qilmaydi. U “men bilan ajrashsang o‘zimni o‘ldiraman, tamom bo‘laman”, - deb o‘zini har ko‘yga soluvchi aroqxor eri va ikki bolasi uchun yashab yuribdi. Ammo, ajrashish qaroriga Nozimni uchratmasdan oldin kelgan. Fikrimcha, Nozim xotinidan ajrashgan taqdirda ham Oltinoy unga turmushga chiqmagan bo‘lardi. U bu ishlar hammasi qismatning yozig‘i ekanligiga allaqachon tan bergan va hayot yo‘lini davom etishga o‘zida kuch topa olgan ayol sifatida yangi inson obrazi tamoyillariga to‘la javob beradi.


Download 24,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish