Shukur Xolmirzayev adabiyotni qismatiga aylantira olgan adib Talaba



Download 22,63 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi22,63 Kb.
#757328
Bog'liq
Adabiyotni qismatiga aylantirgan adib


Shukur Xolmirzayev - adabiyotni qismatiga aylantira olgan adib
Talaba: Termiz davlat universiteti talabasi
Kattaxo'jaeva Jahonbibi Akramjon qizi

Zamonamizning ulkan adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev epik turga mansub barcha janrlarda, xossatan, hikoya, qissa va romanchilikda o‘ziga xos maktab yaratgani hech kimga sir emas. Shuningdek, ijodkor nasriy bayonga asoslangan yana bir adabiy san’atning qonun-qoidalari, ravish-o‘zagini shu qadar puxta o‘zlashtirganki, ularni o‘qib hayratu tavajjuhga berilish, tanish-notanish insonlarning suratiyu siyrati, botiniy olamiga teran nazar tashlash mumkin. U ham bo‘lsa, yozuvchi xotiralari, ko‘rgan-kechirganlarining badiiy ifodasi, go‘zal solnomasi bo‘lmish – esselardir. Bu janr Shukur Xolmirzayev ijodining naqadar keng va ko‘lamdor, boy va mazmundor, ohorli va jozibali ekanini to‘la-to‘kis isbotladi. Shukur Xolmirzaev 1940 yil 24 martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). „Yosh gvardiya“ nashriyotida muharrir (1963–1967), Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967–1969), „Guliston“ (1969–1975) va „Sharq yulduzi“ (1978–1980) jurnallarida adabiy xodim, boʻlim mudiri.


Shukur Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan nashr etila boshlagan. Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq xikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, „Oq otli“ (1962), „Toʻlqinlar“ (1963), „Un sakkizga kirmagan kim bor?“ (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi.
“Adabiyotda bo‘lsin, hayotda bo‘lsin umrim yo‘­lida iz qoldirgan Shaxslar haqida bir-bir esse yozib qoldirishni ilgaritdan o‘ylab yurardim” – deb yozadi adib bir maqolasida. Bu niyat, bu orzumand ilinj asta-sekin yozuvchi tasavvurida moddiylashib, qog‘oz sahifalariga ko‘cha boshladi. Shu taxlit “Taqdir bashorati”, “Bir oqshom suhbati yoki do‘stim Ro‘zi Choriyev”, “Tog‘larga qor tushdi”, “Shaydolik”, “Binafsha hidlang, amaki!”, “Bu kishim – ustoz, men – shogird” kabi ajoyib esselar, tiniq xotiralar dunyoga keldi. Ushbu esselarda tasvirlanayotgan insonlarning yorqin xarakteri, shaxs va ijodkor sifatidagi timsoli, hech kimga o‘xshamas qiyofasi o‘quvchi ko‘z o‘nggida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mutolaa davomida kitobxon qahramonlarning shirin va achchiq kunlariga hamdard bo‘lib, o‘zi sezmagan holda sahifalar qa’riga singadi, qandaydir ko‘­rinmas hissiyot, ehtimol, mudroq sezimlar uyg‘onib, mavhum taassurot real obrazlar qarshisida ojiz qoladi. Abdulla Qahhor, Shuhrat, Matyoqub Qo‘shjonov, Shukur Burhonov, Ro‘zi Choriyev, Odil Yoqubov, O‘lmas Umarbekov kabi zabardast san’atkorlar qayta jonlanib, yonginamizda nafas olayotgan zamondosh, yaqin bir ham­suh­batga aylanadi.
Adib Shukur Xolmirzayevning yozishdan bo‘lak qis­mati, o‘zga bir sohaga jiddiyroq iddaosi bo‘l­magani rost. Lekin teatr sahnasi, aktyorlik kasbiga rosmana mehr qo‘ygani, hatto, teatr institutiga kirib, bip-binoyidek aktyor bo‘lishiga bir bahya qolgani ham haqiqat. Kim bilsin, balki vujudi dardga to‘la ijodkor uchun qog‘oz va qalamning o‘zi kamlik qilar? Unga istagancha kulib, yig‘lab, terga botib, ruhidagi alamnok hislarni to‘kib solishi uchun keng va katta sahnalar kerakdir? Balki, Shukur Xolmirzayev ham qog‘ozga tushmagan hasratini sahnada to‘kib solgandir? Ne bo‘lganda ham uning professional aktyorlardan qo’rqmasdan, “Hamlet” spektaklida bosh qahramonni ijro etgani bir umr hayrat va taajjub bilan yodga olinadigan hodisa bo‘lib qoldi. Hatto mashhur aktyor Shukur Burhonov kasbiga sadoqati sabab Shukur Xolmirzayevni ham aktyor bo‘lishga undagani, “O‘qishingni teatr institutiga ko‘chir!..” – deya takror-takror qistovga olgani bugun zo‘r entikish va tabassum bilan esga olinadi. Biroq bir qalbga ikki muhabbat sig‘maydi. Shukur Xolmirzayev ham aktyorlikka ishtiyoqi qanchalik baland bo‘lmasin, yozuvchilikni vijdon burchi, hayotiy e’tiqod darajasida ulug‘ladi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik „Olis yulduzlar ostida“ (1971), „Hayot abadiy“ (1974), „Ogʻir tosh koʻchsa…“ (1980), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1984), „Bodom qishda gulladi“ (1986), „Togʻlarga qor tushdi“ (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Xolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga „shafqatsiz realizm“ unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. 1980 - 1990-yillarda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi. Xolmirzayev yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqi tarixining „bosmachilik harakati“ deb atab kelingan davrini oʻrgana boshladi. Yozuvchining „Qil koʻprik“ romani va „Qora kamar“ (1987) pyesasida shu mavzu oʻz ifodasini topdi. Ularda adashgan kishilar fojiasi obrazlarda yorqin gavdalantirilgan. X. pyesasi asosida Abror Hidoyatov nomidagi Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan „Qora kamar“ spektakli yosh avlodda tarixiy oʻtmishga yangicha yondashish maylining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. Xolmirzayevning oʻzbek xotinqizlarining shoʻro davridagi fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Ziyofat“ pyesasi ham Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan (1990). Adibning “Binafsha hidlang, amaki!” nomli salmoqli essesi atoqli adib O‘lmas Umarbekov xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, muallif bir yozuvchini eslash bahona 60-yillar adabiyoti va san’atiga katta kuch bo‘lib kirib kelgan Uchqun Nazarov, Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, Turg‘un Azizov va boshqa ijodkorlar bilan bog‘liq fayzli xotiralar, ijod va hayot yo‘llaridagi goho shodon, goho g‘amgin kunlarni birin-ketin, xuddi tasmaga bitilgan kinoasardek o‘quvchi ko‘z o‘ngida namoyon etadi.
Xolmirzayev „Soʻnggi bekat“ (1976), „Qil koʻprik“ (1984), „Yoʻlovchi“ (1987), „Olaboʻji“ (1992), „Dinozavr“ (1kitob, 1996) singari romanlarini yozdi. X.ning „Soʻnggi bekat“, „Yoʻlovchi“ va „Olaboʻji“ romanlarida shoʻro jamiyatining 70—80-yillarga kelib ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining „Dinozavr“ romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi. Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida turadi.
Shukur Xolmirzayevning so'nggi romani "Dinozavr"dir. Muallifning aytishicha: "Kuchlilar yengadi, kuchsizlar yengiladi, deyilgan nazariya noto'g'ri! Agar kuchlilar yengish qobiliyatiga ega bo'lganlarida, avvalo, dinozavr yenggan bo'lardi. Yo'q, u o'ladi. Sabab? U shakllanib bo'lgan. Shundoq-da: ko'p mardlar maydonga kiradilar. Ular o'limlarini bilishadi. Ammo ular uchun orqaga yo'l yo'q. Qo'rqoqlar-chi? O'shandayoq kavaklariga kirib olishganlar..." Bunday qarash qanchalik munozarali bo'lmasin, muallifning bugungi kunni - yangi davrni qabul qilishdagi ziyolilar fojiasi va iztiroblarini aks ettirishda o'ziga xos bir yo'l tutgani sezilib turadi.
Umuman olganda adibimiz Shukur Xolmirzayev asarlarida oʻzbeklarga xos milliy xarakter, inson va tabiat munosabatlari teran badiiy talqin qilingan. Muallif xayolot tizginini erkin bo‘shatadi, har bir qahramonining ichki olami, botinida yashirin o‘y-xayollarni g‘oyat nozik idrok ila taftish etadi, o‘quvchi nigohini ijod va ilhomning sirli, jozib dunyosiga oshno etadi.
O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan.
FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Shukur_Xolmirzayev
2. https://yoshlikjurnali.uz/tadqiqot/shohrux-abdurasulov-siyrat-va-qismat-bitiklari/
3. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shukur-xolmirzayev-1940-2005
Download 22,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish