Shunday qilib, bitta nur uzatilmaydi va biz zulmatga tushamiz



Download 475,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.12.2021
Hajmi475,41 Kb.
#74980
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
226-16 Dexqonboyev I AQQM YN

226-16 gurux talabasi 

Dexqonboyev Islom

 

 



YN 

 

4– variant 



 

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

«MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI» KAFEDRASI

 

 



AQQM fani 

 

1. 



Rang va yorug‘likni qabul qilish xarakteristikalari 

2. 


Akustik tizim turlari 

3. 


Illuziya deb nimaga aytiladi?  

 



masalan, yashil rangni spektrdan olib tashlasak va qolgan ranglarni - qizil, to'q sariq, 

sariq, ko'k va binafsha ranglarni to'plash uchun linzalardan foydalansak, biz olgan 

aralash rang qizil rangga aylanadi, ya'ni biz olib tashlagan yashil rangni  to'ldiradi. 

Agar olib tashlasak sariq rang, keyin qolgan ranglar - qizil, to'q sariq, yashil, ko'k va 

binafsha ranglar bizga binafsha rangni, ya'ni sariq rangni to'ldiradigan rangni beradi. 

Har  bir  rang  spektrdagi  boshqa  barcha  ranglarning  aralashmasiga  qo'shimcha 

hisoblanadi. Aralash rangda biz uning individual tarkibiy qismlarini ko'ra olmaymiz. 

Shu nuqtai nazardan, ko'z musiqiy quloqdan farq qiladi, bu akkordning har qanday 

tovushini  ajratib  ko'rsatishi  mumkin.  Turli  xil  ranglar  ma'lum  bir  elektromagnit 

energiyani tashkil etadigan yorug'lik to'lqinlari tomonidan yaratiladi. 

Inson  ko'zi  yorug'likni  faqat  400  dan  700  nanometrgacha  to'lqin  uzunligida 

ko'ra  oladi.  Har  bir  prizmatik  rang  uchun  spektrning  alohida  ranglariga  mos 

keladigan  to'lqin  uzunligi  va  tegishli  chastotalar  (soniyada  tebranishlar  soni) 

quyidagi  xususiyatlarga  ega:  qizil  va  binafsha  ranglarning  chastotalari  nisbati 

taxminan 1:2 ni tashkil qiladi, ya'ni musiqiy oktavada bo'lgani kabi. 

 

1-rasm. Spektrning barcha to'lqinlarini aks ettirish 



Yorqinlikni  aniq  o’lchash  uchun  fotometr  degan  asbobdan  foydalaniladi. 

Rang  yorqinigi  ham  xromatik  ranglarning  asosiy  xossalaridan  biri  bo’lib, 

tushayotgan yorug’lik nurini o’zida ko’p yoki kam aks ettirishidir. Agar yorug’lik 

nurlari  ko’p  aks  etsa,  biz  rangni  och  tusda  (masalan:  och  qizil,  och  sariq  va 




xoqazolar), kam aks etsa, to’q tusda (masalan: to’q yashil, to’q qizil) idrok qilamiz. 

Ranglarning bu xossasi barcha tusdagi ranglar uchun-xromatik ranglar uchun ham, 

axromatik  ranglar  uchun  ham  umumiy  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ranglarni 

yorqinligi  jixatidan  bir-birlariga  taqqoslab  ko’rish  mumkin  bo’ladi.  Shuningdek, 

xromatik  ranglarning  yorqinligiga  mos  tushadigan  (xromatik  rang  karama-

karshiligi) xromatik tusni tanlab olish oson bo’ladi. Rang tuslari spektr ranglariga 

qanchalik  yaqinlashsa,ularning  yorqinligi  shunchalik  yaxshi  bo’ladi.  Biz  tevarak 

atrofimizdagi  predmetlarning  rangini  ularning  yorqinligiga  qarab  ajrata  olamiz. 

Masalan, sariq limon ko’k datsurxondan yorqinroq ko’rinadi, va biz sariq rang ko’k 

rangdan yorqinroq ekanligini tushunamiz.  

Axromatik  ranglar,  kulrang,  oq  va  qora  ranglar  faqat  yorqinligiga  qarab 

xarakterlanadi.  Rang  to’yinganligi  ham  ikkala  rang  guruhiga  xos  narsa  bo’lib, 

axromatik  ranglardan  ko’proq  kulranglar  shkalasiga,  xromatik  ranglarda  esa 

ko’pincha  spektr  ranglariga  solishtirish  yo`li  bilan  aniqlanadi.  Rang  tuslarining 

to’yinganligi turlicha bo’ladi. Masalan, birorta sariq rangni yorqinligi bo’yicha unga 

teng  keladigan  och  qo’l  rang  bilan  aralashtirilsa, unda  rang  tusining  to’yinganligi 

birmuncha pasayadi, oqishroq yoki kam to’yinganroq bo’lib qoladi.  

Predmetlarning  rangi  ularning  turgan  sharoitiga  qarab  o’zgarishi  mumkin. 

Bunda yorug’lik katta rol o’ynaydi. Agar predmetga tushib turgan yorug’lik sovuq 

rangda bo’lsa, uning soyasi issiq rangda bo’ladi.  

Predmetning  lokal  rangi  bu  bizning  tasavvurimizdagi  aniq  predmetning 

ob’ektiv,  o’zgarmas  xususiyatlariga  bog’liq  bo’lgan  toza,  aralashmagan  ranglar 

hisoblanadi.  Lokal  rang  biron–bir  predmetning  tashqi  ta’sirlarsiz  asosiy  rangi 

hisoblanadi. Predmetning lokal rangi bir tonli bo’lishi bilan birga turli jilvalardan 

ham iborat bo’lishi mumkin.  

Naturadan va xotiradan rasm chizishda predmetning lokal rangini xarakterli 

xususiyatlarni, uning yorug’likda, yarimsoya va soyadagi ranggini bera olish juda 

muhim.  Yorug’lik,  havo  va  boshqa  ranglar  ta’sirida  lokal  ranglar  soya  va  erugda 

turlicha  tonga  kiradi..  Quyosh  yorug’ligida  predmetlarning  aniq  rangi  shu 

predmetdagi yarim soyada aniq namoyon bo’ladi, to’lik soya tushib turgan joylarida 




esa yaxshi ko’zga tashlanmaydi. Tajribali rassomlar predmetlarning lokal ranggini 

yorug’likda ham soyada ham aniq bera olishadi. Predmetdan tushib turgan soyada 

va  uning  o’zidagi  soyasida  predmetning  rangiga  qo’shimcha  bo’lgan  ranglar 

katnashadi.  Masalan,  qizil  olma  soyasida  albatta  yashil  rang  qatnashadi,  chunki 

yashil rang qizil rang uchun qo’shimcha rang hisoblanadi. Bundan tashqari soyada 

predmetning  o’zining  rangiga  nisbatan  to’qroq  bo’lgan  ton  va  ko’k  rang  bo’ladi. 

Shuni  esdan  chiqarmaslik  lozimki,  predmetning  lokal  rangiga  uning  atrofidagi 

narsalar  ham  ta’sir  qiladi.  Agar  sariq  banan  yashil  parda  ustida  yotgan  bo’lsa  bu 

bananda  rangli  refleks  paydo bo’ladi,  bananning shaxsiy  soyasida  esa  yashil  jilva 

paydo bo’ladi.  

 

2-rasm. Spektrning sariq to'lqinining aksi 



Mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Gelmgoltslar ranglarning mohiyatini 

ilmiy  asoslarini  tekshirganlar.  M.V.Lomonosov  fanda  birinchi  bo`lib  asosiy 

ranglarni kashf etgan. I.Nyuton qator tajribalar o`tkazib, oq yorug`likni ko`p rang 

ekanligini isbotlagan. Ekranda spektr ranglarini hosil qilgan. Buning uchun Nyuton 

quyosh nurini qora pardaning kichik tirqishidan o`tkazib uning yo`liga uch qirrali 

prizma qo`ygan, natijada ekranda har xil ranglardan iborat keng yorug`lik yig`indisi 

hosil  bo`lgan.  Ekranda  spektr  ranglari  paydo  bo`lib,  ular  quyidagicha  joylashgan: 

qizil, sariq, zarg`aldoq, yashil, zangori, havorang va binafsha ranglar.  




2.  Akustika  –  bu  fizikaning  tovush  va  uning  modda  bilan  o‘zaro  ta‘sirini 

o‘rganuvchi  bo‘limi.  Kundalik  turmushimizda  bu  so‘z  ko‘pincha  biror  xonaning 

tovush  xarakteristikasi  sifatida  qo‘llaniladi.  Akustik  hodisalar  -  bu  tovush 

to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. Agar 

artistlarning  ovozlari  teatr  zalining  istagan  joyiga  aniq  eshitsa,  agar  ular 

tinglovchilarga  tabiiy,  buzilmagan  holda  yetib  borsa,  u  holda  zalning  akustikasi 

yaxshi ekani haqida gapiriladi. Bunga erishish oson ish emas. Tovush 20 to‘lqinlari 

xonada devorlar va buyumlardan qaytib, ko‘p ovozli aks sado hosil qilishi mumkin. 

U zal uzra tarqalib asta-sekin so‘nadi. Bu hodisa reverberatsiya deyiladi. Xonaning 

akustikasi  ko‘p  jihatdan  reverberatsiya  vaqtiga  bog‘liq.  Agar  bu  vaqt  ancha  katta 

bo‘lsa,  tovushlar  uzoq  vaqt  so‘nmaydi,  biri  ikkinchisiga  qo‘shiladi  va  zalda 

tovushlar  butunlay  aralashib  ketadi.  Reverberatsiya  vaqti  juda  qisqa  bo‘lsa  ham 

yaxshi bo‘lmaydi. Devorlar tovush to‘lqinlarini tez yutadi va ovozlar past eshitiladi, 

ularning tembri juda ham buziladi. Shuning uchun bu yerda o‘rtacha qiymatni izlab 

topish kerak. Ana shu ish bilan arxitektura akustikasi shug‘ullanadi, undan olingan 

ma‘lumotlarda  loyihalashda,  masalan,  teatr  va  lektsiya  zallarini,  temir  yo‘l  va 

aerovokzal  binolarini  loyihalashda  foydalaniladi.  Qurilish  akustikasining  vazifasi 

boshqachadir.  U  tovush  to‘lqinlarining  shahar  kvartallari  territoriyasida,  zavod 

sexlarida, xona ichida tarqalishini o‘rganadi va odamlarni shovqindan himoya qilish 

usullarini qidiradi. Endi akustikaning asosiy ta‘rifiga qaytaylik. U juda keng ma‘noli 

va  ko‘p  turli  xil  tekshirish  hamda  amaliy  qo‘llanish  sohalarini  o‘z  ichiga  oladi. 

Masalan,  tovushni  va  uning  modda  bilan  o‘zaro  ta‘sirlarini  o‘rganish  qattiq  tog’ 

jinslarini maydalovchi qurilmalar yaratishga va beton plita yoki po‘lat relsni o‘ziga 

xos «yoritib ko‘rishi»ga olib keldi. Suv osti kemalarini «ko‘z» bilan ta‘minladi, u 

samolyotlarni qurishda zarur bo‘lmoqda, ximiyaviy reaktsiyalarni tezlashtirishning, 

yer  ostidan  tezroq  va  to‘laroq  neft  olishning  yangi  imkoniyatlarini  ochmoqda. 

Akustik  rezonans  majburiy  tebranishlar  amplitudasi  maksimal  qiymatiga 

erishishidir.  Tovush  to‘lqinlari  har  qanday  jism  bilan  uchrashib,  majburiy 

tebranishlarni  xosil qiladi. Jismlarning  hususiy  erkin tebranishlari  chastotasi bilan 

mos kelishi akustik rezanatorni vujudga keltiradi.  Tovush gazlarda, suyuqliklarda, 




qattiq jismlarda navbatlashuvchi qisilishlar va cho‘zilishlar ko‘rinishida tarqaladi. 

Tovush to‘liqnining o‘tish yo‘lda modda bir siqiladi, bir cho‘ziladi, mutaxassislar 

aytganidek,  ishorasi  alamashinuvchi  kuchlanishlar  ta‘sirida  bo‘ladi.  Ma‘lum 

sharoitlarda bunday silkitish juda qattiq tog‘ jinsini ham yemirishi mumkin. Yaqinda 

tovushning shunday mexanik ta‘siridan neft qazuvchilar foydalanishdi. Vaqti-vaqti 

bilan neft olinadigan quduq tubi loy bo‘laklari va qumtoshlar birgalikda hosil qilgan 

qattiq  probka  bilan  bekilib  qoladi.  Uni  buzish  uchun  quduq  ichiga  kuchli  tovush 

manbai  tushiriladi.  Suyuqliklarda  intensiv  ultratovush  ta‘sirida  bosimning  kuchli 

tebranishlari  vujudga  keladi.  Bu  effektdan  suyuqlikdagi  muallaq  zarralarni 

maydalashda,  suyuqliklarni  aralashtirishda,  ximiyaviy  rektsiyalarni  tezlashtirishda 

foydalaniladi, chunki bosimning keskin o‘zgarish zonasida reagentlar molekulalari 

bir-biriga yaqinlashadi.   




Download 475,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish