Сиёсий (давлат) режим


Nodemokratik rejimlarning o`ziga xos umumiy belgilari



Download 79 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi79 Kb.
#892331
1   2   3   4   5
Bog'liq
siyosiy rejim

Nodemokratik rejimlarning o`ziga xos umumiy belgilari:

davlatning huquqdan ustunlig;


davlatning jamiyat xayoti barcha sohalarini nazorat qilishi;
davlatning shasx manfaatlariga befarqligi;
jamoat tashkilotlarining davlatlashtirilganligi;
ijtimoiy xayotning butunlay harbiylashtirilganligi;
kam sonli millat vakillariga e`tibor berilmasligi;

Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil o`rinishlardagi katta guruhga:


- Demokratik rejim;
- Demokratiyaga zid rejim;
Demokratiyaga zid rejim uch turdan
– totalitar;
– fashistik;
– avtokratik turlardan iborat;
Totalitar rejim – Ushbu rejim XX asr mahsulidir. To`la asos
bilan unga fashistik davlatlarni hamda «shaxsga sig`inish» davri sosialistik davlatini kiritish mumkin. Totalitar rejim avtoritar rejimnmng eng keskin shaklidir. Totalitar davlat keng qamrovli, to`la nazorat qiluvchi va hamma narsaga chuqir kirib boruvchi hokimiyatdir.
Totalitar rejim - fuqarolar hayotiga o`z aralashuvini cheksiz - chegarasiz kengaytirgan, boshqaruvi ko`lamiga ularning butun faoliyatini
va majburiy muvofiqlashtirishni ham qo`shib olgan siyosiy rejim demakdir. « Totus » so`zi lotinchada – jami, bir butun ma`noni anglatadi. Binobarin toatlitar davlat hamma va jami narsalarni o`z komiga tortuvchi davlatdir. U fuqarolarning tashabbuskorligi nozarur
va zararli, fuqarolar erkinligi esa havfli va chidab bo`lmaydigan narsa degan qoidaga amal qiladi. Yagona hokimiyat markazi mavjud bo`lib, u hamma narsani bilish, hamma narsani oldindan ko`ra olish, hamma narsani rejalashtirish, hamma narsani amr qilishga da`vat etilgan hisoblanadi. Totalitar rejim «dushmanlar» ga qarshi kurash niqobi ostida chaqimchilikni rag`batlantiradi. Mamlakatni harbiylashtirish ham totalitar rejimga xos hususiyatlaridan biridar. Harbiy sanoat majmui armiya totalitarizimning asosiy tayanchlari hisoblanadi. Sobiq sovetlar davrida amalga oshirilgan siyosiy tartib ana shu boshboshdoqlik to`z umiga misol bo`la oladi. Bu bizning yaqin o`tmishimiz bo`lgani sababli, tarixiy materiallardan totalitar siyosiy tartib ma`lumotlarini olishimiz mumkin.
Totalitar rejim belgilari:
bir partiyaning xukmronligi;
huquq va erkinliklarning paymol etilishi;
huquq va erkinliklarning amal qilmaslik ko`pincha esa ularning yoppasiga bO`z ilish;
o`zgacha fikrlashga varshi kurash;
saylovchilarning saylovlarda muvobil deputatlarni saylash imkoniyatining bo`lmasligiga;
Totalitar davlatlar xozirga demokratii sharoitda ya`ni inson
huquq va erkinliklari rivojlangan paytda ham uchrab turadi. Bunday
davlat sifatida Lotin amerikasidagi Kuba davlatini olishimiz mumkun.
Bu Lotin amerikasi davlatini 1956 yilning 1 yanvarida Fidel Kastro, uning ukasi Raul Kastro, Ernesto Che Gevara va KamillaSyenfuegos ko`mondonligida milliy vatanparvarlik kuchlari Gavanaga kirib borib, general R.F Batistaning amerikaparas to`z umini ag`darishadi. Davlat to`ntarilishi sababli mamlakat hukumatiga Fidel Kastro boshchilik qildi. Davlat qattiq diktaturaga asoslanadi.Bu davlat o`z xususiyatlari jihatidan Totalitar davlatning aksariyat belgalarini oladi. YA`ni bir ( kommunistik ) partiyaning xukmronligi, huquq va erkinliklarning paymol etilishi, o`zgacha fikrlashga varshi kurash, totalitar davlatning bu belgisiga Kubada qattiq kurash olib boriladi. Demokratik fikrlovchi va boshqa shu kabi qikrlovchi shaxchla davlat tomonidan “Inqilobga qarshi harakat ” deb baholanadi.
Saylovchilarning saylovlarda muvobil deputatlarni saylash imkoniyatining bo`lmasligiga. Kubada bu soxada bir oz chigallik ko`rinadi.
Chunki o`sha inqilobdan qo`ng (1956)yildan buyon davlatni kommunistik partiya boshqarib keladi. Saylosh ham o`ziga xos xisoblanadi.Saylov huquqi Bevosita emas bilvosita amalga oshiriladi. Fuqarolar Kommunistik partiya a`zolarini saylaydi, Partiya esa yalpi majlis o`tkazib davlat boshlig`ini saylaydilar. Davlat boshlig`i etib saylangan
shaxs davlatning yuqori mansabdorlarini partiyaga taqdim etadi.Agar partiya ularni maqullasa ular saylangan hisoblanadi.Juda ko`p xollarda esa partiya tavsiya etilgan shahsni rad etmaydi. Chunki tavsiya etilgan
mansabdor shaxs davlat boshlig`iga juda yaqin shaxs bo`ladi. Bu esa davlatni ma`lum xukmron doiralar tomonidan boshqarilishini bildiradi.
Sotsialistik tizim illatlari demokratiyani bo`g`ish orqali yanada bo`rtib ko`rinib bordi. Erkin qikirlovchilar mamlakatdan quvg`in qilindi, muholifat chetga surilib qo`yildi. Bir necha yil davomida totalitarizm ko`p yillik demokratiya an`analarini yo`q qildi.
Butun tizim ustida totalitar tizimni yurituvchi Moskva boshchilik qilar edi. Biroq bu tartib sovet rahbariyati endi ushlab tura olmasligi ayon bo`ldi. Milliy uyg`onish, milliy o`zlikni anglash va milliy manfaatlar proletar internatsiolizmning mavxum tamoyillaridan ustun keldi.
Birinchi bo`lib yugoslavlar g`alayon ko`tarishadi so`ng qolgan shunday davlatlar ham bu harakatga qo`shiladi.Sotsializm Sharqiy Yevropada yemirildi. Stalincha tizimni yaratishga urinish kommunistik partiyalar yanada kata fojealarga sabab bo`ldi.
Biroq bu mamlakatlarida amalga oshirilgan hamma ishlarni salbiy deb baholab bo`lmaydi. Ular moddiy jihatdan qo`llab – kuvvatlanmagan bo`lsada, chuqur isloxotlarni amalga oshirdi. Ishsizlik tugatildi. Bepul sog`liqni saqlash va ta`lim tizimi, keng halq ommasining zamonaviy madaniyat va fan yutuqlarini egallashi ularni Yevropaning qoloq shlkalaridan rivojlangan mamlakatlariga aylantirdi.
Jamiyat Bozor iqtisodiyotiga tayyor bo`lmaganligi tufayli bu mamlakatlarning ayrimlari orqaga qaytish boshladi. Halq sotsializmi davrida erishgan narsasini yo`qotishni istamas edi. Vengriya, Bolgariya va Polshada yangilangan kommunisti partiyalar erkin demokratik saylovlar natijasida hokimiyat tepasiga keldi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida navbatdagi siyosiy va ijtimoiy nizolar boshlandi. Bular bari sotsializmning ijtimoiy yutuqlari va g`arb demokratiyasining yuqori darajadagi iqtisodini uyg`unlashtirilgan jamiyat tizimining muqobil variantini izlab topish yo`lidagi urinishlar natijasi edi.
Rasmiy ma`lumotlarga qaragan da bugun demokratik davlat lak keng quloch yozgan bir davrda ham ayrim xatto “Demokratiyaning o`chog`i deb nomlanadigan ” Yevropada ham Totalitar tipdagi davlat rasman Belorussiya hisoblanadi.
Siyosiy rejim davlat va jamiyat o`rtasidagi huquqiy munosabatlarda davlatning muhim vositasi bo`lib, har bir davlat bu narsaga katta e`tibor bilan qaraydi. Sobiq Sovet to`z umi davrida totalitarizm rejimi hukmron bo`lib, halqimizni ushlab turishda sho`ro hukumati shu to`z umdan foydalangan edi. Hukmron doiralarning irodasi davlat siyosatida ustivor mavqeyga ega bo`lib, halq manfaatlari bilan hisoblashmasdi.
Yunon faylasufi Arastu o`z vaqtida boshqaruv shakllarini oliy hokimiyat tanxo amalga oshiriladigan monarxiyaga tor doiradagi, cheklangan shaxslar tomonidan boshqariladigan aristokratiyaga, butun halq hokimiyati boshqariladigan demokratiyaga bo`lganligini eslash o`rinlidir.
“Siyosiy rejim davlat shaklining insonning jamiyatdagi mavqeyini belgilovchi eng muhim e`lementdir”
Hozirgi zamon jamiyati o`zining murakkabligi, ko`p sonliligi bilan bevosita demokratiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bugingi kunda uning eng ko`p qo`llanadigan turi vakillik demokratiyasidir. Bunda fuqarolar siyosiy qarorlarni qabul qilish, qonunlarni ta`riflab berish hamda ijtimoiy farovonlik yo`lidagi dasturlarni hayotga tadbiq etish uchun rasmiy shaxslarni saylaydilar. Bu rasmiy shaxslar murakkab ijtimoiy muommolarni chuqur o`ylab, taritibli hal etishlari mumkin. Buning uchun ular boshqa xususiy shaxslar ega.
Demokratik rejim amal qilidigan davlatlarda rivojlanish ham bo`ladi va u davlatda aholining tinch va farovon hayot kechirishi ta`minlanadi.
Demokratiyaga zid rejim hukm surgan davlatda inson huquq va erkinliklari toptaladi. qonunlar inson manfaatlariga emas, balki ma`lum guruh manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat asta sekinlik bilan rivojlanish sari emas tanazzulga qarab qadam qo`yadi.
Demokratiyaga zid rejim hukm surgan davlatda siyosat va qonunlar faqat oddiy fuqarolargagina amal qiladi. Oliy davlat vakillik o`rganlari yoki mansabdor shaxslarga esa go`yo bu qonunlar ta`sir qilmaydi. Demokratiyaga zid rejim hukm surgan davlatda Har qanday huquqiy tadir faqat nomigagina amalga oshiriladi. Demak, demokratik rejim halq uchun foydali va to`g`ri yo`ldir.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillika erishganidan so`ng O`z ining siyosiy tartibini o`zi belgilash huquqini qo`lga kiritdi. O`zbekiston o`z davlat boshqaruvida demokratik rejim yo`lini tanladi. Buni yorqin misolini Respublikamiz Konstitutsiyasida ko`rishimiz mumkin. Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari mustahkamlab qo`yilgan. Shu singari xozirgi kunda barcha xorijiy davlatlar konstitutsiyalarida ham inson huquq va erkinliklari mustahkamlab va kafolatlab qo`yilgan.
Nodemokratii rejimning demokratik rejimlardan Yana bir farqi hokimiyat vakolatlarini bo`linishidadir.
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga ajratish tamoyili hokimiyatning ushbu har bir shohobchasi mustaqil va boshqasining vakolatiga daxl qilmagan holda faoliyat ko`rsatishini
bildiradi. Mazkur tamoyilni hayotga muntazam suratda joriy qilish yo`li bilan hokimiyat shohobchalaridan birining boshqasiga tegishli vakolatlarni o`ziga olib qo`yish havfining oldi olinadi. Hokimiyatlar bo`linishi tamoyili hayotga joriy etilishi uchun «to`siq va cheklovlar» tizimi bilan ham ta`minlanishi darkor bo`ladi. «To`siq va cheklovlar» tizmi hokimiyat shohobchalaridan birining boshqasiga tegishli vakolatlarni tortib olish havfiga mutloqo o`rin qoldirmaydi va davlat organlarining me`yorida faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydi.
Fashistik rejim - Bu totalitarizmning eng yuqori pog`onalariga xos shakllardan biri bo`lib, millatchilik mafkurasi, bir millatning boshqalardan afzalligi to`g`risidagi tasavvurlar bilan, o`ta agressevligi bilan ajralib turadi.
Fashizm davlat siyosiy darajasiga ko`tariladigan millatchilik irqchilik mafkurasiga asoslangan. Milliy mushtaraklikni muhofaza etish, geopolitik va ijtimoiy vazifalarni hal etish, millat sofligini asrash fashistik davlatning maqsadi deb e`lon qilinadi. Fashistik mafkuraning bosh maqsadi odamlar qonunlar oldida, hokimiyat, sud oldida teng bo`lishi mumkin emas - ularning huquq va majburiyatlari qaysi millatga, irqqa mansubligi bog`liq, degan yaramas aqidalardan iborat. Bunda muayyan millat oliy irqqa mansub va shuning uchun barcha
ezguliklarga munosib, deb e`lon qilinadi. Boshqalar faqat noraso, tuban odamlar sifatidagina yashashlari mumkin, deb hisoblanadi.
Fashistik rejim insonga nafrat bilan qarovchi agressiv rejim bo`lib, barcha halqlarni, shu jumladan, o`z halqini azob uqubatlarga olib boradi.

Fashizmni tavsiflovchi xususiyatlar:


- dinsizlik, umuman dinga dushmanlarcha munosabatda bo`lish;
doimiy va go`yo «ideal» to`z um sifatida huquqiy totalitarizmni
barpo etish;
Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish