sinf uchun soatlik dars ishlanmasi



Download 3,68 Mb.
bet4/4
Sana29.06.2021
Hajmi3,68 Mb.
#105032
1   2   3   4
Bog'liq
non isi ochiq dars(1)

Darsning jihozi: AKT,ko’rgazma, rag`batlantiruvchi tarqatma, kompyuter, test, darslik, multimediya ilova
Fan: O`qish.

Mavzu: “Non isi”(Rivoyat).

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: O`quvchilarda to`g`ri va ifodali o`qish malakalarini shakllantirish, o`quvchilarni matn ustida ishlashga o`rgatish, non turlari haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: Nonni isrof qilmaslikni, kattalar mehnatini qadrlashni o`rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning og`zaki nutqini takomillashtirish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Darsning uslubi: Tushuntirish, suhbat, “Zanjir”, rolli ijro, “Bir haqiqat, uch yolg`on o`yini”.

Darsning jihozi: Darslik, didaktik tarqatma materiallar, mavzuga oid ko`rgazmalar, videolavhalar.

Darsning blok sxemasi.





Darsning borishi

Vaqti

1

Tashkiliy qism

6 daqiqa

2

O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

O`quvchilarni baholash

2 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

  • O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash.

  • O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.

Darsimiz:

O`quvchilar: O`qish

O’qish bu odob ilmi,

Berar bizga hayotdan saboq.

U bordurki, hayot sururli,

U bordurki, kelajak porloq.



Sinfimizning shiori:

Kamol topib,halol o’sib zo’r bo’lamiz,

Bilim olib xalq yo’liga nur bo’lamiz.

Maqsad sari intilamiz,adashmaymiz,

Yurt deganning yuragiga qo’r bo’lamiz.

Bizlar-yaxshi bolamiz,

Ochilgan gul,lolamiz.

Ota-ona izmidan,

Ustozlarning so’zidan,

Bizlar also chiqmaymiz.

Sinfdagi barchamiz,

Darsga shay gul-g’unchamiz.


Sinfda bugun kim navbatchi:

Menman bugun navbatchi

Sinfni tozalovchi

O`quvchilar haqida

Ma`lumotlar beruvchi.

1-“b” sinfimiz

31 o`quvchimiz

Qiz bolalar – 18 ta

O`g`illarchi – 13 ta

Barchalari kelishgan

Darsga tayyor bo`lishgan.






S

inf uch guruhga bo`linadi.

1

-guruh:
Alisher Navoiy

2-guruh: Mirzo Ulug`bek

3-guruh: Amir Temur

O`quvchilardan sana, hafta kuni, oy va fasl haqida so`raladi.

Qisqa savol javob:


  • 2016-yil Prezidentimiz tomonidan qanday nomlandi?

  • “Sog`lom ona va bola yili”



O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

O`quvchilar uyga berilgan vazifa “Alisherning yoshligi” hikoyasi mazmunini “Zanjir” usulida navbat bilan so`zlab beradilar.

Savollarga javob beriladi.


  • Kiyikni Alisherga kim olib kelgan edi?

  • Alisherning do`sti kim bo`lishni orzu qildi?



Yangi mavzu bayoni:

“Non isi” rivoyati ekran orqali namoyish etiladi.

Rivoyat o`qituvchi tomonidan o`qib beriladi. Rivoyat haqida o`quvchilarga ma`lumot beriladi:
RIVOYAT xalqning tarixiy o’tmishi haqidagi badiiy yodnomalar.Biz rivoyatlar va afsonalar tufayli ajdodlarimiz ko’rsatgan buyuk qahramonliklar haqidagi tarixni bilib olamiz.Rivoyatlar afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi.Ular ham xalq ijodidir.Ertakni ertakchi, dostonlarni baxshilar ijro etganlari holda afsona va rivoyat istalgan kishi tomonidan aytilishi mumkin.

Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.



Lug`at ishi:

isi – hidi

xushbo`y – yoqimli hid

boshlari qotibdi – javob berishga qiynalibdilar

murojaat qilish – yuzlanish, so`rash

istayotgan edim – xohlayotgan edim


Hikoya mazmuni tushuntirilib beriladi. So`z mulki sultoni Alisher Navoiy haqida so`zlanadi.

T



arixni bezamish ne ulug` zotlar,

Ular ta`rifida ojiz ming baytlar.

Lekin bir shoir bor buyukdan buyuk,

Barchaga manzur-u, barchaga suyuk.


Ming to`rt yuz qirq birinchi yil,

Olamni titratgan dog`uli bir she`r.

Nazm gulshanida o`chmas sham bo`lib,

Dunyoga keldi-ku hazrat Alisher.


Tug`ilib dunyoga keng nigoh tashlab,

Barchani ma`rifat yo`liga boshlab.

Go`daklik chog`idan ilmni ushlab,

Dunyoga keldi-ku hazrat Alisher.

O`quvchilar A.Navoiyning hikmatli so`zlaridan namunalar aytadilar.
O`quvchilarga “Siz nonning qanday turlarini bilasiz?” savoli beriladi. Ular javob berganlaridan keyin non turlari ko`rsatiladi.



DAM OLISH DAQIQASI

Yangi mavzuni mustahkamlash:



Darslik bilan ishlash.

“Non isi” rivoyati o`quvchilarga o`qitiladi.

Rivoyat asosida o`quvchilar sahna ko`rinishi namoyish etishadi.

“Bir haqiqat, uch yolg`on” mashqi. Ekranda namoyish etiladi.



  1. Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi? (chiroyli narsani, antiqa narsani, xushbo`y narsani, bebaho narsani)

  2. Vazirlar kimga murojaat qilishdi? (Amir Temurga, A.Navoiyga, M.Ulug`bekka, Ibn Sinoga)

  3. Navoiy qanday maslahat berdi? (gul olib borishni, kitob olib borishni, sehrli sandiqcha olib borishni, non olib borishni)

O`quvchilarni baholash.

Guruhlar ballari hisoblanib, o`quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko`ra baholanadi.



Uyga vazifa.

“Non isi” rivoyatini ifodali o`qib, so`zlab berish va non turlaridan bir nechtasini rasmini chizish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

2- sinf o’qish kitobi



Boshlang’ich ta’lim jurnali


Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish