Sinfi: 9-sinf Dars ishlanmasi mavzusi: Badiiy adabiyotda milliy ruh ifodasi



Download 14,62 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi14,62 Kb.
#753527
Bog'liq
adabiyotda milliy ruh ifodasi


Fanning nomi: adabiyot
Sinfi: 9-sinf

Dars ishlanmasi mavzusi: Badiiy adabiyotda milliy ruh ifodasi 


(O’tgan kunlar asari asosida)


Darsning maqsadi:
1. Ta’limiy maqsad: Milliy ruh to’g’risidagi nazariy ma’lumotlarni o’quvchilar ongiga singdirish;
2. Tarbiyaviy maqsad: Ajdodlarimizdan meros qolgan milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash; 
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning erkin, ijodiy mulohaza yuritish ko’nikmasini rivojlantirish. 
Dars usuli: “Aqliy hujum”, “Venn” diagrammasi, suhbat, “Sardorlar bahsi”
Dars turi: Umumlashtiruvchi, noan’anaviy. 
Dars jihozi: Slaydlar, “O’tkan kunlar” romanidan rasmli lavhalar, AKT, tarqatmalar, rag’batlar. 
O’quvchilar bilan ishlash shakli: Guruhlarda ishlash
Fanlararo bog’lanish: Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, tarix, tasviriy san’at.
Darsning shiori: Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda”. 
(“Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch”) 
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, sinf xona tozaligiga e’tibor qaratish, kunning muhim voqealari haqida ma’lumot, o’quvchilarni darsga tayyorlash
O’tilgan mavzunni so’rash: 
“O’tkan kunlar” asaridagi timsollar tavsifi edi. O’quvchilar mavzuni qay darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida “Aqliy hujum” usulidan foydalaniladi.Bunda qatorlararo o’quvchilar guruhga ajratilib, matn asosida muammoli savollar beriladi. Maqsad: o’quvchilarning mustaqil mulohaza yuritish ko’nikmasini rivojlantirish. Sinf o’quvchilarini 2 guruhga ajratiladi va har bir guruhga 4 tadan savol beriladi. 
I guruh 
1. Otabek bugungi siz yoshlar uchun qay darajada o’rnak bo’la oladi? 
2. Asar mazmuniga tayangan xolda Zaynabga bo’lgan munosobatingizni bayon eting. 
3. Homid salbiy qahramonmi yoki ijobiy? 
4. Kumushda ham salbiy xususiyatlar bor deb o’ylaysizmi? 
II guruh
1. “....nima qilsang o’zing bil, basharti o’g’ling ko’nmasa, men zo’rlamayman.” Yusufbek hojining ushbu so’zlariga tayanib uning fe’l-atvori haqida nima deya olasiz? 
2. Xasanali va Otabekning munosobatidan nimalarni o’rgandingiz?
3. “.... qarshilig’im shundadirki, kuyav Toshkandlik bo’lg’andan so’ng qizingizni o’zi bilan birga olib ketar va siz bilan meni yolg’iz bolamizdan ayirar... Bunga qolg’anda sizni bilmasam-da, ammo mening bunday judoliqqa sira toqatim yo’qdur” Oftoboyimni qizining ayanchli qismatida aybdor deb bilasizmi? 
4. Xushro’y kim qahramonlar taqdining o’zgarishida uning qanday o’rni bor?
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Ushbu diagramma orqali bugun va o’tmishdagi turmush tarzi, insonlar ruhiyatidagi o’xshash va farqli tomonlari o’quvchilar tomonidan ochib beriladi. Dars davomida eng faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirilib boriladi.
Yangi mavzu bayoni:
“Bu yorug’ olamda eng buyuk jasorat nima?” degan savolga hech ikkilanmasdan eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat deb javob bersak, o’ylaymanki, yanglishmagan bo’lamiz”. 
Islom Abdug’aniyevich Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asaridan. 
Milliylik – tashqi belgi emas. U ichki holatdir. Biror millatning vakili o’zining qaysi millatga mansubligini bilsa va shu bilan faxrlansa, unda millat tuyg’usi shakllangan bo’ladi. Kimki bunga befarq qarasa, uning tashqi ko’rinishi, kiyimi, qosh-u ko’zi, hujjatiga nima deb yozilganidan qat’iy nazar milliy tuyg’udan mahrum kishidir. Millatini tanimaslik va u bilan faxrlanmaslik ulkan baxtsizlikdir. Bu ota-onadan yuz o’girishga o’xshaydi. “O’tkan kunlar” romani milliy ruh juda bo’rtiq aks etganligi bilan ajralib turadi. Otabekning ota-onasi bilan Qutidor va Oftob oyimlarning qudalari hamda kuyovlari bilan munosobatlari tasvirlangan o’rinlarda faqat o’zbekkagina xos fikrlash va ta’sirlanish yo’sini juda go’zal ko’rsatilgan. 
O’quvchilarga monitor orqali “O’tkan kunlar” kinofilmidan lavhalar namoyish etiladi. O’quvchilarga Yusufbek xoji va Otabekning suhbati, Kumushbibining qaynona-qaynotasiga bo’lgan hurmatini aks ettirgan lavhalar namoyish etiladi. Shundan so’ng ushbu lavha yuzasidan o’quvchilarning fikr-mulohazalari tinglanadi va to’ldiriladi.

“- O’g’lim, hali san eshitdingmi, yo’qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib qo’ydiq...


Otabek ma’lumki, ularning “qilib qo’ygan yoki qilmoqchi bo’lg’an ishlarini”, albatta, bilar edi. Shundoq bo’lsa ham bilmaganga solindi: 
“Aqllik kishilarning o’g’ullari ustidan qilg’an ishlari, albatta, noma’qul bo’lmas”, -dedi. 
Otabekning otasiga bergan ushbu javobi orqali ham ota-onasiga bo’lgan hurmatini va faqatgina o’zbek mentalitetiga xos andishani yaqqol ko’rishimiz mumkin. Yoki Kumushning o’limidan oldin bemor xolatida yotganida oldiga qaynotasi Yusufbek xoji kirgandagi quyidagi holatga e’tiborimizni qaratsak: “Ko’zini ochib besaranjon unga nazar tashladi va tanib...qo’zg’almoqchi bo’ldi”. O’zbek qizlariga xos ibo, hayo ushbu parchada o’z aksini topgan. 
“....Qayin ota va qayin onalaringga xizmat qil, yaxshiliqni qo’lingdan berma, ayniqsa, kundashingga yomonliq sog’inma...” Oftoboyimning qizi Kumushga qilgan ushbu nasihatlari nafaqat o’sha davr, balki hozirgi kun uchun ham asqotadi. Oftob oyimning bu nasihatlarida o’zbek onalarining qizlariga beradigan go’zal sharqona tarbiyasi aks etgan. 
O’zbek xalqi mehmondo’st, bolajon xalq. “O’tkan kunlar” asarida ham Abdulla Qodiriy xalqimizga xos mehmondo’stlik tuyg’usini mohirona tarzda tasvirlagan: 
“...O’zbek oyim qo’shni xotinlardan bir nechasini hasharga aytib, hammani joy-joyig’a qo’ydirg’an havli yuzini ham yog’ tushsa yalag’undek holga keltirgan edi. Ammo o’z uyini bo’shatdirib, gilam soldurg’on, qudalarning ziyofati uchun kerak bo’lg’an hamma narsalarni ham hozirlatqan, ular kelib tushdi deguncha bo’g’izlatish uchun deb bir g’o’non qo’yni og’ilning ustuniga qantattirib qo’yg’on edi.” 
“O’tkan kunlar”ning milliyligi odamdagi ayni shunday nozik, ko’zga tashlanavermaydigan jihatlarni topib tasvirlashda namoyon bo’ladi. O’zbek xalqi farzandlariga milliy ruh hissini oilada singdirishga harakat qiladi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov “Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, xech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir” deb bejiz aytmaganlar

V. Yangi mavzuni mustahkamlash


Mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida har ikki guruh o’quvchilari “O’tkan kunlar” romonidan sahna ko’rinishi namoyish etadilar. 
Guruh o’quvchilariga mavzuga oid test tarqatmalari tarqatiladi. Ularning bilimidagi bo’shliqlari aniqlanadi va to’ldiriladi.
Sardorlar bahsi o’tkaziladi. 
VI. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish: 
Har ikki guruhning to’plagan rag’bat va jarima kartochkalari sanalib, g’olib guruh aniqlanadi. Darsdagi ishtiroki e’tiborga olinib, o’quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa
1. Mavzuni o’qib o’rganish
2.“Bugunning Otabek, Kumush va zamonamiz yoshlari” mavzusida taassurot yozish. 
3. Muammoli savollar tuzish. 

Foydalanilgan adabiyot


1. Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani. 
2.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. 
3. “Til va adabiyoti” jurnali. 
4. “Adabiyot darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish”.Uslubiy tavsiyalar. 
Download 14,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish