Sirli olam Samarqand Davlat chet tillar Instituti Intizor Yunusova



Download 20,88 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi20,88 Kb.
#497010
  1   2
Bog'liq
Intizor Yunusova


Sirli olam
Samarqand Davlat chet tillar Instituti
Intizor Yunusova
207-guruh Xorijiy Til adabiyoti Ingliz tili
Annotatsiya: Insoniyat hali koinotning atigi bir foizini ham o‘rgana olgani yo‘q. Hatto, shu bir foizda ham ko‘p tushunmovchiliklar bor... Masalan, mitti galaktikada vodorod nega yo‘q, nima uchun oyning ikki tomoni bir biriga o‘xshamaydi? Bu savollarga yaqindagina javob topildi. Lekin javobini kutayotgan savollar hali ham koinot qadar.
Key words: Olam, superstrun nazariyasi, materiya, gravitatsion to‘lqin, gipotetik masala, model, sirli osmon.
Olamning yaralishini hali hech bir ilmiy nazariya tushuntirib berolgani yo‘q. Hatto o‘sha mashhur Katta portlash ham aniq javobni bermadi. Nazariya bo‘yicha vaqt va makon bir vaqtda paydo bo‘lishi lozim edi, biroq bu qanday portlash bo‘lgan, u qanday sodir bo‘lgan va uni qanday kuch paydo qilgan? Bu savollarga hali biz javob topa olganimiz yo‘q. Insoniyat hali ham kvantli gravitatsiyaning nozik tomonlarini oxirigacha tushinib yetgani yo‘q.
Hozirgacha insoniyat zarralarning o‘zaro harakati fizikasini to‘lig‘ligicha bilmaydi. Uni bilish uchun bizga ikkinchi Eynshteyn kerak, lekin u qachon paydo bo‘ladi, bilmaymiz.
Olimlarda boshqa farazlar ham bor. Masalan, superstrun nazariyasi. Uni barmoqlarda isbotlab tashlash qiyin albatta, ammo shuni bilish lozimki, unga binoan, dunyo 11 qatlamli makan va ushbu barcha o‘lchamlar branlar deb ataladi. Ular vaqti-vaqti bilan o‘zaro to‘qnashadi. O‘shanda Katta portlash yuz beradi va yangi Olam paydo bo‘ladi.
Olimlarning aniqlashicha, Olamdagi 25 foiz materiya, bu qora materiya. Ammo bu o‘zi nima, degan savolga hech kim oxirigacha javob berolmadi. U qanday ko‘rinishda? Buni hech kim tasavvur ham qilolmaydi, chunki u qanday elementar zarralardan tarkib topganini bilmaymiz. Ushbu zarralar yorug‘lik bilan o‘zaro birga, biz biladigan protonlar, neytronlar yoki elektronlarga qaraganda, umuman boshqacha harakat qiladi. Hatto Katta adronli kollayder ham ushbu savolga javob topib bera olmadi.
Qora materiya haqida bilganlarimiz atigi shu bo‘ladi, jumladan: u elektromagnit nurlanish taratmaydi va ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri birga harakatda ham bo‘lmaydi. Xush shunday ekan, uni qanday kuzatish mumkin? Olimlarning umid qilishichabunga gravitatsion to‘lqinlar detektori yordam berishi kerak. Ammo bu ham noto‘g‘ri.
Umuman olganda, qora materiyani bilish shartmikan? Birinchidan, u biz yashayotgan olamning juda katta qismini egallagan, demak uning juda muhim vazifasi bor. Qora materiyani o‘rganish gravitatsiyani, yulduzlar harakatini va galaktikani tushinishga yordam beradi.
Agar biz, qanday qilib antimateriya materiya bilan o‘zaro harakat qilishini bilib olsak, olamning yaralishini bilishning yana bir kalitini qo‘lga kiritgan bo‘lardik. Ehtimol, o‘shanda biz Katta portlash nazariyasini inkor etarmiz, xuddi bir vaqtlar savuq Olam modelini inkor etgani kabi, deydi koinotshunoslar.
Demak qora materiya olamning 25 foizini tashkil etsa, bizga odat bo‘lgan oddiy materiya 5 foizni tashkil etadi. Shunday ekan, qolgan bo‘shliq nima bilan to‘ldirilgan? Olimlarning fikricha, aynan qora energiya bilan to‘ldirilgan. U qora materiyadan farqli ularoq, u jismni tortmaydi, balki itaradi. Qora energiya — bu shunday antigravitatsiyadir.
Qora energiyaning mavjudligi hali isbotlanmagan. Ushbu gipotetik masala olamning kengayishini tushuntirib berishi uchun olam modelini ilgari surgandi: Aynan qora energiya makonni “bir-biridan itarayapti”. Ayrim olimlarning fikricha, qora energiya umuman yo‘q narsa, u mavjud emas.
Olimlarning ta’kidlashicha, Quyosh tizimida yana bir to‘qqizinchi ulkan sayyora mavjud. U taxminan Pluton orqasida joylashgan va og‘irligi Yer sayyorasidan 10 marta og‘ir. Tadqiqotchilar uning mavjudligini isbotlash uchun bir nechta dalillar keltiradilar. Dalillardan biri, ayrim osmon jismlari o‘zini xuddi Quyosh atrofini aylanayotgan qandaydir gigant ta’siri ostida turgandek tutishidir. Darvoqe, u 10 ming yilda bir bor aylanib oladi.

Download 20,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish