Sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisoboti


Bank tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili



Download 1,07 Mb.
bet9/13
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#656158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Менежмент Amaliyot Usmonov

3. Bank tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili. Bugungi kunda “AT Xalq banki” operatsiyalarni amalga oshirishda yetakchi o’rinlarda turadi. Xususan, ““AT Xalq banki” ”da keng kredit operatsiyalari ko’lamli amalga oshiriladi va kredit haqida to’xtalar ekanmiz, Xususan, rоssiyalik iqtisоdchi оlimlаr «Pulli (tоvаrli) krеdit- to‘lоv аsоsidа аmаlgа оshirilаdigаn bir tоifаdаgi ekvivаlеntning turli vаqtdаgi o‘zаrо hаrаkаtining yig‘indisir» dеgаn tа’rifni bеrishgаn. “AT Xalq banki” korporativ mijozlarni milliy va xorijiy valyutada kreditlash bo`yicha keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim etadi. Kreditlash xizmatlarini taqdim etayotganda, bank balansini likvidliligini va riskning ma'qul darajasini saqlab turish, kredit operasiyalaridan tushgan daromadlarning kerakli darajasini ta'minlash tamoyiliga asoslanadi “AT Xalq banki” turli xil muklchilik shakldagi kichik va yirik biznes korxonalariga, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga ham, kreditlar ajratadi. Kreditni taqdim etishning asosiy mezoni, kredit oluvchining kreditni to`lash uchun haqiqiy manbalarning mavjudligi hisoblanadi. Har bir kredit oluvchi shaxsga nisbatan, kredit bitimining tuzilishiga qarab, alohida o`ziga xos yondashuv qo`llaniladi, kredit oluvchilarga kreditlashning optimal shaklini tanlash uchun konsultasiya yordami ko`rsatiladi. Kreditni taqdim etish uchun muhim shartlar quyidagilar hisoblanadi:
- barqaror moliyaviy holat; - kredit oluvchining to`lash qobiliyati; - hisob raqamlariga barqaror kirimlar; - muvaffaqqiyatli ishlab chiqarish; - xo`jalik faoliyatining tajribasi. “AT Xalq banki” mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi: - qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko`p bo`lmagan muddatga); - uzoq muddatli kreditlar (1 yildan ortiq bo`lgan muddatga). Ajratilgan kreditlar garovi sifatida Bank quyidagilarni qabul qiladi: - ko`chmas mulk garovi; - bank kafilliklari, kafolatlari; - sug'urta polisi; - asbob-uskuna, transport vositalar garovi; - mulkiy huquqlar garovi. Kerakli hujjatlar: - kredit arizasi; - biznes reja, texnik-iqtisodiy asos (mijoz hisob raqamiga kelib tushadigan pul oqimlarini ko'rsatgan holda); - oxirgi hisobot davriga buxgalteriya balansi (1-shakl); - debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot (2a-shakl); - moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl) - ta'sis hujjatlari; - kredit ta'minotiga oid hujjat. Kreditlar foiz stavkalari, kredit mahsulotining turi, kreditlash muddati va kredit valyutasiga qarab belgilanadi. “AT Xalq banki” da kredit operatsiyalari hisobi quyidagicha olib boriladi: Dastlab kredit berish to’g’risida shartnoma imzolanadi va undan so’ng bankda kredit berish majburiyati paydo bo’ladi. Bunda quyidagicha provodka beriladi: Dt- 91809- banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari; 18 Kt- 96351- bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i. Keyingi bosqichda garov hisobga olinadi: Dt- 94501, 94502, 94503-garov hisobvaraqlari Kt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa: Dt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i Kt- 96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi: Dt- 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari Kt- 10301(O'zRMBdagi vakillik hisobvarag’idan olinishi lozim bo'lgan mablag’lar - Nostro)-16103 (Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha olinadigan mablag’lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to'lov hujjatlari» (kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha hisobvarag’i,/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari Mijozlarning kredit qaytarish bo’yicha majburiyat balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi: Dt- 91901/91905- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari; Kt- 96345/96349- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari kontr hisobvaraqlari. Banklar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi: Dt- qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i Kt- 22896 - «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» 19 Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo'yicha baholanadi: 1) “tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g’risida”gi nizomga (ro'yhat raqami 2696, 2015-yil 14 iyul) muvofiq aniqlangan summa bo'yicha yoki 2) kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo'yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati o'rtasidagi farq bo'yicha. Bank ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi: Dt-56802 - «Kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni baholash» Kt- Kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar zahirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv). Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zahiralari yuqorida ko'rsatilgan talablardan oshsa, bank zahira summasini oxirgi sana holati bo'yicha aniqlangan, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi: Dt- Ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar zahirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv) Kt- 56802 - «Kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni baholash». Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish graffigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi. Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi: Dt- 10100, mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag’i, Bank plastik kartochkasi (BPK) hisobvarag’i; Kt-11901-13301/14301-15501- tegishli qisqa va uzoq muddatli kredit hisobvarag’i Agar kredit kafil tomonidan qaytarilsa quyidagicha provodka beriladi: 20 Dt- Kafolat beruvchining talab qilib olinguncha hisobvarag’i Kt- 10301 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro» (agar mablag’ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan hizmat ko'rsatilsa) Kt- Ssuda hisobvarag’i Agar kreditlar naqd pulda qaytarilsa, quyidagicha provodka beriladi: Dt- 10100- kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari; Kt- tegishli kredit hisobvarag’i. Mijozning kreditlari bo’yicha majburiyati kamayadi, ya’ni mijoz qarzni qaytaradi: Dt-96345/96349- qarzdorlarning kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari kontrhisobvaraqlari Kt- 91901/91905- qarzdorlarning kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari Kredit va hisoblangan foiz to’liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi yuqoridagi provodkalarga teskari provodka beriladi: Dt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulaklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq Kt- 94501, 94502, 94503 - garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar/ garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar/ garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar. Dt-96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq Kt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i Kreditlar bo’yicha foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo’yicha tan olinadi, ya’ni: Dt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar Kt- 41400-44700- uzoq muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar Hisoblangan foizlar kelib tushganda, quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt-10101, 10111, Bankning vakillik hisobvarag’i, mijozning tegishli talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’i; Kt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar 21 Agar hisoblangan foizlar o’z vaqtida to’lanmasa, foiz summasi muddatida to’lanmagan foiz hisobvarag’iga o’tkaziladi: Dt- 16377- hisoblangan shartnoma muddatida to’lanmagan foizlar Kt-16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar Shu bilan birga bu summa kartoteka-2 ga kirim qilinadi: Dt- 90963- Muddatida to'lanmagan hisob-kitob hujjatlari Kt- 96321- Muddatida to'lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo'yicha kontrhisobvaraq Muddati o’tgan foizlar to’langanda esa, foiz summasi kartoteka-2 dan chiqariladi va to’lanadi: Dt- 10101 va hokazolar Kt- 16377- hisoblangan shartnoma muddatida to’lanmagan foizlar.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish