Sistemaviy tahlili asoslari. Saparova Guljanat Yerbayevna ndpi akademik litseyi informatika fani o’qituvchisi



Download 25,08 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi25,08 Kb.
#754629
Bog'liq
Saparova Guljanat Hamidova informatika


AXBOROTNI IZLASH VA MA’LUMOT TIZIMLARI, MA’LUMOTLAR BAZASI VA BANKI. SISTEMAVIY TAHLILI ASOSLARI.
Saparova Guljanat Yerbayevna NDPI akademik litseyi informatika fani o’qituvchisi.
Hamidova Dilshoda Ergashboyevna NDPI akademik litseyi informatika fani o’qituvchisi
Annotatsiya. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o‘z ish vaqtining 29%ni sarflar ekan, qolgan qismidan (71%) esa samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta hajmdagi (faktografik , statistik , iqtisodiy , ilmiy, siyosiy va hokazo ) ma’lumotlarni qayta ishlash natijasi bo'lgan axborot zarur.
Kalit so’zlar. «Elektron ofis» konsepsiyasi, intuitive, faktografik , statistik , iqtisodiy , ilmiy, siyosiy, intellektuallash.
Kuchayib borayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexanizmining elementi sifatida muassasa xodimining strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi. Inson o‘z fazilatlarini namoyon qilishga va ijodiy faoliyatga intilishga moyil. Shuning uchun boshqaruv jarayonida uning eski operatsiyalarni bajarishi kam samarali bo‘ladi, qaror ko'pincha intuitiv darajada tugal axborotdan foydalanmasdan qabul qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, murakkab va tez o‘zgaruvchan sharoitda boshqaruv xodimlari qulay samarali axborot tizimlari hamda texnologiyalaridan foydalanishga zaruriyat sezadi. Chunki aynan shu narsa ishni osonlashtiradi, vaqtni yaxshiroq rejalashtirishga imkon beradi. Shuni qayd etish lozimki, boshqaruv maqsadi uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish ancha ilgari boshlangan va mustahkam sohaga aylangan. Shaxsiy (personal) kompyuterning paydo bo'lishi avtomatlashtirilgan boshqaruv jarayoni to ‘g‘risidagi tasavvurni o'zgartirgani yo‘q, aksincha, avtomatlashtiriladigan vazifa va jarayonlar sohasini kengaytirdi. O‘tgan asrning 70-yillari o'rtalarida, avtomatlashtirilgan tizim qiyofasi (korxonalar, tarmoqlar uchun ABT kabi) shakllangan vaqtda tashkiliy boshqaruvga xos bo'lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan ma’lumotlarni yig‘ish vazifasini avtomatlashtirish qabul qilingan. Odatda, kichik ma’muriy xodimga yuklatiladigan reglamentlashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etiladigan o‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa avtomatlashtirilmay qoldi. Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan va kuchli dasturiy ta’minot hamda qat’iy vaqtinchalik cheklashlarni talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari, jumladan, kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi. Ma’muriy boshqaruv sohasiga qarorlar qabul qilishgina kirib qolmay, balki yangi hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi holati bo'yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar bilan bog'liq idora faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot, uning bo'limlari, muassasa, institut, vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o'rin egallaydi. Mazkur faoliyatni avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga oshiradigan «elektron ofis» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron ofis. Idoraning (ofisning) asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida axborotni qayta ishlashdir. Turli darajadagi idoralarda tashkilot siyosati shakllanadi va shu yerdan rahbariyat kundalik operatsiyalarni amalga oshiradi. Idorada bo‘linmalardan, tashqi olamdan axborot yig'iladi, yig‘ilishlar, uchrashuvlar o'tkaziladi, qarorlar qabul qilinadi. Chunki idora boshqaruv ishini tashkil etish shakli bo‘lib, uning ishini takomillashtirish boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish shartlaridan biridir. «Elektron ofis» konsepsiyasi haddan tashqari samarali ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chunki u boshqaruv shtatini qisqartirish, muassasa bo'linmalari orasidagi kommunikatsiyani yaxshilash, boshqaruv tezligini oshirish imkonini beradi. «Elektron ofis» idora faoliyatida axborot texnologiyasining turli vositalarini qo‘llash joyi sanaladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari idoralarga axborotni saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi tamoyillariga asoslangan quyidagi vositalarni taklif etadi: zarur dasturiy ta ’m inotli shaxsiy kompyuter; yuqori sifatli chop etadigan printer; nusxa ko‘paytiruvchi texnika; xotirali telefon; telekonferensiya o‘tkazish uchun apparatura, ma’lumotlarning tashqi bazasi. Elektron ofis boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish va boshqaruvchilarni axborot bilan yaxshiroq ta’minlash imkonini beradi. Elektron (avtomatlashtirilgan) ofis xodimlar o‘rtasida ichki aloqaga ko'maklashgani uchungina emas, tashqi muhit bilan kommunikatsiya vositalarini taqdim etgani uchun ham e’tiborga loyiq. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi — kompyuter tarm oqlari bazasida tashqi muhit va tashkilot ichida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish hamda qo'llab-quvvatlashdir. Avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalaridan boshqaruvchilar, mutaxassislar, texnik xodimlar foydalanadi u, ayniqsa, muammolarni guruh bo'lib hal etish uchun qulay. Ma’lumotlar bazasi. Avtomatlashtirilgan ofisdagi ma’lumotlar bazalari tashkilotning ishlab chiqarish tizimi, shuningdek, tashqi muhit haqidagi ma’lum otlarni jamlaydi. Ma’lumotlar bazalaridan axborot matnli protsessor, jadval protsessori, elektron pochta, kompyuter konferensiyasi kabi kompyuter ilovalarining kirishiga kelib tushadi. Har qanday avtomatlashtirilgan ofisning kompyuter ilovasi tashkilot xodimlarining bir-biri bilan aloqasini ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazalaridan axborot olishda uzatish, nusxalash, saqlash uchun kompyuter texnik vositalardan foydalanish mum ­kin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. Alimov R.X., Yulchiyeva G.T., va boshqalar “Axborot texnologiyalari va tizimlari” darslik-T.: TDIU, 2010y

  2. G’ulomov S.S., Alimov R.X., va boshqalar. “Axborot tizimlari va texnologiyalari” “Sharq”, T-2000 y.

  3. www.ziyouz.com

Download 25,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish