Siyosatni tashlab, ijodkorlikni tanlagan “orzular dizayneri”. Kristian Dior haqida fotomaqola



Download 324,95 Kb.
bet2/4
Sana24.06.2022
Hajmi324,95 Kb.
#700946
1   2   3   4
Bog'liq
Dior

Kristian Dior
Bundan 74 yil avval, 1946-yil 16-dekabrda Dior Parijning Montel ko‘chasida mo‘jazgina modalar uyiga asos solgan. 1947-yilning fevralida esa moda ixlosmandlariga New Look deb nomlangan kolleksiyani taqdim etgan. Podiumda maftunkor, nozik qaddi-qomatli modellar etak qismi keng, bel qismi esa kamar, belbog‘ va tasmalar bilan noziklikni aks ettirgan nafis liboslar to‘plamini namoyish etgan. Bunday siluet moda olamida revolyutsiya bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Kolleksiyada Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy yoki mehnat liboslarida yashiringan ayollarning nozikligi va jozibasiga urg‘u berilgandi. Trapetsiya shaklidagi pastki qismi oqshom libosidek keng, bel qismi ingichka qilib bichilgan liboslarni kiygan ayol o‘zini alohida bilib quvonsa, bejirim libosdagi go‘zal sarvqomat atrofidagilar ko‘zini ikki karra ko‘proq quvontirgan. Urushning dahshatidan go‘zallik nimaligini unutib qo‘ygan insonlar “orzular dizayneri”ning ishlaridan estetik zavq olgan. Harper’s Bazaar jurnalining bosh muharriri Karmel Snou esa New Look’ga moda olamidagi yangi qiyofa deb ta’rif bergan.
Yaratgan liboslarim — bu mening hayotim. Ularda mening his-tuyg‘ularim, baxt va quvonchim aks etadi.
Kristian Dior
Kolleksiyadagi eng chiroyli obrazlardan biri Bar Suit (bar deb nomlangan jaket) edi. Jaket nomining bar deb atalishi, g‘oyaning dizayner hayoliga Plaza Athenee mehmonxonasi barida o‘tirganida kelgani bilan bog‘liq. 1960-yilda Bar Suit Dior modalar uyi tomonidan Britaniyaning “Viktoriya va Albert” muzeyiga sovg‘a qilingan.
1948-yil Nyu-Yorkda modalar uyining filiali ochiladi, bir yil o‘tib ushbu brend nomi bilan aksessuarlar, mexlar va sumkalar litsenziyalangan. Badavlat, taniqli insonlar, aristokratlar, Gollivud yulduzlari Christian Dior mijozlari bo‘lgan. 1952-yilda Londonda yangi filial Christian Dior Models Limited ochiladi. Bir yil o‘tar-o‘tmas kompaniya Meksika, Kanada, Kuba va Italiyada faoliyatini davom ettirgan.
Atir ayol haqida uning dastxatidan ko‘ra ko‘proq gapirishi mumkin.
Kristian Dior
Dizayner ayollar go‘zalligini faqatgina libosda deb bilmagan. Uning fikricha, o‘zini munosib tutish, did va farosat ayolning asosiy ko‘rki, lekin shunga qaramay, tashqi ko‘rinish va taraladigan iforga befarq bo‘lmaslik kerak. Shu bois bo‘lsa kerak, atirga ayol obrazini yakunlovchi so‘nggi chiziq deb ta’rif bergan. Fikrining tasdig‘i sifatida, bolalikdagi do‘sti Eftler Luish bilan birgalikda yoqimli iforni o‘zida mujassam etgan atir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Miss Dior deb nomlangan atir tez orada dunyoning turli burchaklarida talabgir bo‘ladi. Atir Kristianning kichik singlisi Katringa atalgan. Mademuazel emas, balki miss deb atalishi esa uning Angliyaga bo‘lgan sevgisidan dalolat.
Kristian Dior 1957-yilning oktabrida 52 yoshida yurak xuruji tufayli to‘satdan vafot etgan. Uning o‘limidan keyin kompaniyani shogirdi Iv Sen Loran, keyinchalik Mark Boan, Janfranko Ferre, Jon Galliano, Raf Simmons va Mariya Gratsiya Kyuri boshqargan. Hozirda brendning yillik daromadi 20 milliard yevroni, undagi jami ishchilar soni esa 76 mingdan ortiqni tashkil etadi.
2017-yilda Londondagi “Viktoriya va Albert” muzeyida Kristianga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tgan.“Kristian Dior: Orzular dizayneri” deb nomlangan ko‘rgazma 2019-yil 2-fevraldan 14-iyulgacha davom etgan. 
Mavzuga doir:
Foto: Versace brendini yoqtiradigan yulduzlar
Fotogalereya: Dizaynerlarning chegara bilmas fantaziyasi
Beyonce’ga ko‘ylak tikkan dizayner Toshkentda o‘z kolleksiyasi namoyishini o‘tkazdi (foto)
Modellar boylarga jazman bo‘ladimi? Model qiz hikoyasi
Yiliga 22,5 million dollar to‘lanadigan model (foto)

Ayollar modasi



Download 324,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish